VENO-Ritz (Ko'proq)
TARKIBI
Preparatning bir qobiq bilan qoplangan tabletkasi mikronlangan flavonoidli fraksiyalarni saqlaydi: 450 mg diosmin (Diosmine) va 50 mg gesperidon (Hesperidin).
Yordamchi moddalar: gidroksipropilsellyuloza, kollidon 30, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati.
TAʼSIRI
VENO-Ritz oʻsimliklardan olinadigan majmuaviy preparat.
VENO-Ritz komponentlari boʻlgan bioflavonoidlar, venalarni tonusini oshiruvchi va angioprotektor taʼsir koʻrsatadi.
Diosmin va gesperidinning kombinatsiyasi venalarning choʻziluvchanligini kamaytiradi, ularning tonusini oshiradi va venoz dimlanishni kamaytiradi. Kapillyarlarning oʻtkazuvchanligini pasaytiradi va ularning rezistentligini oshiradi, mikrotsirkulyatsiya va limfatik drenajni yaxshilaydi.
QOʻLLANILISHI
- oyoqlarda ogʻirlik va charchoqlik hissi, shish, ogʻriqlar, trofik buzilishlar, tungi tirishishlar bilan birga kechuvchi oyoqlarning funksional va organik tabiatli surunkali venoz yetishmovchiligini davolash;
- venalarning varikoz kengayishidagi ogʻriq va shish sindromlarini yengillashtirish;
- surunkali gemorroy va oʻtkir gemorroidal xurujlarning funksional simptomlarini yengillashtirish.
Gemorroy zoʻrayganida VENO-Ritz ni qoʻllash anorektal sohaning kasalliklarini spetsifik davolash oʻrnini bosmaydi.
QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
EHTIYOTKORLIK CHORALARI
Venoz qon aylanishini buzilishlari boʻlgan patsiyentlarga preparat buyurilganida uzoq muddat quyoshda boʻlmaslik, tana vaznini pasaytirish va qon aylanishini yaxshilovchi maxsus paypoq kiyish kerakligi haqida koʻrsatma berish kerak.
Dozani oshirib yuborilishining simptomlari taʼriflanmagan.
VENO-Ritz preparatining dorilar bilan oʻzaro taʼsiri taʼriflanmagan.
Homiladorlik vaqtida preparatning xavfsizligi aniqlanmagan. Laktatsiya davrida preparatni buyurish tavsiya qilinmaydi.
DOZALASH VA QOʻLLASH USULI
Venoz yetishmovchiligida tavsiya qilinadigan doza - kuniga 2 tabletka; 1 tabletka peshinda va 1 tabletka kechqurun ovqatlanish vaqtida.
2 hafta davolash kursidan keyin oyoqlarning organik va funksional tabiatli surunkali venoz yetishmovchiligining klinik simptomalarini kamayishi aniqlanadi. Shishlar va boshqa simptomlar butunlay yoʻqolgunicha preparat qabul qilishni davom ettirish tavsiya qilinadi. Surunkali venoz yetishmovchiligida VENO-Ritz muntazam qabul qilinganida trofik buzilishlar va varikoz yaralarni rivojlanish xavfini kamaytiradi. Gemorroyning oʻtkir xurujini majmuaviy davolashda kuniga 6 tabletkadan 4 kun davomida, soʻngra kuniga 4 tabletkadan keyingi 3 kun davomida buyuriladi.
NOJOʻYa TAʼSIRLARI
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar va neyro-vegetativ buzilishlar boʻlishi mumkin, ular davolashni bekor qilishni talab qilmaydi va preparat bilan davolash kursi tamom boʻlganidan keyin tez yoʻqoladi.
YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH
15-250S haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati – 3 yil. Preparatni yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatish mumkin emas.
CHIQARILISH SHAKLI
Oʻramda 30 tabletka
BUYURILISHI
Shifokor resyeptisiz!