VIKATOM V (Ko'proq)

Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
VITAKOM V kompleks, mushak ichiga inyeksiya uchun eritma
Mushak ichiga inyeksiya
Поделиться
  • Faol modda: har bir ampula 250 mg V1 vitamini, 4 mg V2 vitamini, 250 mg V6 vitamini va 1500 mkg V12 vitamini saqlaydi.
  • Yordamchi moddalar: har bir ampula benzil spirti, monotioglitserol, natriy gidrokarbonati, dinatriy edetati, inyeksiya uchun suv saqlaydi.

 

Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin bu ilova-varaqani toʻliq oʻqib chiqing, chunki u Siz uchun muhim maʼlumot saqlaydi.

  • Ushbu ilova-varaqani saqlab qoʻying.U Sizga yana kerak boʻlishi mumkin.
  • Agar Sizda qoʻshimcha savollar yuzaga kelsa, davolovchi shifokor yoki farmatsevtga murojaat eting.
  • Bu preparat shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas.
  • Agar davolash vaqtida shifokor yoki shifoxonaga borsangiz, iltimos, preparatni qabul qilishingiz haqida shifokoringizga xabar bering.
  • Iltimos, yoʻriqnomaga aniq rioya qiling. Tavsiyasiz preparatning yuqori yoki past dozalarini qabul qilmang.

 

Ushbu ilova-varaqada quyidagi maʼlumotlar mavjud:

  1. VITAKOM V kompleks nima va u qanday holatlarda qoʻllanadi
  2. VITAKOM V kompleksni qabul qilishni boshlashdan oldin
  3. VITAKOM V kompleks qanday qabul qilinadi
  4. Boʻlishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlar
  5. VITAKOM V kompleksni qanday saqlash kerak

 

  1. VITAKOM V kompleks nima va u qanday holatlarda qoʻllanadi

VITAKOM V kompleks karton oʻramda 5 ampula koʻrinishida taqdim etilgan V guruhi vitaminlarining majmuasidan iborat.

Har bir ampula 250 mg V1 vitamini, 4 mg V2 vitamini, 250 mg V6 vitamini va 1500 mkg V12 vitamini saqlaydi.

VITAKOM V kompleks quyidagi holatlarda:

  • V1, V2, V6, V12 gipo- va avitaminozi;
  • turli genezli nerv tizimi kasalliklarini simptomatik davolash: periferik nevritlar va polinevritlar, nevralgiyalar, periferik parez va falaj, radikulitlar, lyumbago, pleksitlar, qovurgʻalararo nevralgiya, uch shoxli nerv nevralgiyasi, yuz nervi falaji, yon tomonlama amiotrofik skleroz, bolalar serebral falaji, periferik nervlar jarohati;
  • ensefalopatiya (diabetik, alkogolli va boshqalar);
  • teri kasalliklari (ekzema va nevrogen xarakterli dermatozlar, dermatitlar va neyrodermitlar, psoriaz);
  • Addison-Birmer anemiyasi, parapernitsioz megaloblast anemiya, u gastrektomiyadan keyin rivojlanadi va meʼda-ichak kasalliklari bilan bogʻliq, gepatiti boʻlgan patsiyentlardagi anemiya, toksik-infeksion anemiya, dorilar chaqirgan anemiya, aplastik anemiya, konservativ davolashga, shu jumladan temir qabul qilishga berilmadigan eritroblast va gipoxrom anemiya;
  • boʻgʻim kasalliklari: artrit, osteoartroz, revmatizm, revmatoid artrit;
  • oftalmologiyada (gemeralopiya, konyunktivit, keratit, irit, katarakta, shox parda yarasi);
  • jadal jismoniy yuklama;
  • tuberkulyozga qarshi preparatlar (izoniazidlar), antibiotiklarni qabul qilganda;
  • ateroskleroz, yurak-qon tomir kasalliklari, qon aylanishini surunkali yetishmovchiligi, gepatit, qandli diabet va multilobulyar sirrozni majmuaviy davolaganda qoʻllanadi.

 

  1. VITAKOM V kompleksni qabul qilishni boshlashdan oldin

Qanday hollarda VITAKOM V kompleksni qabul qilish mumkin emas

  • agar Sizda VITAKOM V kompleksning biron-bir komponentiga allergiya (yuqori sezuvchanlik) boʻlsa
  • emizish davrida
  • giperkalsiyemiyada
  • gemoxromatozda
  • agar Sizda temirni tutilishi bilan buzilishlar boʻlsa.

 

VITAKOM V kompleksni qabul qilganda quyidagi holatlarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qiling:

  • agar Siz Parkinson kasalligini, tuberkulyozni davolash uchun boshqa preparatlar qabul qilayotgan boʻlsangiz yoki haddan tashqari koʻp miqdorda alkogol isteʼmol qilayotgan boʻlsangiz, agar Siz tirishishga qarshi vositalar, levodopa, yurak glikozidlari, xloramfenikol, antibiotiklar yoki boshqa vitaminlar (folat kislotasi) ni qabul qilayotgan boʻlsangiz, ehtimol, dozaga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. Shifokor bilan maslahatlashing.
  • homiladorlik davrida
  • teofillinni qoʻllaganda
  • meʼda mukoproteidi yetishmovchiligida

Agar avval yuqorida sanab oʻtilganlar kuzatilgan boʻlsa, shifokor bilan maslahatlashing.

 

VITAKOM V kompleksni ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish

Maxsus koʻrsatmalar yoʻq.

 

Homiladorlik

Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Homilador ayollarda oʻtkazilgan qatʼiy nazoratlangan tadqiqot yuzasidan yetarli maʼlumotlar yoʻq. Shunday qilib, preparatni faqat shifokor koʻrsatmasi boʻyicha qabul qilish kerak.

Agar davolash vaqtida Sizning homiladorligingiz aniqlansa, darhol shifokorga yoki farmatsevtga murojaat eting.

 

Laktatsiya davri

VITAKOM V kompleksni emizish davrida qabul qilish mumkin emas.

Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

 

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish

Preparatning transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga noxush taʼsiri haqidagi maʼlumotlar yoʻq.

 

VITAKOM V kompleks tarkibidagi ayrim yordamchi moddalar haqida muhim maʼlumot

VITAKOM V kompleksning ampuladagi har bir dozasi 60 mg benzil spirti saqlaydi. VITAKOM V kompleksni chala tugʻilgan va yangi tugʻilgan chaqaloqlarga buyurish mumkin emas. U chaqaloqlar va 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda toksik va allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.

VITAKOM V kompleks ampulasi 1 mmol (23 mg) dan kamroq miqdorda natriy saqlaydi, buni hatto VITAKOM V kompleks natriy saqlamaydi deb hisoblash mumkin.

 

Boshqa preparatlarni qabul qilish

Agar Siz Parkinson kasalligi, tuberkulyozni davolash uchun boshqa preparatlarni qabul qilayotgan boʻlsangiz yoki haddan tashqari koʻp alkogol isteʼmol qilsangiz yoki tirishishga qarshi vositalar, levodopa, yurak glikozidlari, xloramfenikol, antibiotiklar yoki boshqa vitaminlar (folat kislotasi) ni qabul qilayotgan boʻlsangiz, ehtimol dozaga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. Shifokor bilan maslahatlashing.

Qanday preparatlarni qabul qilayotganligingiz yoki yaqinda qabul qilganligingiz haqida har doim shifokoringizga xabar bering, hatto agar bu preparatlar retseptsiz berilsa ham.

 

  1. VITAKOM V kompleks qanday qabul qilinadi

Qoʻllash usuli va dozalash/davolash tez-tezligi va davomiyligi

VITAKOM V kompleks mushak ichiga yuborish orqali qoʻllanadi. Dozasi preparat terapevtik yoki profilaktik maqsadlarda qoʻllanishiga qarab belgilanadi.

Preparat mushak ichiga yuboriladi. 3 ml inyeksiya uchun eritma (1 ampula) kuniga 1-marta mushakka chuqur yuboriladi.

Agar simptomlar susaysa, shifokor koʻrsatmasi boʻyicha Siz dozani 3 ml eritma (1 ampula) 2-3 kunda bir martagacha kamaytirishingiz mumkin.

 

Qoʻllash usuli

VITAKOM V kompleks mushak ichiga yuboriladi.

 

Pediatrik populyatsiyaga buyurilishi: bolalar va oʻsmirlarda preparatning xavfsizligi va samaradorligi baholanmagan.

 

Keksa patsiyentlar: dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Jigar/buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar: jigar yoki buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlar uchun maxsus ogohlantirishlar mavjud emas.

Agar VITAKOM V kompleksning taʼsiri haddan tashqari kuchli yoki haddan tashqari kuchsiz boʻlsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

 

Agar Siz VITAKOM V kompleksni tavsiya etilgandan koʻproq qabul qilgan boʻlsangiz

V guruhi vitaminlarini qabul qilganda dozani oshirib yuborilishi holatlari juda kam, chunki ular suvda eruvchan va ularning ortiqcha miqdori siydik bilan chiqariladi. Piridoksinning yuqori dozalari uzoq vaqt qabul qilish periferik nerv tizimining oʻtkir kasalliklari rivojlanishiga olib kelishi mumkin. VITAKOM V kompleks preparatini dozasini oshirib yuborilishining belgilari boʻlib quyidagilar hisoblanadi: oyoq, qoʻl yoki tananing boshqa qismlarida tirishish yoki achishish, uvishish, sanchish, sezuvchanlikni pasayishi yoki oshishi, muvozanat va koordinatsiyani buzilishi.

V6 vitaminining yuqori dozalari (kuniga 2-6 gram) bir necha oy davomida kam hollarda buyurilishiga qaramasdan, bu periferik nerv tizimining kasalliklarini chaqirishi mumkin. Dozani pasaytirib yoki preparatni qoʻllashni toʻxtatib, holatni toʻgʻrilash mumkin.

 

Davolash

Preparatni keyinchalik soʻrilishini minimallashtirish yoki oldini olish uchun quyidagi choralar tavsiya etiladi:

  1. Qustiruvchi vositani qabul qilish.
  2. Meʼdaga tushgan dori vositasini chiqarib tashlash uchun meʼdani yuvish kerak boʻlishi mumkin. Buni dezferrioksamin (2 g/l) eritmasini qoʻllab amalga oshirish kerak. 50-100 ml suvda eritilgan 5 g dezferrioksaminni meʼda boʻshatilgandan keyin yuborish kerak. Qusishga qistovlarni oʻz vaqtida aniqlash uchun patsiyent doimiy kuzatuvda boʻlishi kerak.
  3. Zarurati boʻlganida aspirator-soʻrgʻich va kislorodning avariyaviy zahirasidan foydalanish kerak.
  4. Ichakni boʻshashini chaqirish uchun mannitol yoki sorbitol saqlovchi ichimlik qabul qilish kerak.
  5. Ogʻir zaharlanish: shok va/yoki qon zardobida temirni darajasi yuqoriligi
     (>142 mklmol/l) bilan kechuvchi komada shoshilinch tutib turuvchi choralarni koʻrish plyus vena ichiga dezferrioksaminni yuborish kerak. Dezferrioksaminning tavsiya etilgan dozasi – soatiga 5 mg/kg, maksimum sutkada 80 mg/kg miqdorda vena ichiga sekin yuborish yoʻli orqali. Ogohlantirish: haddan tashqari tez yuborilganda qon bosimini haddan tashqari pasayishi mumkin.
  6. Oʻrtacha darajadagi zaharlanish: 4 g maksimal dozada mushak ichiga 50 mg/kg dezferrioksamin yuborish kerak.
  7. Qon zardobidagi temir darajasi doimo nazorat qilinishi kerak.
  8. Suv yoki elektrolitlar disbalansi muvofiqlashtirilishi kerak.

Agar Siz VITAKOM V kompleksni keragidan koʻproq qabul qilgan boʻlsangiz, shifokor yoki farmatsevtga murojaat eting.

 

Agar Siz VITAKOM V kompleksni qabul qilishni unutgan boʻlsangiz

Unutilgan dozani oʻrnini toʻldirish uchun dozani ikki marta qabul qilmang.

 

Agar Siz VITAKOM V kompleksni qabul qilishni toʻxtatayotgan boʻlsangiz

VITAKOM V kompleksni qabul qilish toʻxtatilganda noxush reaksiyalar kuzatilmaydi.

 

  1. Boʻlishi mumkin boʻlgan holatlar

Barcha preparatlar kabi VITAKOM V kompleks preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanligi boʻlgan odamlarda nojoʻya reaksiyalar chaqirishi mumkin.

Agar Sizda quyidagi reaksiyalardan birontasi yuzaga kelsa, VITAKOM V kompleksni qabul qilishni toʻxtating va darhol shifokorga xabar bering. Sizga shoshilinch tibbiy yordam talab etilishi mumkin:

  • nafas olishni qiyinlashishi, yuz, lab, til, tomoqni shishini chiqaruvchi allergik reaksiyalar yoki yoqimsiz qichishish;
  • isitma bilan kechuvchi yoʻtal yoki hansirash yoki nafas olishni toʻsatdan qiyinlashishi.

Bu juda jiddiy nojoʻya reaksiyalar. Agar Sizda ulardan birontasi yuzaga kelsa, Sizga shoshilinch tibbiy yordam talab etilishi mumkin.

Ushbu jiddiy nojoʻya reaksiyalar juda kam hollarda kuzatiladi.

Agar Sizda ulardan birontasi yuzaga kelsa, bu Sizda VITAKOM V kompleksga allergiyaning ogʻir shakli mavjudligidan dalolat beradi. Sizga shoshilinch tibbiy yordam yoki gospitalizatsiya talab etilishi mumkin.

 

Yuzaga kelish tez-tezligi

Juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 va < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1,000 va <1/100), kam hollarda (≥1/10.000 va <1/1.000), juda kam hollarda (<1/10.000), nomaʼlum (mavjud maʼlumotlar asosida baholab boʻlmaydi).

Suyak-mushak tizimi tomonidan buzilishlar: sanchiqlar (kam hollarda).

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar: koʻngil aynishi (juda kam hollarda).

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar: toshma, qichishish, eshakemi, ekzantema, angionevrotik shish (kam hollarda).

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: bosh aylanishi, terlash (kam hollarda); piridoksinning yuqori dozalari uzoq vaqt davomida qabul qilish oʻtkir periferik nevropatiyaga olib kelishi mumkin.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: anafilaktik reaksiyalar (kam hollarda).

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan buzilishlar: taxikardiya, pulsni kamayishi, aritmiya (juda kam hollarda).

Bundan tashqari VITAKOM V kompleks sut ajralishini kamaytiradi.

Agar nojoʻya samaralar jiddiylashsa yoki agar Siz ushbu ilova-varaqada sanab oʻtilmagan noxush samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.

 

  1. VITAKOM V kompleksni qanday saqlash kerak

Yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Iltimos, yaroqlilik muddatiga eʼtibor bering.

Yaroqlilik muddati oʻtgach VITAKOM V kompleks qoʻllanilmasin.

Agar Siz mahsulotni yoki oʻramni shikastlanganligini sezsangiz, preparatni qoʻllamang.

 

Savdo litsenziyasi/roʻyhatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining egasi

GM Pharmaceuticals Ltd.

Manzili: GRUZIYA, TBILISI sh., PONICHALA 65

telefon:  +995 32 2404801/02; 

Faks: +995 32 2404803

 

Ishlab chiqaruvchi

Mefar İlaç San.A.Ş.

Ramazanoğlu Mah. Ensar Cad. No: 20

Kurtköy/Pendik/İstanbul, Turkey (Turkiya)

 

Sifat boʻyicha eʼtirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot:

“GMP” MCHJ vakolatxonasi,

Oʻzbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh.,

Mustaqillik prospekti, 75, tel.: 141-03-73

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga