TURBO GEL (Ko'proq)

Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
Turbo Gel
Tashqi qoʻllanilish uchun gel
Tubada 100 ml gel
Поделиться

TARKIBI:

Turbo Gel tarkibi qoʻyidagilardan iborat: Aesculus Hippocastanum Seed Extract, Ginkgo Biloba Leaf Extract, Arnica Montana Flower Extract, Arnica Chamissonis Flower Extract, Aqua, Propylene Glycol, Panthenol, Allantoin, Carbomer, Triethanolamine, Phenoxyethanol, Ethylhexylglycerin.

 

Turbo Gel oʻsimliklardan olinadigan majmuaviy preparat, tomirlarni tonusini oshiruvchi va angioprotektiv taʼsirga ega. Turbo gel qapillyarlarning oʻtkazuvchanligini pasaytiradi va qon tomirlarini mustahkamlanishi va tonusini oshishiga yordam beradi. Oyoqlardagi venoz dimlanishni kamaytiradi, qon aylanishini va limfatik drenajni yaxshilaydi. Shuningdek antioksidant faollikka ega va membranoprotektor va yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Toʻqimalarning shishishini kamaytiradi va tromb hosil boʻlishiga yoʻl qoʻymaydi.

 

QOʻLLANILISHI:

-Oyoqlarda ogʻirlik va charchoqlik hissi, tungi tirishishlar bilan birga kechuvchi surunkali venoz yetishmovchiligida.

- Venalarni varikoz kengayishida.

- Qontalashlar, gematoma, yuzaki flebitda.

- Uzoq muddat tik turish hisobiga oyoklardagi shishishlar boʻlganda.

 

QARSHI KOʻRSATMALAR

Dori tarkibidagi moddalarga yuqori sezuvchanlik boʻlsa, qoʻllash mumkin emas.

Ochiq yaralar, shilliq qavatlar, ekzematoz oʻzgrishli sohalarga, hamda quyosh nurladidan kuyib shikastlangan joylarga surtish mumkin emas.

Bolalarda qoʻllanilmaydi.

 

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Gel faqat tashqi qoʻllanilish uchun. 

Dori vositasini, ochiq yara, koʻz va shilliq qavatlarga tushishni oldini olib, shikastlanmagan teri sohasiga surtiladi. Gel surtilgan sohani kuyosh nurlari toʻgʻri tushishidan saqlash kerak.

Agar vosita qoʻllangandan soʻng, terini qoʻllangan sohasi bezovta qilsa yoqi bemorning ahvoli yomonlashsa, shifokorga murojat qilish kerak.

 

QOʻLLASH USULI VA DOZALARI

Kunniga ikki mahal (ertalab va kechqurun) gelning oz miqdoribir meʼyorida teriga surtiladi.

Toʻgʻri qoʻllash uchun qoʻllanma:

- birinchi marotaba qoʻllashda, tubani ogʻzini ochish uchun qopqoqning tashqi tomonidan foydalaning;

- Teriga yaxshiroq soʻrilishi uchun gelni yengil uqalovchi xarakatlar bilan suriting;

- har gal gelniqoʻllagandan soʻng qoʻllarni yuvish kerak.

 

DORILARNING OʻZARO TAʼSIRI

Turbo gel va boshqa mahalliy qoʻllaniladigan vositalarni bir vaqitda qoʻllash tavsiya etilmaydi

NOJOʻYa TAʼSIRLARI:

Terida toshmalar va teri qichishishi kabi allergik reaksiya rivojlanishi mumkin.

Boshqa nojoʻya taʼsirlar aniqlanganda, bemorning ahvolini klinik baholash kerak.

 

YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH:

Yaroqlilik muddati qadoqdalash idishida koʻrsatilgan. Xona xaroratida original qadoqlangan idishda saqlash kerak

Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

 

ISHLAB CHIQARILISH SHAKLI:

Tubada 100ml gel, ikkilamchi qadoq- karton kuti.

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga