URSOMAK (Ko'proq)

Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
​​​​​​​Xalqaro patentlanmagan nomi: ursodezoksixol kislotasi.

Farmakoterapevtik guruhi: Oʻt-safro haydovchi va xolelitolitik taʼsirli gepatoprotektor.
Поделиться

TARKIBI

Preparatning bir kapsulasi 300 mg faol modda – ursodezoksixol kislotasi saqlaydi.

Yordamchi moddalar: kraxmal, magniy stearati, kremniy dioksidi.

TAʼSIRI

Gepatoprotektor. Shuningdek oʻt-safro haydovchi, xolelitolitik, gipolipidemik, gipoxolesterinemik va biroz immunomodullovchi taʼsir koʻrsatadi.

Yuqori qutblikka ega boʻlib, ursodezoksixol kislotasi apolyar (toksik) oʻt-safro kislotalari bilan toksik boʻlmagan aralash mitsellalarni hosil qiladi, bu biliar reflyuks-gastritda va reflyuks-ezofagitda meʼda reflyuktatining xujayra membranalarini shikastlash qobiliyatini pasaytiradi. Bundan tashqari, ursodezoksixol kislotasi gepatotsitlar, xolangiotsitlar, meʼda-ichak yoʻllarining epiteliotsitlari xujayra membranalarining tarkibiga kirib olish, ularni mustahkamlash va sitotoksik mitsellalarning taʼsiriga sezmaydigan qilib qoʻyish xususiyatiga ega boʻlgan ikkilangan molekulalarni hosil qiladi.

Gepatotsitlar uchun toksik boʻlgan yogʻ kislotalarining konsentratsiyasini kamaytirib va bikarbonatlarga boy xolerezni ragʻbatlantirib, ursodezoksixol kislotasi jigar ichki xolestazni yechilishiga samarali yordam beradi. Oʻt-safroni xolesterin bilan toʻyinishini, uning ichakda soʻrilishini susaytirishi, jigarda sintezini bostirishi va oʻt-safroga sekretsiyasini pasaytirishi hisobiga kamaytiradi; oʻt-safroda xolesterin bilan suyuq kristallarni hosil qilib, uning eruvchanligini oshiradi; oʻt-safroning litogen indeksini kamaytiradi. Buning natijasi xolesterinli oʻt toshlarini erishi va yangi konkrementlarni hosil boʻlishini oldini olish hisoblanadi.

Immunomodullovchi taʼsiri gepatotsitlar membranasida HLA-1 va xolangiotsitlarda HLA-2 antigenlarining ekspressiyasini susayishi, limfotsitlarning tabiiy killerlik faolligini normallashishi bilan bogʻliq. Birlamchi biliar sirrozi, mukovissedozi va alkogolli steatogepatiti boʻlgan bemorlarda fibrozni rivojlanib borishini ishonchli sekinlashtiradi: qiziloʻngach venalarining varikoz kengayishini rivojlanish xavfini kamaytiradi. Ursodezoksixol kislotasi xujayralarni (gepatotsitlar, xolangiotsitlar) barvaqt qarishi va nobud boʻlishi jarayonini sekinlashtiradi.

Ursodezoksixol kislotasi ingichka ichakda passiv diffuziya hisobiga (taxminan 90%), yonbosh ichakda esa faol tashilish yordamida soʻriladi. Smax ga 1-3 soatdan keyin erishiladi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi yuqori – 96-99% gacha. Yoʻldosh toʻsigʻi orqali kiradi. Preparat muntazam qabul qilinganida ursodezoksixol kislotasi qon zardobining asosiy oʻt-safro kislotasi boʻlib qoladi va qondagi oʻt-safro kislotalarining umumiy miqdorining 48% ni tashkil qiladi. Taurin va glitsin konyugatlarni hosil qilib jigarda metabollanadi (jigar orqali birlamchi oʻtish klirensi). Hosil boʻlgan konyugatlar oʻt-safroga chiqariladi. Preparatning umumiy dozasining 50-70% oʻt-safro bilan chiqariladi. Soʻrilmagan ursodezoksixol kislotasining oz miqdori yoʻgʻon ichakka tushadi, u yerda bakteriyalar tomonidan parchalanadi.

QOʻLLANILISHI

  • xirurgik yoki endoskopik usullar bilan xolesterinli oʻt toshlarini oʻt qopidan olib tashlashning imkoniyati boʻlmaganidagi asoratlanmagan oʻt-tosh kasalligi;
  • biliar sladj;
  • xoletsistektomiyadan (oʻt qopini olib tashlash) keyin tosh hosil boʻlishini oldini olish;
  • surunkali faol gepatit;
  • oʻtkir gepatit;
  • jigarning toksik (shu jumladan dori taʼsiridagi) shikastlanishlari;
  • jigarning alkogolli kasalligi;
  • noalkogolli steatogepatit;
  • jigarning birlamchi biliar sirrozi;
  • birlamchi sklerozlovchi xolangit;
  • jigarning kistoz fibrozi (mukovissidoz);
  • jigar ichki oʻt-safro yoʻllarining atreziyasi (shu jumladan oʻt-safro yoʻlining tugʻma atreziyasi);
  • oʻt-safro chiqaruvchi yoʻllarning diskineziyasi;
  • biliar reflyuks-gastrit va reflyuks-ezofagit;
  • biliar dispeptik sindrom (xoletsistopatiyada va oʻt-safro chiqaruvchi yoʻllarining diskineziyasida);

oldini olish maqsadida:

  • gormonal kontratseptivlar va sitostatiklar ishlatilganida jigarning shikastlanishlarini oldini olish;
  • semiz bemorlarda tana vaznini tez yoʻqotishda oʻt toshlarini hosil boʻlishini oldini olish.

QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • rentgenmusbat (kalsiy miqdori yuqori boʻlgan) oʻt toshlari;
  • faoliyat koʻrsatmayotgan oʻt qopi;
  • oʻt-safro-meʼda-ichak oqmasi;
  • oʻtkir xoletsistit;
  • oʻtkir xolangit;
  • dekompensatsiya bosqichidagi jigar sirrozi;
  • oʻt-safro yoʻllarining obturatsiyasi;
  • oʻt qopi va oʻt-safro yoʻllarining oʻtkir infeksion kasalliklari;
  • oʻt qopi empiyemasi;
  • ingichka va yoʻgʻon ichakning yalligʻlanish kasalliklari;
  • pankreatit;
  • jigar yetishmovchiligi;
  • buyrak yetishmovchiligi;

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Oʻt-safro konkrementlarini (toshlarni) eritish maqsadida preparatni qoʻllashda quyidagi shartlarga rioya qilish kerak: toshlar xolesterinli boʻlishi (rentgennegativ) boʻlishi kerak, ularning oʻlchamlari 15-20 mm dan katta boʻlmasligi kerak, oʻt qopi faoliyati saqlangan va yarmidan oshmagan miqdorda toʻlgan, oʻt qopi va umumiy oʻt-safro yoʻlining oʻtkazuvchanligi saqlangan boʻlishi kerak.

Ursomakni uzoq muddat (1 oydan koʻp) qabul qilishda davolashning birinchi 3 oyida har 4 haftada, keyinchalik – har 3 oyda jigar transaminazalarining faolligini aniqlash uchun qonning biokimyoviy tahlilini oʻtkazish kerak. Davolashning samaradorligini nazorati har 6 oyda oʻt-safro chiqarish yoʻllarining UTT maʼlumotlariga asosida olib borish kerak.

Konkrementlar toʻliq eriganidan keyin, oʻlchamlarini aniqlash uchun haddan tashqari kichik boʻlgan konkrementlarning qoldiqlarini erib ketishiga yordam berish va tosh hosil boʻlishini qaytalanishini oldini olish uchun, preparatni qoʻllashni hech boʻlmaganda 3 oy davomida davom ettirish tavsiya qilinadi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Preparatni qoʻllash avtotransport yoki potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya

Preparatni homiladorlik davrida qoʻllash tavsiya qilinmaydi, faqat ona uchun foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori boʻlgan holda qoʻllash mumkin.

Laktatsiya davrida preparatni qoʻllashning zarurati boʻlganida emizishni toʻxtatish masalasini hal qilish kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish hollari taʼriflanmagan.

DORILARNING OʻZARO TAʼSIRI

Alyuminiy saqlovchi antatsidlar va kolestiramin birga qoʻllash ursodezoksixol kislotasining soʻrilishini pasaytiradi.

Gipolipedimek dori vositalari (ayniqsa klofibrat), estrogenlar, neomitsin yoki progestinlar bilan bir vaqtda qoʻllash oʻt-safroni xolesterin bilan toʻyinishini oshiradi va ursodezoksixol kislotasining xolesterinli oʻt toshlarini eritish qobiliyatini pasaytirishi mumkin.

DOZALASH VA QOʻLLASH USULI

Kapsulalar chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi.

Jigarning oʻtkir va surunkali kasalliklari, oʻt-tosh kasalligida (xolesterinli oʻt toshlari va biliar sladj) preparat 10-15 mg/kg sutkalik dozada uzoq muddat davomida buyuriladi.

- jigarning oʻtkir va surunkali kasalliklarida preparatning sutkalik dozasi 2-3 qabulga boʻlinadi, kapsulani ovqat bilan qabul qilinadi. Jigarning surunkali kasalliklarida Ursomakni qabul qilishning davomiyligi bir necha oydan 2 yilgacha davom etishi mumkin.

- oʻt tosh kasalligida sutkalik dozaning hammasi bir marta kechqurun qabul qilinadi.

Xolesterinli oʻt toshlarini eritish uchun qabul qilishning davomiyligi 6 oydan 2 yilgachani tashkil qiladi. Soʻngra yana 3 oy tosh hosil boʻlishining qaytalanishini oldini olish uchun. Agarda preparatni qabul qilish boshlanganidan soʻng 12 oy oʻtgach oʻt toshlarini kamayishi kuzatilmasa, davolashni davom ettirish maqsadga muvofiq emas.

Biliar reflyuks-gastrit va reflyuks-ezofagitda Ursomak sutkada 300 mg dan (1 kapsula) uyqudan oldin buyuriladi. Davolash kursi – 10 -14 kun.

Xoletsistektomiyadan (oʻt qopini olib tashlash) keyin takroriy xolelitiazni oldini olish uchun tavsiya qilinadigan doza – 300 mg dan sutkada 2-marta bir necha oy davomida (oʻrtacha 3 oy).

Jigarning toksik, dorilar taʼsiri natijasidagi shikastlanishlarida, jigarning alkogolli kasalligi va oʻt-safro yoʻllarining atreziyasida 10-15 mg/kg sutkalik doza hisobida 2-3 qabulda belgilanadi. Davolashning davomiyligi 6-12 oy va koʻproqni tashkil qiladi.

Birlamchi jigar sirrozida preparat sutkada 10-15 mg/kg (zarurati boʻlganida – 20 mg/kg gacha) hisobida 2-3 qabulda buyuriladi. Davolashning davomiyligi 6 oydan bir necha yilgachani tashkil qiladi.

Birlamchi sklerozlovchi xolangitda – sutkada 12-15 mg/kg (20 mg/kg gacha) 2-3 qabulda. Davolashning davomiyligi 6 oydan bir necha yilgachani tashkil qiladi.

Noalkogolli steatogepatitda – sutkada 13-15 mg/kg 2-3 qabulda. Davolash davomiyligi 6 oydan bir necha yilgachani tashkil qiladi.

Mukovissedozda dozasi sutkada 20-30 mg/kg hisobida 2-3 qabulda belgilanadi. Davolashning davomiyligi 6 oydan bir necha yilgachani tashkil qiladi.

2 yoshdan oshgan bolalarga preparatning dozasi shaxsiy tartibda sutkada 10-20 mg/kg hisobida belgilanadi.

 

NOJOʻYa TAʼSIRLARI

Diareya (dozaga bogʻliq boʻlishi mumkin), orqada ogʻriq.

Kam: oʻt toshlarini kalsiylanishi, jigar transaminazalari faolligining oʻtkinchi oshishi, alopetsiya, qabziyat, koʻngil aynishi, qusish, allergik reaksiyalar.

YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan va bolalar olaolmaydigan joyda, 15-25oS haroratda saqlansin!

Yaroqlilik muddati – 3 yil. Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatish mumkin emas.

CHIQARILISH SHAKLI

Kapsulalar 300 mg dan; oʻramida 20 kapsula.

BUYURILISHI

Shifokor retsepti boʻyicha!

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga