SIKLOVAL (Ko'proq)

Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
Preparatning savdo nomi: Sikloval
Taʼsir etuvchi modda (XPN): valatsiklovir
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletkalar.
Поделиться

Tarkibi:

Plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: valatsiklovir - 500 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, polivinilpirrolidon, natriy kroskarmeloza, natriy kraxmal glikolyati, LS-gidroksipropilsellyuloza, kremniy dioksidi, magniy stearati.

Taʼrifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, moviy rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan bir tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: viruslarga qarshi preparat.

ATX kodi: J05AB11.

 

Farmakologik xususiyatlari

Viruslarga qarshi preparat.

Soʻrilganidan soʻng valatsiklovir valatsiklovirgidrolazaning taʼsiri ostida atsiklovirga tez va toʻliq aylanadi.

Asiklovir in vitro sharoitida Herpes simplex 1- va 2-turi viruslariga, Varicella zoster va Epshteyn-Barr viruslariga, sitomegalovirusga va odam gerpes virusining 6 turiga qarshi spetsifik ingibitsiya qiluvchi faollikka ega. Asiklovir fosforlangani va faol shakli atsiklovir trifosfatiga aylanganidan keyinoq viruslarning DNK sintezini ingibitsiya qiladi. Fosforlanishning birinchi bosqichi viruslarga nisbatan spetsifik boʻlgan fermentlar ishtirokida kechadi va xujayra kinazalari tomonidan yakunlanadi. Asiklovirni spetsifik virus fermenti tomonidan faollashuvi katta miqyosda uning selektivligi bilan tushuntiriladi.

Asiklovir trifosfati virusning DNK polimeraza fermentini raqobatli ingibitsiya qiladi va nukleozid analogi boʻlganligi sababli, virus DNK siga tizilib oladi, bu DNK zanjirini obligat (toʻliq) uzilishiga, DNK sintezini toʻxtashiga, va oqibatda virus replikatsiyasini bloklanishiga olib keladi.

Immuniteti saqlangan patsiyentlarda valatsiklovirga nisbatan kam sezuvchan boʻlgan Herpes simplex va Varicella zoster viruslari juda kam uchraydi, lekin baʼzan immunitetni ogʻir buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda aniqlanishi mumkin.

Rezistentlik virusning timidinkinazasi tanqisligi bilan bogʻliq boʻladi, bu xoʻjayin organizmida virusni haddan tashqari keng tarqalishiga olib keladi. Baʼzida atsiklovirga nisbatan sezgirlikni pasayishi virus timidinkinazasi yoki DNK polimerazasini tuzilishi buzilgan virus shtammlarini paydo boʻlishi bilan bogʻliqdir.

Ichga qabul qilinganidan keyin valatsiklovir meʼda-ichak tizimidan yaxshi soʻriladi va atsiklovir va valinga tez va deyarli toʻliq parchalanadi. Valatsiklovirning biokiraolishligi 54% ni tashkil qiladi va ovqat qabul qilishga bogʻliq emas. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi – 15% ni tashkil etadi. Buyrak faoliyati normal boʻlgan patsiyentlarda atsiklovirning yarim chiqarilish davri T1/2 taxminan 3 soatni tashkil qiladi. Valatsiklovir organizmdan siydik bilan asosan atsiklovir (dozaning 80% koʻprogʻi) va uning metaboliti koʻrinishida chiqariladi.

 

Qoʻllanilishi

  • Herpes simplex virusining 1 va 2 turlari tomonidan chaqirilgan teri va shilliq qavatlarning infeksiyalarini (jumladan ilk bor aniqlangan va qaytalanuvchi genital gerpes) ni davolash;
  • labial gerpesni davolash;
  • Herpes simplex virusining 1 va 2 turlari tomonidan chaqirilgan teri va shilliq qavatlari kasalliklarini, shu jumladan genital gerpesni qaytalanishlarini oldini olish (agar uni xavfsiz jinsiy aloqa bilan birga supressiv terapiya sifatida qabul qilinsa, sogʻlom sherikka  genital gerpesni yuqishini xam pasaytirishi mumkin);
  • Varicella zoster tomonidan chaqirilgan oʻrab oluvchi temiratkini davolash;
  • aʼzolar transplantatsiyasida yuz beruvchi sitomegalovirus infeksiyasini oldini olishda qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Sikloval ichga qabul qilinadi. Preparatni iloji boricha ertaroq buyurish kerak.

Herpes simplex virusi tomonidan chaqirilgan kasalliklarni davolash uchun kattalarga Sikloval 500 mg dan sutkada 2-marta buyuriladi. Dastlabki ogʻirroq hollarda davolashni iloji boricha tezroq boshlash kerak, uning davomiyligi esa 5 kundan 10 kungacha uzaytirilishi lozim. Kasallikni qaytlanishlarida preparatni prodromal davrda yoki kasallikning ilk smptomlari paydo boʻlishi bilanoq buyurish optimal hisoblanadi va davolashni 3 yoki 5 kun davomida oʻtkazish kerak.

Herpes simplex virusi tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni oldini olish uchun kattalarga immunitetning normal koʻrsatkichlarida 500 mg dozada sutkada 1-marta buyuriladi. Juda tez-tez qaytalanishlarda (yiliga 10-marta va undan ortiq) preparatni 500 mg dozada ikki marta qabul qilishga boʻlib (250 mg dan sutkada 2-marta) buyurish samaraliroq boʻlishi mumkin. Kattalarga immun tanqislikda 500 mg dan sutkada 2-marta buyurish tavsiya qilinadi.

Sogʻlom jinsiy sherikni genital gerpesni yuqishidan oldini olish uchun immuniteti saqlangan va yiliga kasallikni zoʻrayishlari soni 9 nafargacha boʻlgan patsiyentlarda Siklovalni 500 mg dan sutkada 1-marta buyurish kerak.

Labial gerpesni (lab isitmasini) davolash uchun muqobil davo sifatida preparatni 2 g dozada 2-marta 1 kun davomida buyurish samaralidir. Ikkinchi dozani birinchi doza qabul qilinganidan keyin tahminan 12 soatdan soʻng (lekin kamida 6 soatdan keyin) qabul qilish lozim. Bunday dozalash tartibida davolash davomiyligi 1 kundan oshmasligi lozim. Davolashni lab isitmasining eng birinchi simptomlari (yaʼni chimchilash, qichishish, achishish) paydo boʻlishi bilan boshlash kerak.

Oʻrab oluvchi gerpesni davolash uchun kattalarga 7 kun davomida 1 g dan sutkada 3-marta buyuriladi.

Sitomegalovirus infeksiyasini oldini olish uchun kattalar va 12 yoshdan katta oʻsmirlar uchun tavsiya qiligan doza 2 g dan sutkada 4-martani tashkil etadi. Preparatni transplantatsiya oʻtkazilganidan keyin iloji boricha ertaroq buyuriladi. Dozani kreatinin klirensi (KK) ga qarab pasaytirish lozim. Davolash kursi 90 kunni tashkil qiladi, lekin infeksiyalarni rivojlanish xavfi yuqori boʻlgan bemorlarda davolash muddati uzaytirilishi mumkin.

Buyrak yetishmovchiligida dozalash tartibi kreatinin klirensiga va koʻrsatmalarga qarab belgilanadi.

Koʻrsatmalar

Kreatinin klirensi

Siklovalning dozasi

Oʻrab oluvchi gerpes

minutiga 15-30 ml

1 g dan sutkada 2-marta

minutiga 15 ml dan kam

1 g dan sutkada 1-marta

Herpes simplex virusi tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni davolash

 

minutiga 15 ml dan kam

500 mg dan  sutkada 1-marta

Labial gerpesni davolash

minutiga 31-49 ml

1 g dan sutkada 2-marta

minutiga 15-30 ml

500 mg dan sutkada 2-marta

minutiga 15 ml dan kam

500 mg dan 1-marta

Herpes simplex virusi tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni oldini olish

minutiga 15 ml dan kam

250 mg dan sutkada 1-marta

Immun tanqislikda: 500 mg dan sutkada 1-marta

Genital gerpesni yuqishi kamaytirish uchun

minutiga 15 ml dan kam

250 mg dan sutkada 1-marta

 

Gemodializdagi patsiyentlarga preparatni gemodializ seansi tugaganidan keyinoq, darhol kreatinin klirensi minutiga 15 ml dan kam boʻlgan bemorlar uchun moʻljallangan dozada buyurish tavsiya qilinadi.

Sitomegalovirus infeksiyasini oldini olish uchun Siklovalni quyidagi dozalarda buyurish tavsiya qilinadi.

Kreatinin klirensi (ml/min)

Siklovalning dozasi

≥75

2 g dan sutkada 4-marta

50 - < 75

1,5 g dan sutkada 4-marta

25 - < 50

1,5 g dan sutkada 3-marta

10 - < 25

1,5 g dan sutkada 2 marta

< 10 yoki dializ

1,5 g dan sutkada 1 marta

 

Gemodializdagi patsiyentlarga Siklovalni gemodializ seansi tugaganidan keyin buyurish kerak.

Kreatinin klirensini, ayniqsa buyrak faoliyati tez-tez oʻzgarb turadigan davrda tez-tez nazorat qilib turish kerak.

Jigar faoliyatini yengil va oʻrtacha darajada buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda, agar ularda buyrak faoliyatini buzilishi boʻlmasa, Siklovalning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

MNT tomonidan: bosh ogʻrigʻi, toliqish; bosh aylanishi, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar kabi qaytuvchan nevrologik buzilishlar; kam hollarda - qoʻzgʻaluvchanlik, tremor, ataksiya, dizartriya, ongni buzilishi, tirishishlar, ensefalopatiya; juda kam hollarda - koma (odatda buyrak faoiyatini buzilishlari yoki boshqa moyillik omillari boʻlgan patsiyentlarda).

Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas - dispnoe.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: koʻngil aynishi, qorinda diskomfort hissi, ogʻriqlar, qusish, diareya, anoreksiya; kam hollarda – jigar funksional testlarini qaytuvchan oʻzgarishlari.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda – toshma, eshakemi, qichishish, angionevrotik shish, anafilaksiya.

Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam hollarda - leykopeniya (asosan immuniteti susaygan bemorlarda kuzatiladi), trombotsitopeniya.

Dermatologik reaksiyalar:  toshma, fotosezuvchanlik; kam hollarda - qichishish.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – buyrak faoliyatini buzilishlari; juda kam hollarda – oʻtkir buyrak yetishmovchiligi, buyrakda sanchiq (buyrak faoliyatini buzilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin).

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

  • Valatsiklovirga, atsiklovirga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda;
  • OITV infeksiyasining klinik yaqqol namoyon boʻlgan shakllarida ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Valatsiklovirning boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatga ega boʻlgan oʻzaro taʼsirlari aniqlanmagan.

Asiklovir buyrak naychalarining faol sekretsiyasi natijasida asosan siydik bilan oʻzgarmagan holda chiqariladi. Valatsiklovir qabul qilinganidan keyin simetidin va probenetsid uning buyrak naychalaridagi sekretsiyasini bloklab, atsiklovirning AUC koʻrsatkichini oshiradi va uning buyrak klirensini kamaytiradi. Biroq Valatsiklovirning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi, chunki atsiklovir keng terapevtik indeksga ega.

Asiklovirni mofetil mikofenolati (transplantatsiyada qoʻllaniladigan immunodepressan) bilan bir vaqtda qoʻllanganda, birinchi preparatning va ikkinchining faol boʻlmagan metabolitining AUC koʻrsatkichini oshishi aniqlangan.

Valatsiklovirni yuqori dozalarda (sutkada 4 g va undan ortiq) buyrak faoliyatini izdan chiqaruvchi preparatlar (shu jumladan siklosporin, takrolimus) bilan birga qoʻllanganda ehtiyotkorlikka amal qilish lozim.

Nefrotoksik preparatlar buyrak faoliyatini buzilishini va MNT ni buzilishlarini rivojlanish xavfini oshiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Degidratatsiya (suvsizlanish) xavfi boʻlgan patsiyentlarda, ayniqsa keksa patsiyentlarda, davolanish davri davomida organizmning adekvat gidratatsiyasini taʼminlash lozim.

Valatsiklovir bilan supressiv davolash genital gerpesning yuqish xavfini pasaytiradi, lekin uni toʻliq istisno eta olmaydi va toʻliq sogʻayishga olib kelmaydi. Davolash vaqtida patsiyent jinsiy aloqa qilishda jinsiy sherikning xavfsizligini taʼminlash uchun tegishli choralarni koʻrishi lozim.

Immuniteti normal boʻlgan patsiyentlarda atsiklovirga nisbatan kam sezuvchan viruslar juda xam kam uchraydi. Viruslarning past sezuvchanligi xujayralarda timidinkinazaning fenotipik tanqisligi bilan bogʻliq boʻladi.

Kuchsiz yoki oʻrtacha ogʻirlikdagi jigar sirrozi boʻlgan patsiyentlarda jigar faoliyatini buzilishlarida preparatning dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Jigar kasalliklari boʻlgan patsiyentlarda preparatni yuqori (sutkada 4 g va undan ortiq) dozalarda ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda nevrologik asoratlarni rivojlanish xavfi yuqori boʻladi.

Keksa yoshdagi patsiyentlarda, buyrak faoliyatini ancha ogʻir buzilishi holatlaridan tashqari holatlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Valatsiklovirni bolalarda klinik qoʻllash tajribasi mavjud emas.

Homiladorlik va laktatsiya

Valatsiklovirni homiladorlik davrida faqat ona uchun potensial foyda homila uchun yuz berishi mumkin boʻlgan xavfdan ustun boʻlgan hollardagina qoʻllanadi.

Valatsiklovirning asosiy metaboliti atsiklovir koʻkrak suti bilan ajralib chiqadi. Preparatni laktatsiya davrida buyurilganda ehtiyotkorlikka amal qilish tavsiya qilinadi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Preparat avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: atsiklovirning oʻta yuqori dozalari bir necha kun davomida ichga qabul qilinganda koʻngil aynishi, qusish, bosh ogʻrishi, ongni chalkashishi rivojlangan.

Davolash: toksik taʼsirning belgilarini aniqlash maqsadida bemorlar qatʼiy nazorat ostida boʻlishlari lozim. Gemodializ atsiklovirni qondan chiqarib yuborilishini ancha sezilarli kuchaytiradi.

 

Chiqarilish shakli

500 mg dan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 10 tabletka oʻramda.

 

Saqlash sharoiti

15-25oC haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor retsepti boʻyicha!

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga