TAIKOLD S MALINOY

Asosiy sahifaga o'tish Gripp va shamolash TAIKOLD S MALINOY (Ko'proq)
Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.
Taʼrifi: ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun oʻziga xos hidli va taʼmli sargʻish rangli kukun.
Поделиться

Tarkibi:

Preparatning bir paketchasi quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

paratsetamol…………………………………500 mg

xlorfeniramin maleati…………………....2 mg

askorbin kislotasi (S vitamini)…… .......30 mg

yordamchi moddalar: suvsiz limon kislotasi, saxaroza, natriy sitrati, aspartam, “Food red 7” boʻyovchisi, malina aromatizatori.

Taʼrifi: ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun oʻziga xos hidli va taʼmli sargʻish rangli kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Oʻtkir respirator kasallik (OʻRK) va “shamollash” kasalliklari simptomlarini bartaraf etuvchi vosita (nonarkotik analgetik+qon tomirlarni toraytiruvchi vosita+vitamin).

ATX kodi: N02BE51.

 

Farmakologik xususiyatlari

Taʼsiri, uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan majmuaviy preparat.

Paratsetamol yaqqol ogʻriq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi. Taʼsir mexanizmi asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini susaytirishi bilan bogʻliq.

Xlorfeniramin maleati – N1-gistamin retseptorlarining blokatori, allergiyaga qarshi taʼsir koʻrsatadi, nafas yoʻllarining yuqori boʻlimlari shilliq qavatining qon tomirlari oʻtkazuvchanligini kamaytiradi, koʻz yoshini oqishi, koʻz va burundagi qichishishni bartaraf etadi.

Askorbin kislotasi (S vitamini) grippda va boshqa oʻtkir respirator virusli infeksiyalar (OʻRVI) da S vitaminiga boʻlgan yuqori ehtiyoj oʻrnini qoplaydi, organizmning infeksiyalarga chidamliligini oshiradi.

 

Farmakokinetikasi

Paratsetamol ichga qabul qilinganida yaxshi va tez soʻriladi. Plazmadagi choʻqqi konsentratsiyasiga 30-90 minut oʻtgach erishiladi. Organizmning deyarli barcha toʻqimalariga kiradi, yoʻldosh orqali oson oʻtadi va koʻkrak suti bilan chiqariladi. Jigarda metabolizmga uchraydi, metabolitlari farmakologik faol emas, ammo toʻplanganida jigarni nekrozga olib kelishi mumkin. Asosan metabolitlari koʻrinishida buyrak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 1,5 soatdan 3 soatgacha oʻzgarib turadi. Jigar funksiyasi buzilishida preparatning organizmdan chiqarilishi sekinlashadi, bu metabolitlarini organizmda toʻplanishiga yordam beradi.

Xlorfeniramin maleati ichga qabul qilinganida meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi. Oqsillar bilan bogʻlanishi - yuqori (72%). Biotransformatsiyasi jigarda, shuningdek buyrakda kechadi. Yarim chiqarilish davri - 14-25 soatni tashkil qiladi. Organizmdan buyrak orqali metabolitlari koʻrinishida chiqariladi.

Askorbin kislotasi meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi, plazma oqsillari bilan bogʻlanishi 25% ni tashkil qiladi, organizm toʻqimalariga keng taqsimlanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi, siydik bilan oʻzgarmagan holda oksalat shaklida chiqariladi. Haddan tashqari koʻp miqdorda qabul qilingan askorbin kislotasi oʻzgarmagan holda siydik bilan tez chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

  • isitma, bosh ogʻrigʻi, oʻtkir rinit, burunning bitishi, aksirish, mushaklarda ogʻriq bilan kechuvchi gripp, infeksion-yalligʻlanish va shamollash kasalliklarini simptomatik davolashda qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalash

Bir paketcha ichidagisini stakanga solinadi va uni issiq suv bilan toʻldirib, toʻliq erigunicha aralashtiriladi.

Kattalarga: 1 paketchadan har 4-6 soatda buyuriladi, ammo 24 soat davomida 4 paketchadan ortiq qabul qilish mumkin emas. Preparatni qabul qilish davomiyligi 5 kundan koʻp emas.

Shamollash kasalliklarini davolashda preparatni kasallikning birinchi belgilari paydo boʻlganidan keyin, iloji boricha ertaroq qoʻllagan yaxshi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

“Taikold s malinoy” jiddiy nojoʻya taʼsirlar chaqirmaydi. Ayrim hollarda ogʻizni qurishi, koʻngil aynishi, bosh aylanishi boʻlishi mumkin.

Allergik reaksiyalar (terida toshma, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish), epigastral ogʻriq; anemiya, trombotsitopeniya; akkomodatsiya parezi, siydikni tutilishi, uyquchanlik. Katta dozalarda uzoq vaqt qoʻllanganda – gepatotoksik taʼsir, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, pansitopeniya; meʼda-ichak yoʻllarining eroziv-yarali shikastlanishlari, meʼda-ichak yoʻllaridan qon ketishlari; nefrotoksiklik (papillyar nekroz).

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik

- meʼda-ichak yoʻllarining eroziv-yarali shikastlanishlari (zoʻrayish fazasidagi),

- buyrak yetishmovchiligi,

- portal gipertenziya, alkogolizm,

- glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi,

- bolalar (15 yoshgacha),

- homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik choralari

Koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozida, gipertireozda, qandli diabetning ogʻir shakllarida va ichki aʼzolarning ogʻir funksional buzilishlarida preparatni ehtiyotkorlik bilan ishlatish lozim.

 

Dorilar bilan oʻzaro taʼsiri

Preparatni MAO ingibitorlari, beta-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Paratsetamol saqlovchi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilishdan saqlanish lozim.

Paratsetamol (preparat tarkibiga kiruvchi) jigar fermentlarini faollashtiruvchi dori vositalar (baʼzi uxlatuvchi va tirishishga qarshi vositalar, rifampitsin, etanol) bilan bir vaqtda qoʻllanganida, paratsetamolning gepatotoksik taʼsiri kuchayadi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Preparat bilan davolash fonida 3 kundan ortiq davom etuvchi gipertermiyada va 5 kundan ortiq ogʻriq sindromida shifokorning maslahati talab etiladi.

Preparatni qabul qilish plazmada glyukoza va siydik kislotasining miqdorini aniqlashda laborator tekshiruvlarning koʻrsatkichlarini oʻzgartiradi.

Davolanish vaqtida periferik qon manzarasini va jigarning funksional holatini nazorat qilish lozim.

Davolanish davrida etanolni isteʼmol qilishdan (gepatotoksik taʼsir rivojlanishi mumkin), avtotransportni haydashdan va diqqatni yuqori jamlanishi xamda psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shugʻullanishdan saqlanish kerak.

Tugʻma giperbilirubinemiyalarda (Jilber, Dubin-Djonson va Rotor sindromlari), yopiq burchakli glaukomada, prostata bezi giperplaziyasida ehtiyotkorlik bilan qabul qilinadi.

“Taikold s malinoy” preparatini qoʻllaganda alkogol isteʼmol qilish, uxlatuvchi vositalar va trankvilizator qabul qilish mumkin emas.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Davolanish vaqtida preparat uyquchanlik yoki tormozlanishni chaqirishi mumkin, shuning uchun avtomobilni boshqarish yoki yuqori diqqatni talab etuvchi boshqa faoliyat bilan shugʻullanish mumkin emas.

Homiladorlik va laktatsiya

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllash tavsiya etilmaydi.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Kattalarda preparatning tarkibida 10-15 g paratsetamol qabul qilinganda toksik taʼsiri kuzatilishi mumkin.

Simptomlari: (paratsetamol bilan bogʻliq) teri qoplamalarini oqarishi, ishtahani pasayishi, koʻngil aynishi, qusish, gepatonekroz (intoksikatsiya oqibatidagi nekroz yaqqolligi dozani oshirib yuborilishiga bevosita bogʻliq), protrombin vaqtini uzayishi bilan “jigar” transaminazalari faolligini oshishi (qabul qilgandan keyin 12-48 soatdan keyin); jigarni shikastlanishining toʻliq klinik manzarasi 1-6 kundan keyin namoyon boʻladi. Kam hollarda: jigar yetishmovchiligi yashin tezligida rivojlanadi va buyrak yetishmovchiligi (tubulyar nekroz) bilan asoratlanishi mumkin.

Davolash: dozani oshirib yuborilishining birinchi 6 soat – meʼdani yuvish, SH-guruhi donatorlarini va glutation sintezi oʻtmishdoshlari – metioninni dozani oshirib yuborilgandan 8-9 soatdan keyin va N-atsetilsisteinni 12 soatdan keyin yuborish. Qoʻshimcha terapevtik choralarni (metioninni yuborishni, vena ichiga (v/v) N-atsetilsisteinni yuborishni davom ettirish) koʻrish zarurati qondagi paratsetamolning konsentratsiyasi, shuningdek qabul qilingandan keyin oʻtgan vaqtga qarab belgilanadi.

 

Chiqarilish shakli

Ogʻiz orqali qoʻllash uchun eritma tayyorlash uchun kukun. Oʻramda 10 paketcha.

 

Saqlash sharoiti

Quruq va bolalar ololmaydigan joyda, 10-25ºS haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Preparatni yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatish mumkin emas.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor retseptisiz!

 

Ishab chiqaruvchi

“GM Pharmaceuticals Ltd”, Gruziya.

 

Oʻzbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati boʻyicha eʼtirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili:

“GMP” MCHJ Vakolatxonasi,

Oʻzbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh., Mustaqillik prospekti, 75

Tel.: 141-03-73

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga