Oyoqlarimga nimadir boʻlyapti?

Asosiy sahifaga o'tish Maqolalar Oyoqlarimga nimadir boʻlyapti?

Oyoqlarimga nimadir boʻlyapti?

Agar ish kuni soʻngida oyoqlaringizda ogʻirlik his qilsangiz,  oyoq kiyimingiz esa yengil shishlar sabab siqayotgan boʻlsa vaqti-vaqti bilan tomir tortishib tursa, boldirlarda ogʻriq kuzatilsa – endi bu haqida oʻylab koʻrish kerak. Oyoqlarimga nimadir boʻlyapti? Bundan tashqari, oyoqlarimda mayda kapillyarlar paydo boʻlyapti.

Bu muammo tomirlar bilan bogʻliqmi?

Koʻpincha vena tomirlari shikastlanadi va “tomirlarning varikoz kengayishi” haqida gapirishadi. Koʻpincha varikoz kengayishi oyoqlardagi tashqi ingichka tomirlarni shikastlaydi va shu bilan odatda oyoqlarda qon harakatining susayishiga olib keladi. Natijada surunkali venoz yetishmovchiligi yuzaga keladi (SVE). Buning sababi shundaki, odatda qon bosimi ostida toʻliq yopilishi va ochilishi kerak boʻlgan tomirlarning klapanlari zaiflashadi. Venoz yetishmovchiligi natijasida qonning yurakka oqib oʻtadigan tomirlari devorlari kengayadi, deformatsiyalanadi va oʻz vazifasini yomon bajara boshlaydi. Tomirlarning varikoz kengayishining xavfi nimada? Tomirlardagi qon harakatining sustlashuvi tufayli qon tromblari – toʻyingan qon quyqalari hosil boʻladi. Ular tomir devoriga “yopishadi” va oraligʻini toraytiradi yoki ular ajralib qon oqimi bilan boshqa tomirlarga oʻtishi va ularning toʻsilib qolish xavfini oshirishi mumkin. Bu xavfli va hatto oʻlimga olib kelishi mumkin.

Nima bezovta qilyapti?

Vaqti-vaqti bilan kechga borib oyoqlarda shishlar paydo boʻlab boshlashi, oyoq ogʻrigʻi, tomirlar boʻylab issiqlik va qizishni tuyish, oyoqlarda ogʻirlik, tunda oyoqlarning tomir tortishish holatlari kuzatila boshlaydi.Trofik yaralar esa chuqur ildiz otgan kasallik.

Nima yordam beradi?

Tomirlarning varikoz kengayishining ilk belgilarida oddiy qoidalarga amal qilish kasallikni sekinlashtirishga, hatto ayrim hollarda uning rivoj olishini toʻxtatishga imkon beradi.

Oyoqlardagi qon aylanishini yaxshilash uchun –  3-5 daqiqa oyoq barmoqlari va kaftni aylantirib mashq qiling. Dam olayotganingizda oyoqlarning izni balandroq holatda uzatib yoting yoki ostiga yostiqcha qoʻying. Koʻproq harakat qiling! Oyoqlaringizni chalishtirib oʻtirmang! Bir tizza ikkinchisi ustiga tashlab oʻtirilganda ikkinchisida qon aylanish yoʻlida toʻsiq hosil boʻladi.

Ortiqcha vaznni kamaytiring. Toʻla vaznli insonlar qon tomirlarida odatdagi vaznli odamdan koʻra koʻproq qon boʻladi, shuning uchun bunday tomirlarga  koʻp ogʻirlik tushadi.

Kiyim-kechagingizga eʼtiborli boʻling.  Poshnalar va tor oyoq kiyimlar, qattiq siqadigan rezinali chulki va paypoqlar- bularning barchasi qon oqimining buzilishiga olib kelishi mumkin. Issiq hammomlar, saunalar, uzoq vaqt quyosh ostida qolishga koʻp ham berilmang. Ishdan soʻng oyoqlarni muzdek suvda chayish foydali.

Ovqat ratsioningizga tolalarga boy taomlarni, sitrus mevalarni qoʻshing, shishlardan qochish maqsadida tuzni isteʼmol qilishni meʼyorlashtiring.

Kompressiyalovchi paypoqlardan foydalaning. Bu turli darajadagi kompresslovchi maxsus tibbiy trikotaj. Uni shifokor tanlab beradi. Agar siz bunday paypoqlarni dori-darmon muolajasi bilan birgalikda kiyishni boshlasangiz, varikoz kasalligining rivojlanishiga yoʻl qoʻymasligingiz mumkin.

  Dori-darmon muolajasiga venotiklar kiradi va ular varikoz kasalligi sabablarini davolash uchun moʻljallangan – klapanlar faoliyatini tiklaydi va tomir devorlari tonusini oshiradi. Mukammallikka erishish uchun qon aylanishini yaxshilash, qonning qotishini pasaytirish va tromblar hosil boʻlishini oldini olish uchun vositalar parallel ravishda belgilanishi muxim. Shu bois, varikozni davolash uchun yaxshi tanlov venoton uslovchi, angioprotektiv va antitrombotik taʼsirlarning zaruriy kompleksini oʻz ichiga olgan venotonikdir.

turbo_g

Venotonik “Turbomikron G” - flavonoidlarning kichik zarralari bilan ajralib turadigan maxsus mikron izlangan formulalar, tomir devorlariga yanada oson va tez singadi.

“Turbomikron G” - pastki oyoqlar tomirlarida qon aylanishini yaxshilaydi, tomirlar klapanlarining mustahkamlanishi hisobiga qon va limfa aylanishini tiklaydi, yalligʻlanish jarayonlarini kamaytiradi va tomir devorlarining moʻrtlashishini pasaytiradi. Asosiysi,   “Turbomikron G” tabletkalarining bittasini tushlikda, ikkinchisini esa kechki ovqat vaqtida qabul qilish kerak. Bu kechki vaqtda klapanlarga maksimal taʼsir koʻrsatadi. Va ertalab tomirlaringiz dam olgan va foydali dori bilan toʻyingan holatda boʻladi.

Tarkibi: 500 mg mikronlashtirilgan tozalangan fraksiyasi: 450 mg - diosmin (90%), 50 mg - gesperidin koʻrinishidagi flavonoidlar (10%)

 

Registratsion raqam: DV/X 03338/07/17

Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaseuticals. Gruziya

XPN: Diosmin, Hesperidin

Mahsulot sertifikatlangan.

QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR MAVJUD. QOʻLLASHDAN AVVAL YOʻRIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING YOKI MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING.