PULMOLAN (Ko'proq)

Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
Preparatning savdo nomi: Pulmolan
Taʼsir etuvchi modda (XPN): ambroksol.
Dori shakli: tabletkalar, sirop.
Поделиться

Tarkibi:

Preparatning bir tabletkasi quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 30 mg ambroksol gidroxloridi.

Yordamchi moddalar: kalsiy gidrofosfati, mikrokristall sellyuloza, jelatinlangan kraxmal, LS-gidroksipropilsellyuloza, magniy stearati.

5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: 30 mg ambroksol gidroxloridi.

Yordamchi moddalar: 70% li sorbitol eritmasi, glitserin, propilenglikol, gidroksietilsellyuloza 4000, benzoy kislota, suvsiz limon kislotasi, malina ekstrakti, tozalangan suv.

Taʼrifi:

Tabletkalar: dumaloq, oq, rangli, ikki tomoni qavariq yuzali tabletkalar.

Sirop: toza, tiniq, oʻziga xos hidli va shirin taʼmli, biroz tovlanuvchi suyuqlik oʻlchov qoshiqchali va plastmassa qopqoqchali toʻq shisha flakonlarda.

Farmakoterapevtik guruhi: mukolitik va balgʻam koʻchiruvchi preparat.

ATX kodi: R05CB06.

 

Farmakologik xususiyatlari

Mukolitik preparat. Sekretomotor, sekretolitik va balgʻam koʻchiruvchi taʼsirga ega.

Pulmolan bronxlarning shilliq qavatlaridagi bezlarning seroz xujayralarini ragʻbatlantirishi hisobiga balgʻamni suyultiradi, balgʻamning seroz va shilliq komponentlarining buzilgan nisbatini normallashtiradi, bronxlar va alveolalarda surfaktant hosil boʻlishini ragʻbatlantiradi. Gidrolizlovchi fermentlarni faollashtirib va Klark xujayralaridan lizosomalar ajralib chiqishini kuchaytirib, balgʻamning qovushqoqligini va adgeziv xususiyatlarini kamaytiradi. Xilpillovchi epiteliy kiprikchalarining harakat faolligini oshiradi, balgʻamning mukotsiliar tashilishini oshiradi.

Ichga qabul qilinganidan keyin ambroksol meʼda-ichak yoʻllarida (MIY) deyarli toʻliq soʻriladi. Qon plazmasidagi Smax ga 2 soatdan keyin erishiladi.

Ambroksol gematoensefalik toʻsiq va yoʻldosh toʻsigʻi orqali oʻtadi, sut bilan chiqariladi. Buyraklar orqali chiqariladi. T1/2 – 1,3 soat. T1/2 surunkali buyrak yetishmovchiligining ogʻir darajasida oshadi, lekin jigar faoliyatini buzilishlarida oʻzgarmaydi.

 

Qoʻllanilishi

Qovushqoq balgʻamni ajralishi bilan kechuvchi nafas yoʻllarining quyidagi oʻtkir va surunkali kasalliklarida qoʻllanadi:

  • oʻtkir va surunkali bronxit;
  • pnevmoniya;
  • oʻpkalarning surunkali obstruktiv kasalligi;
  • balgʻamning ajralishi qiyin kechuvchi bronxial astma;
  • bronxoektatik kasallik.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Pulmolanning tabletka shaklidagi dozasi: kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga preparat birinchi 2-3 kun 1 tabletkadan sutkada 3-marta, keyinchalik esa – 1 tabletkadan sutkada 2-marta yoki ½ tabletkadan sutkada 3-marta buyuriladi.

Zarurati boʻlganida terapevtik samarani kuchaytirish uchun 60 mg (2 tabletka) dan sutkada 2-marta buyurish mumkin.

5-12 yoshli bolalarga preparat ½ tabletkadan sutkada 2-3-marta buyuriladi.

2-5 yoshli bolalarga preparat ¼ tabletkadan sutkada 3-marta buyuriladi.

2 yoshgacha boʻlgan bolalarga – ¼ tabletkadan sutkada 2-marta buyuriladi.

Tabletkalarni ovqatdan keyin ichga qabul qilish va koʻp miqdorda suyuqlik ichish kerak.

Pulmolanning sirop shaklidagi dozasi: kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 5 ml (1 choy qoshiq) dan sutkada 3-marta buyuriladi.

5-12 yoshli bolalarga 2,5 ml (1/2 choy qoshiq) dan sutkada 2-3-marta buyuriladi.

2-5 yoshli bolalarga 1,25 ml (1/4 choy qoshiq) dan sutkada 3-marta buyuriladi.

2 yoshgacha boʻlgan bolalarga – 1,25 ml (1/4 choy qoshiq) dan sutkada 2-marta buyuriladi.

Preparatni shifokorning maslahatisiz 4-5 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: yuqori dozalarda uzoq vaqt qoʻllanganida – jigʻildon qaynashi, gastralgiya, koʻngil aynishi, qusish.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish; alohida hollarda – allergik kontakt dermatit; yakka hollarda – anafilaktik tipidagi reaksiyalar (shu jumladan anafilaktik shok).

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

  • homiladorlikning I uch oyligi;
  • ambroksolga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qoʻllash mumkin emas.

Homiladorlikning II va III uch oyligida, laktatsiya davrida, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Yoʻtalga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllash, yoʻtalni kamayishi fonida balgʻamning ajralishini qiyinlashishiga olib keladi.

Ambroksol amoksitsillin, sefuroksim, eritromitsin va doksitsillinlarning bronxial sekretga oʻtishini oshiradi. Ambroksol tugʻruq faoliyatini tormozlovchi preparatlar bilan mutanosibdir.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Balgʻamning ajralishini qiyinlashtiruvchi yoʻtalga qarshi vositalar bilan birga qoʻllash mumkin emas.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishining belgilari taʼriflanmagan.

Simptomlari: koʻngil aynishi, qusish, diareya, dispepsiya, gastralgiya kuzatilishi mumkin.

Davolash: qusishni chaqirish kerak, qabul qilinganidan keyingi birinchi 1-2 soatda meʼdani yuvish koʻrsatilgan, yogʻ saqlovchi mahsulotlarni qabul qilish; simptomatik davolash oʻtkaziladi.

 

Chiqarilish shakli

Tabletkalar 30 mg dan; oʻramda 20 tabletka.

Sirop 30 mg/5 ml; 150 ml sirop plastmassa qalpoqchali toʻq shisha flakonlarda va oʻlchov qoshiqchasi bilan birga.

 

Saqlash sharoiti

Tabletkalar: 10-25°S haroratda saqlansin.

Sirop: 25°S gacha boʻlgan haroratda (muzlatilmasin!), quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

Tabletkalar: 5 yil.

Sirop: 2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor retseptisiz!

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga