TRIMEKOR MR (Ko'proq)
TARKIBI
Trimekor MR qobiq bilan qoplangan, ajralib chiqishi modifikatsiyalangan, bir tabletka 35 mg faol modda – trimetazidin digidroxloridi saqlaydi.
TAʼSIRI
Antianginal, ishemiyaga qarshi preparat.
Trimekor MR gipoksiya yoki ishemiyaga uchragan xujayralarning energetik metabolizmini normallashtiradi, xujayra ichidagi ATF miqdorining kamayishini oldini oladi. Shunday qilib, preparat membranalar ion kanallarining normal faoliyat koʻrsatishini, membranalararo kaliy va natriy ionlarini oʻtkazilishi, shuningdek xujayra gemostazini saqlanishini taʼminlaydi.
Trimekor MR yogʻ kislotalarini oksidlanishini sekinlashtiradi, glyukozani oksidlanishini oshiradi va glikoliz va oksidlanishli dekarboksillanish oʻrtasidagi yaqinlikni tiklaydi va miokardning ishemiyadan himoyasini taʼminlaydi. Preparatning antianginal taʼsiri asosida yogʻ kislotalarini oksidlanishini glyukozaning oksidlanishiga oʻtkazilishi yotadi.
Trimetazidin ishemiyaning epizodlari davrida yurak va neyrosensor aʼzolarning energetik metabolizmini tutib turadi; xujayra ichki atsidozi kattaligini kamaytiradi; polinuklear neytrofillarni yurakning ishemik va reperfuzion toʻqimalarga migratsiyasi va infiltratsiyasi darajasini pasaytiradi, miokardning shikastlanish oʻlchamlarini kamaytiradi. Preparatning ushbu samaralari har qanday bevosita gemodinamik samarasisiz kuzatiladi.
Stenokardiyasi boʻlgan patsiyentlarda, trimetazidin koronar zahirani oshiradi, shu yoʻl bilan jismoniy yuklama chaqirgan ishemiyani rivojlanishini sekinlashtirib, yurak ritmini hech qanday ahamiyatli oʻzgarishlarisiz AB ning keskin tebranishlarini cheklaydi, stenokardiya xurujlarining tez-tezligini ahamiyatli kamaytiradi, nitratlarni qabul qilishga ehtiyojni jiddiy kamaytiradi, ishemik disfunksiyasi boʻlgan bemorlarda chap qorinchaning qisqaruvchanlik faoliyatini yaxshilaydi.
Ichga qabul qilinganidan soʻng trimetazidin tez soʻriladi. Smax ga 5 soatdan soʻng erishiladi. Organizmdan asosan buyraklar orqali oʻzgarmagan holda chiqariladi. T1/2 – taxminan 7 soat, 65 yoshdan katta patsiyentlarda – taxminan 12 soat.
QOʻLLANILISHI
- kardiologiya: yurak ishemik kasalligini uzoq muddatli davolash, stenokardiya xurujlarini oldini olish (monoterapiya yoki majmuaviy davolash tarkibida);
- LOR-kasalliklari: ishemik tabiatli koxleo-vestibulyar buzilishlarni davolash (bosh aylanishi, quloqlardagi shovqin, eshitishni buzilishi);
- oftalmologiya: ishemik komponentli xorioretinal tomir buzilishlari.
QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR
- Homiladorlik; emizish;
- preparatga boʻlgan yuqori sezuvchanlik.
EHTIYOTKORLIK CHORALARI
Shuni nazarda tutish kerakki, Trimekor MR stenokardiya xurujlarini bartaraf qilish uchun moʻljallanmagan va turgʻun boʻlmagan stenokardiya yoki miokard infarktining boshlangʻich davolash kursi uchun qoʻllanmaydi.
Trimekor MR preparatini KK 15 ml/min dan kam boʻlgan buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarga va shuningdek jigar faoliyatining ogʻir buzilishlari boʻlgan patsiyentlarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri
Preparat psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligini talab qiluvchi ishlarni bajarish va avtomobilni boshqarish qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya
Trimetazidin koʻkrak suti bilan chiqariladimi, yoʻqmi nomaʼlum. Shuning uchun preparatni laktatsiya davrida buyurish zarurati tugʻilganida emizishni toʻxtatish kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtda Trimekor MR preparatining dozasini oshirib yuborilish іollari іaqida xabar berilmagan.
DORILARNING OʻZARO TAʼSIRI
Trimekor MR preparatini dorilar bilan oʻzaro taʼsiri taʼriflanmagan.
DOZALASH VA QOʻLLASH USULI
Trimekor MR 1 tabletkadan sutkada 2-marta, ertalab va kechqurun ovqat qabul qilish vaqtida buyuriladi. Davolashning davomiyligi shaxsiy belgilanadi.
NOJOʻYa TAʼSIRLARI
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam - koʻngil aynishi, qusish.
Allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.
YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH
10-250S haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati – 3 yil. Preparatni yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatish mumkin emas.
CHIQARILISH SHAKLI
Ajralib chiqishi modifikatsiyalangan, qobiq bilan qoplangan tabletkalar 35 mg dan; oʻramida 30 tabletka.
BUYURILISHI
Shifokor retsepti boʻyicha!