TURBO MIKRON G (Ko'proq)

Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
​​​​​​​Preparatning savdo nomi: Turbo Mikron G
Taʼsir etuvchi moddalar: diosmin, gesperidin
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Поделиться

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

flavonoidlarning 500 mg mikronlashtirilgan tozalangan fraksiyasi:

450 mg – diosmin (90%), 50 mg – gesperidin koʻrinishidagi flavonoidlar (10%);

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, jelatin, natriy kraxmal glikolyati (kartoshka kraxmali), magniy stearati, talk, natriy laurilsulfati, toʻq sariq rangli Opadray 03G34105 (gipromelloza (Ye-464), glitserol, titan dioksidi (Ye-171), temir (III)-oksidi (Ye-172), temir (II)-oksidi (Ye-172), polietilenglikol 6000, magniy stearati).

Taʼrifi: oval, bir tomonida riskasi boʻlgan, pushti-toʻq sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Riskasi tabletkani teng dozalarga boʻlish uchun emas, balki oson yutish maqsadida tabletkani boʻlish uchun moʻljallangan.

Farmakoterapevtik guruhi: Kapillyarlarni barqarorlashtiruvchi vositalar. Bioflavonoidlar.

ATX kodi: C05CA53

 

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Turbo mikron G flebotonik preparat va vazoprotektor vosita hisoblanadi (vena qon tomirlarni torayishini, venoz qarshilikni oshishi va oʻtkazuvchanligini pasayishini chaqiradi).

Eksperimental modellarda diosmin venoz qon oqimiga ikkilamchi taʼsir koʻrsatadi:

  • venalar va venulalarda: u qon-tomirlar devorining tonusini oshiradi va dimlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi;
  • mikrotsirkulyatsiya darajasida: kapillyarlarning oʻtkazuvchanligini normallashtiradi va kapillyarlarning rezistentligini kuchaytiradi.

Odamlarda quyidagi pletizmografik venoz koʻrsatkichlar: vena qon-tomirlari hajmi, choʻziluvchanligi va qonni venadan chiqish vaqti boʻyicha preparatning dozaga bogʻliq boʻlgan statistik ahamiyatli samarasi koʻrsatilgan. Dozasi va samarasining eng yaxshi nisbati 2 tabletka qabul qilinganida olingan.

  • flebotonik taʼsiri: diosmin venoz tonusni oshiradi. Simobli tenziometrik datchik yordamida oʻtkazilgan okklyuzion pletizmografiya, qonni venadan chiqish vaqtini qisqarishini koʻrsatdi.
  • mikrotsirkulyator faolligi: kapillyarlarning moʻrtligi belgilari boʻlgan patsiyentlarda davolash kapillyarlarning rezistentligini oshiradi, bu angiostereometriya usuli bilan oʻlchanganida tasdiqlangan.

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi

Peroral qabul qilinganidan soʻng Turbo mikron G ichakda, u yerdagi flora taʼsirida tez transformatsiyaga uchraydi va aglikon shaklida, yaʼni diosmetin shaklida soʻriladi. Preparat peroral qabul qilinganida uning biokiraolishligi taxminan 57,9% ni tashkil etadi.

Taqsimlanishi

Diosmetin 62,1 l taqsimlanish hajmi bilan toʻqimalarga ekstenziv ravishda taqsimlanadi.

Biotransformatsiyasi

Diosmetin glitsin bilan konyugatsiyalangan fenol kislotalari va ularning hosilalarigacha tez va intensiv ravishda parchalanadi, ular siydik bilan chiqariladi. Odamda eng ustun turadigan metaboliti gidroksifenilpropionat kislotasi hisoblanadi, u asosan konyugatsiyalangan shaklda chiqariladi. Kamroq miqdorlarda aniqlanadigan metabolitlariga boshqa fenol kislotalari, shu jumladan 1-gidroksi-4-metoksibenzoy kislotasi va 3-metoksi-4-gidroksifenilsirka kislotasi va 3,4-digidroksibenzoy kislotasi kiradi.

Eliminatsiyasi

Odamlarda eliminatsiyasi nisbatan tez yuz beradi. Tadqiqotlarda radiofaol izotop bilan nishonlangan diosminning 34% siydik bilan va axlat bilan birinchi 24 soat davomida chiqarilgan va taxminan 86% siydik va axlat bilan birinchi 48 soat davomida chiqarilgan.

Toʻgʻri proporsionallik / teskari proporsionallik

Turbo mikron G ning farmakokinetikasi toʻgʻri proporsional hisoblanadi.

 

Qoʻllanilishi

Kattalarda surunkali venoz yetishmovchilik bilan bogʻliq boʻlgan simptomlar va shishni kamaytirish uchun qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Kattalar

Standart terapevtik doza – kuniga 2 tabletkani tashkil etadi, alohida qabul qilinadi: bitta tabletka tushlik vaqtida, va boshqa tabletka kechqurun ovqat vaqtida qabul qilinadi.

Maksimal davolash davomiyligi – 2 dan 3 oygacha muddatni tashkil etadi.

Bolalar populyatsiyasi

Bolalarda diosminni havfsizligi va samaradorligi oʻrganilmagan.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Noxush koʻrinishlar rivojlanish tezligiga muvofiq quyidagicha taʼriflangan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha); tez-tez emas (≥ 1/1,000 dan < 1/100 gacha); kam hollarda (≥ 1/10,000 dan < 1/1,000 gacha); juda kam hollarda (< 1/10,000); uchrash tezligi nomaʼlum (uchrash tezligi mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida aniqlash mumkin emas).

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar: tez-tez – koʻngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya.

Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: kam – bosh ogʻrigʻi, lohaslik, bosh aylanishi.

Teri va teri osti toʻqimalari tomonidan buzilishlar: kam hollarda – toshma, qichishish, eshakemi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Flavonoidlarga yoki boshqa yordamchi moddalaridan birortasiga hujjatlashtirilgan yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Turbo mikron G ni boshqa dori vositalari yoki ozuqa mahsulotlari bilan kuzatilishi mumkin boʻlgan farmakokinetik va/yoki farmakodinamik oʻzaro taʼsiri boʻyicha hech qanday maxsus tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Shunday boʻlsa ham, xususan, ushbu dori vositasini katta postmarketing qoʻllash tajribasini hisobga olib, hozirgi kungacha biror-bir boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri yuzasidan hech qanday xabar berilmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalari

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi

Homiladorlik

Odamlarga zararli taʼsiri yuzasidan tasdiqlangan maʼlumotlar yoʻq.

Homilador ayollarning cheklangan miqdorida oʻtkazilgan hujjatlashtirilgan klinik tadqiqotlarning maʼlumotlarda, ushbu preparatning taʼsirida homiladorlikka yoki homilani ona qornida rivojlanishi / tugʻilgandan keyingi rivojlanishiga diosminning hech qanday nojoʻya koʻrinishlari aniqlanmagan. Hozirgi kunda hech qanday boshqa muvofiq epidemiologik maʼlumotlar mavjud emas. Hayvonlarda oʻtkazilgan tadqiqotlarda, homiladorlikka, homiladorlikni embrional rivojlanishi / rivojlanishiga, tugʻruqqa yoki postnatal rivojlanishga nisbatan bevosita yoki bilvosita samaralari aniqlanmagan.

Emizish davri

Ushbu preparatni koʻkrak suti bilan ajralib chiqishi yuzasidan maʼlumotlar yoʻq. Demak, bunday maʼlumotlar yoʻqligi tufayli, ushbu preparatni emizish davrida qoʻllash mumkin emas.

Fertillik

Fertillik uchun toksikligi yoki reproduktiv toksikligi kuzatilmagan.

Avtomobil va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Turbo mikron G mexanizmlarni boshqarish va ulardan foydalanish qobiliyatiga taʼsir qilmaydi yoki biroz taʼsir qiladi.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish holatlari xaqida xabarlar boʻlmagan.

 

Chiqarilish shakli

60 tabletka saqlovchi karton qutilarda.

 

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

 

Ishlab chiqaruvchi

KERN FARMA, S.L.

Pol. Ind. Kolon ІІ, K/Venus 72, Terrassa, 08228

Barselona, Ispaniya

 

Savdo va qayd qilish litsenziyasining egasi

DJI EM Farmasyutikals MCHJ

Ponichala 65, Tbilisi, Gruziya

 

Oʻzbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati boʻyicha eʼtirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili

«GMP» MCHJ Vakolatxonasi,

Oʻzbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh.,

Mustaqillik shox koʻchasi, 75, tel.: 141-03-73

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga