Fermentlar nima uchun kerak?

Asosiy sahifaga o'tish Maqolalar Fermentlar nima uchun kerak?

Fermentlar nima uchun kerak?

 Inson hayotdan lazzat olish uchun tugʻiladi. Oʻrta asr qomusiy olimi Abul Faraj ibn Xorun shunday degan ekan:  “Organizm hazm qilmagan taom, uni isteʼmol qilganning oʻzini yeb qoʻyadi”. Negaki ovqatning yaxshi hazm boʻlishi – kuchli immunitet mavjudligining shartlaridan biridir. Oʻzingizni yaxshi his etish uchun ozuqaviy oqsillar, yogʻlar, uglevodlar, vitaminlar va mikroelementlarning sifatli hazm boʻlishi muhim.

   Sogʻlom ovqatlanish va uning hazm qilinishi bola rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun kattalar va bolalarning ovqatlanishi koʻp jihatdan farqlanadi – bola organizmida oziqlantiruvchi moddalar, tabiiy mahsulotlar va vitaminlarga ehtiyoj ancha yuqori boʻladi. Negaki ular uning oʻsishi va rivojlanishiga jalb qilingan boʻlishadi. Bolada modda almashinuvi kattalarga qaraganda 1,5-2 barobar yuqori boʻladi. Oʻsish, toʻgʻri rivojlanish, mushak massasini koʻpaytirish taʼminlash uchun oʻsuvchi organizmning kunlik oziq-ovqat ratsionining energiyaviy qiymati uning energiya sarflaridan oʻrtacha 10-15% koʻproq boʻlishi kerak.

Agar inson isteʼmol qiladigan mahsulotlarda foydali moddalarning miqdori koʻp boʻlsa, fermentlarning yetishmovchiligi sababli deyarli oʻzlashtirilmaydi, turli xil kasalliklarning paydo boʻlish xavfi ortishi mumkin. Ovqat hazm qilinishining buzilishi koʻplab kasalliklarning rivojlanishiga turtki berishi mumkin. Ozuqaviy moddalarning toʻgʻri hazm boʻlishi almashinuv xarakteridagi kasalliklar, gepatitlar, disbakterioz, boʻgʻimlar kasalliklari, fosfor-kalsiy almashinuvining buzilishida muhimdir.

            Ovqatni hazm qilish fermentlari bu — ovqat tarkibiga kiruvchi yirik molekulalarning parchalanishini tezlashtiradigan oqsillar. Ular ushbu molekulalarni hujayralar tomonidan yengilroq oʻzlashtiriladigan yanada maydaroq fragmentlarga boʻladi. Toʻgʻri ovqat hazm qilinishiga xizmat qiluvchi fermentlar ovqatning parchalanish sifati, uning oʻzlashtirilishini yaxshilashga, metabolizm jarayonini yaxshilashga koʻmaklashadi.  Asosiy ovqat hazm qilish fermentlariga proteazalar, lipazalar va amilazalarni kiritishadi.

   Agar organizmda fermentativ funksiyaning buzilishi yoki uning oshqozonosti bezida yetarlicha boʻlmagan ishlab chiqarilishi mavjud boʻlsa, shifokorlar  ovqatni hazm qilish preparatlarini isteʼmol qilishni tavsiya etishadi. Ularning tarkibi oshqozonosti bezi ishlab chiqaradigan tabiiy fermentlarga oʻxshash boʻlishi muhimdir.

krezam_10000

“KREZAM” preparati ovqatni hazm qilish fermentlarining kichik dozalari: 10 000 HB miqdorida proteaza, lipaza, amilazani oʻz ichiga oladi. U ovqatni hazm qilish funksiyasi,  ayniqsa qiyin oʻzlashtiriladigan oqsillarni yaxshilash imkonini beradi. Ovqat yeyish vaqtida oʻrnini bosish maqsadida “KREZAM”ni qabul qilish qorinning damlanishi, ich ketishi, qorindagi ogʻriqning oldini olishga yordam beradi.

Ovqatni tanovvul qilishdan keyin oshqozondagi ogʻirlik hissi sizni bezovta qilsa “KREZAM” kapsulalardagi fermentlar ovqat xazm qilishni yengillashtirishga va yaxshilashga yordam beradi.

“KREZAM” 10 000 preparatining bitta kapsulasi ferment faolligi bilan 225 mg pankreatinni oʻz ichiga oladi: lipaza - 10000 HB. (Ph.Eur.), amilaza — 8000 HB. (Ph.Eur.), proteaza - 600 HB. (Ph.Eur.).

KOʻRSATMALAR: ingichka ichak terminal boʻlimining patologiyasi; ingichka ichakdagi haddan tashqari bakteriyaviy oʻsish; ovqatlanishda buzilishlar holatida oshqozon-ichak trakti normal ishlayotgan patsiyentlarda ovqat hazm qilinishini yaxshilash uchun.

“KREZAM” 4 yosh va undankatta bolalarga,  shuningdek kattalar va keksalarga koʻrsatilgan.

Tarkibi: flavonoidlarning 500 mg. mikronli tozalangan qismi: 450 mg. diosmin (90%), 50 mg. - gesperedin shaklidagi flavonoidlar (10%).

XAZM QILISH BILAN BOʻLSA MUAMMO “KREZAM” SIZGA BERADI YORDAM!

 

Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals, Gruziya.

Roʻyxatga olish guvohnomasi: DV/X03144/06/17

Mahsulot sertifikatlangan.

QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR MAVJUD. QOʻLLASHDAN AVVAL YOʻRIQNOMA BILAN TANISHIB CHIQING YOKI MUTAXASSIS BILAN MASLAHATLASHING.