PEROTA (Ko'proq)

Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
Xalqaro patentlanmagan nomi: Piperatsillin, tazobaktam.

Farmakoterapevtik guruhi: penitsillinlar guruhi yarimsintetik antibiotiki (Piperatsillin) beta-laktamazlarning ingibitor Tazobaktam bilan.
Поделиться

TARKIBI

Preparatning bir flakoni (2 g/0,25 g) 2 g Piperatsillinga ekvivalent piperatsillin natriy va 0,25 g tazobaktamga ekvivalent tazobaktam natriy saqlaydi.

Preparatning bir flakoni (4 g/0,5 g) 4 g Piperatsillinga ekvivalent piperatsillin natriy va 0,5 g tazobaktamga ekvivalent tazobaktam natriy saqlaydi.

TAʼSIRI

Majmuaviy antibakterial preparat. Piperatsillin keng taʼsir doirasiga ega penitsillinlar guruhi yarimsintetik bakteritsid antibiotiki, mikroorganizmlarning hujayra devori sintezini bostiradi.

Tazobaktam-beta-laktamazalarning (shu jumladan plazmiyda va xromosomali) ingibitori. Tazobaktamning ishtiroki piperatsilinning taʼsir doirasini ahamiyatli kengaytiradi.

Preparat grammanfiy aerob bakteriyalarga nisbatan faol: Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Enterobacter spp., (Enterobacter cloacae, Enterobacter aerogenes), Providencia spp., Sitrobacter spp., Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae), Morganella morganii, Serratia spp. (Serratia marcescens, Serratia liquifaciens), Proteus spp. (shu jumladan Proteus mirabilis, Proteus vulgaris), Pseudomonas aeruginosa (faqat piperatsillinga sezgir shtammlari), Pseudomonas spp. (Burkholderia cepacia, Pseudomonas fluorescens ni ham qoʻshib), Moraxella spp. (Moraxella catarrhalis ni ham qoʻshib), Neisseria spp. (shu jumladan Neisseria meningitides, Neisseria gonorrhoeae), Haemophilus spp. (Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae ni ham qoʻshib), Pasteurella multocida, Yersinia spp., Campylobacter spp., Gardnerella vaginalis, Stenotrophomonas maltrophilia, Acinetobacter spp. (xromosom beta-laktamazani ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan);

grammusbat aerob bakteriyalar: Streptococcus spp. (shu jumladan Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes, Streptococcus agalactiae, Streptococcus bovis), Viridans group streptococci (C va G), Enterococcus spp. (Enterococcus faecalis, Enterococcus faecium), Staphilococcus spp. (Staphylococcus aureus metitsillinga sezgir shtammlari, Staphylococcus epiderrmidis, Staphylococcus saprophyticus), Listeria monocytogenes, Nocardia spp.;

anaerob bakteriyalar: Bacteroides spp. (Bacteroides fragilis, Bacteroides ovatus va boshqalar), Fusobacterium nucleatum, Clostridium spp. (Clostridium perfringens, Clostridium difficile ni ham qoʻshib), Peptostreptococcus spp., Eubacter spp., Veillonella spp., Actinomyces spp.

Vena ichiga infuziyadan keyin T1/2 36-72 minutni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi piperatsillin uchun 21% va tazobaktam uchun 23% ni tashkil qiladi.

Organizmning toʻqima va suyuq muhitlariga, ichakning shilliq qavatiga, oʻt-safro qopiga, oʻt-safroga va oʻpkalarga yaxshi kiradi. Piperatsillinning 69% va tazobaktamning 80% siydik bilan chiqariladi. Piperatsillin shuningdek oʻt-safro bilan ham chiqariladi.

QOʻLLANILISHI

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion yalligʻlanish kasalliklari:

- nafas yoʻllarining quyi boʻlimlarini infeksiyalari (pnevmoniya, oʻpka abssessi, plevra empiyemasi);

- abdominal infeksiyalar - peritonit, pelvioperitonit, xolangit, oʻt-safro qopining empiyemasi, appenditsit (shu jumladan abssess bilan asoratlangan);

- siydik chiqarish yoʻllarining infeksiyalari (shu jumladan asoratlangan) - piyelonefrit, sistit, prostatit, epididimit, gonoreya, endometrit, vulvovaginit, tugʻruqdan keyingi endometrit va adneksit;

- suyaklar va boʻgʻimlarning infeksiyalari;

- teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari - flegmona, furunkulyoz, abssess, piodermiya, limfadenit, limfangit; infeksiyalangan trofik yaralar, infeksiyalangan jarohatlar va kuyishlar.

- intraabdominal infeksiyalar;

- neytropeniyali bemorlardagi bakterial infeksiyalar;

- sepsis, meningit;

- operatsiyadan keyingi infeksiyalarni oldini olish.

Preparat ogʻir infeksion-yalligʻlanish kasalliklarining qoʻzgʻatuvchilarini aniqlashdan oldin davolash uchun qoʻllanadi.

QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR

- Penitsillinlarga, sefalosporinlarga va beta-laktam antibiotiklarning boshqa ingibitorlariga oʻta yuqori sezuvchanlik;

- 2 yoshgacha boʻlgan bolalar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);

- homiladorlik va laktatsiya davri;

Ehtiyotkorlik bilan: ogʻir qon ketishlar, mukovissidoz, soxtamembranoz enterokolit, surunkali buyrak yetishmovchiligi.

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Penitsillinlarga oʻta yuqori sezuvchanligi boʻlgan patsiyentlarda qarama-qarshi allergik reaksiyalar boʻlishi mumkin.

2 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Hayotiy muhim koʻrsatkichlarda preparatni erta davrdanoq qoʻllash mumkin.

Ogʻir persistirlovchi diareya paydo boʻlgan hollarida soxtamembranoz enterokolitning rivojlanish ehtimolini hisobga olish kerak. Yengil hollarda preparatni qabul qilishni toʻxtatish yetarli. oʻrtacha va ogʻir hollarda maxsus davolash talab qilinadi.

Uzoq muddat davolanish buyraklar, jigar faoliyatini, qon koʻrsatkichlarini (shu jumladan ivish tizimini) vaqt-vaqti bilan nazorat qilish kerak.

Gonoreyani davolash uchun antibiotiklarni yuqori dozalarda qisqa muddatda qoʻllash sifilisning yashirin (inkubatsion) davrini niqoblashi mumkin, shuning uchun antibakterial davolashni boshlashdan avval gonoreyali bemorlar sifilisni aniqlash maqsadlarida tekshirishlari kerak.

Dozani oshirib yuborilishi

Belgilari: qoʻzgʻalish, tirishishlar.

Davolash: simptomatik, shu jumladan tutqanoqqa qarshi vositalarni buyurish (diazepam yoki barbituratlar ham qoʻshib), gemodializ yoki perotoneal dializ.

Homiladorlik va laktatsiya

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida faqat agarda ona uchun taxmin qilingan foyda, homila uchun boʻlgan potensial xavfdan ustun boʻlgan hollardagina buyurish mumkin.

DORILARNING OʻZARO TAʼSIRI

Perota aminoglikozidlar, laktatli Ringer eritmasi, qon oʻrnini bosuvchilar yoki albumin gidrolizatlari bilan farmatsevtik (bir shprisda) nomutanosib. Perota eritmalarini natriy bikarbonatini saqlovchi infuzion eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.

Naychalar sekretsiyasini bloklovchi dori vositalari, T1/2 oshiradi va piperatsillinni ham, tazobaktamni ham buyrak klirensini kamaytiradi, bunda ikkala preparatning plazmadagi Cmax oʻzgarmay qoladi.

Preparat geparin. peroral antikoagulyantlar va boshqa gemostatik preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida tez-tez qonning koagulyatsion parametrlarini nazorat qilish kerak.

Piperatsillin metotreksatning chiqarilishini kamaytiradi, shuning uchun oxirgisining qon plazmasidagi darajasini monitoringi kerak. Probenetsid Perotaning yarimchiqarilish davrini oshiradi. Piperatsillin va vekuroniyni bir vaqtda qoʻllash (yoki boshqa qutblantirmaydigan miorelaksantlar) vekuroniyning nerv-mushak blokadasini uzaytiradi.

QOʻLLASH USULI VA DOZALARI

Dozalash tartibi infeksiyaning ogʻirligi va lokalizatsiyasiga, qoʻzgʻatuvchining preparatga sezgirligiga qarab shaxsiy aniqlanadi. Preparat v/i tomchilab 20-30 minut davomida yuboriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarda oʻrtacha sutkalik doza 12 g piperatsillin va 1,5 g tazobaktamni 2/0,25 g (2 g piperatsillin/0,25 g tazobaktam) har 6 soatda yoki 4/0,5 g (4 g piperatsillin/0,5 g tazobaktam) har 8 soatdani tashkil qiladi.

Pseudomonas aeruginosa chaqirgan infeksiyalarda aminoglikozidlarni qoʻshimcha buyurish koʻrsatilgan. Vazni 40 kg gacha boʻlgan buyraklar faoliyati meʼyorda boʻlgan bolalarga tavsiya qilinadigan doza 100 mg piperatsillin/12,5 mg tazobaktam/kg har 8 soatdani tashkil qiladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligida preparatning sutkalik dozalari KK qarab toʻgʻrilanadi.

 

KK

(ml/min)

Piperatsillin/tazobaktamni tavsiya qilinadigan dozalari

20-40

Sutkalik doza: 12/1,5 g (4 g piperatsillin/0,5 g tazobaktam) har 8 soatda

<20

Sutkalik doza: 8/1 g (4 g piperatsillin/0,5 g tazobaktam) har 12 soatda

 

Gemodializda boʻlgan bemorlar uchun maksimal sutkalik doza 8 g piperatsillin/1 g tazobaktamni tashkil qiladi; chunki gemodializ vaqtida piperatsillinning 30-50% 4 soatda yuvib chiqariladi, har bir dializ seansidan keyin qoʻshimcha 2g piperatsillin/0,25g tazobaktam dozasini buyurish kerak. Davolash kursi odatda 7-10 kun, koʻrsatmalar buyicha 14 kungacha oshirilishi mumkin.

Eritmani tayyorlash va yuborish usuli:

V/i ga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun erituvchi sifatida 0,9% NaCl eritmasi, 5% dekstroza eritmasi, inyeksiya uchun steril suv ishlatiladi.

V/i ga oqim bilan yuborish uchun (3-5 min) 2 g/0,25 g preparat saqlovchi flakon 10 ml yuqorida koʻrsatilgan  eritmalardan biri bilan suyultiriladi.

V/i ga tomchilab yuborish uchun 2 g/0,25 g yoki 4 g/0,5 g preparat saqlagan flakonni 10 yoki 20 ml 0,9% NaCl eritmasiga muvofiq suyultiriladi. Olingan eritma keyinchalik 50 ml koʻrsatilgan eritmalardan biri bilan yoki dekstrozaning 5% suvdagi eritmasi yoki 5% dekstroza va 0,9% NaCl eritmasining aralashmasida suyultiriladi.

NOJOʻYa TAʼSIRLARI

Tez-tez: diareya, qusish, koʻngil aynishi

Kamroq: flebit, tromboflebit, terini qizarishi, allergik reaksiyalar (shu jumladan eshakemi, terini qichishi, toshma), superinfeksiyani rivojlanishi.

Kam: koʻpshaklli ekssudativ eritema, ekzema, miasteniya, mialgiya, gallyutsinatsiyalar, AB ni pasayishi, qonovchanlik, yuborish joyida ogʻriq va qizarish.

Juda kam: soxtamembranoz enterokolit.

Laboratoriya koʻrsatkichlari: tranzitor leykopeniya, eozinofiliya, trombotsitopeniya, gipokaliyemiya, “jigar” transaminazalari faolligini tranzitor oshishi, bilirubinemiya, mochevina va kreatinin konsentratsiyasini oshishi.

YAROQLILIK VA SAQLASH MUDDATI

25°S gacha boʻlgan haroratda, quruq, yorugʻlikdan himoyalangan va bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati - 2 yil.

Yangi tayyorlangan eritmani saqlash sharoiti muddati 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda sovutgichda saqlanganida (2°S dan 8°S gacha boʻlgan haroratda) 24 soatni tashkil qiladi.

Preparatni yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin  ishlatish mumkin emas.

CHIQARILISH SHAKLI

Vena ichiga infuziya uchun eritmani tayyorlash uchun steril liofillangan kukun:

1 flakon saqlaydi – 2 g piperatsillin/0,25 g tazobaktam; oʻramda - 1 flakon.

1 flakon saqlaydi – 4 g piperatsillin/0,5 g tazobaktam; oʻramda - 1 flakon.

BUYURILISHI

Shifokor retsepti boʻyicha!

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga