PERISTALID (Ko'proq)

Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
Preparatning savdo nomi: Peristalid
Taʼsir qiluvchi modda (XPN): laktuloza
Dori shakli: sirop
Поделиться

Preparatning savdo nomi: Peristalid

Taʼsir qiluvchi modda (XPN): laktuloza

Dori shakli: sirop

Tarkibi:

1 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:

Faol modda: laktuloza – 667 mg.

Taʼrifi: tiniq, rangsiz yoki och-jigarrangsimon-sariq rangli quyuq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Osmotik surgi vositalari.

ATX kodi: A06AD11

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Yoʻgʻon ichakda laktuloza quyimolekulyar organik kislotalarga parchalanadi. Bu kislotalar yoʻgʻon ichakda rN ni pasaytiradi va osmos yoʻli bilan, ichak ichidagilarni hajmini oshiradi. Natijada axlatni konsistensiyasi normallashadi, yoʻgʻon ichak peristaltikasi kuchayadi.

Qabziyat bartaraf qilinib va yoʻgʻon ichakning fiziologik ritmi tiklanadi.

Portotizimli ensefalopatiyada (PTE), jigar koma oldi va komasi holatida laktulozaning taʼsiri quyidagilar bilan kechadi: atsedofil bakteriyalar (masalan, Lactobacillus) sonini oshirish yoʻli bilan proteolitik bakteriyalarni faolligini soʻsaytirilishi; yoʻgʻon ichak ichidagini achishi natijasida ammiakni ion shakliga aylanishi; yoʻgʻon ichakni rN muhitini pastligi tufayli, shuningdek osmos samarasi va bakteriyalarni azot saqlovchi moddalarni bakteriyalarni ammiakni utilizatsiya qilib, oqsil sintezini ragʻbatlantirishi natijasida oʻzgarishi bilan bogʻliq surgi samarasi namoyon boʻladi.

Yuqoridagilar giperammoniyemiyaning oʻzi portotizimli ensefalopatiyani nerv-ruhiy koʻrinishlarini tushuntira olmaydi. Lekin ammiakni boshqa azot saqlovchi birikmalar uchun model sifatida asos sifatida qabul qilish mumkin.

Farmakokinetikasi

Soʻrilishi

Peroral yuborilganda laktuloza yomon soʻriladi. U soʻrilmasligi tufayli va oʻzgarmagan shaklda yoʻgʻon ichakka tushadi, u yerda ichakning bakterial florasi tomonidan metabolizmga uchraydi.

Metabolizmi va chiqarilishi

Laktuloza 25-50 gramm gacha yoki 40-75 ml gacha boʻlgan dozalarda toʻliq metabolizmga uchraydi; undan yuqoriroq dozalarda laktulozani bir qismi oʻzgarmagan koʻrinishida chiqarilishi mumkin.

 

Qoʻllanilishi

  • Oddiy surunkali qabziyatni davolash.
  • Portotizimli ensefalopatiya, jigar koma oldi va komasini davolash va profilaktika qilish.
  • Peristalid preparati bilan uzoq muddatli davolashni oʻtkazish imkoni boʻlganligi, uni giperammoniyemiya rivojlanish tendensiyasi boʻlgan jigar sirrozi bilan xastalangan patsiyentlarda oʻz vaqtida ishlatish  imkonini beradi.
  • Salmonelyozli enteritni davolash - surunkali tashuvchilarni sanatsiya qilish.
  • Tibbiy nuqtai nazardan, ichni yumshoq kelishi foydali boʻlgan barcha holatlarda (gemorroy, anal yoriqlari, oqma yaralar, anal sohani yalligʻlanishida, yakka yaralarda va anorektal sohasidagi operatsiyalardan keyin) qoʻllanadi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Dozalash

Portotizimli ensefalopatiya, jigar koma oldi va komasi holatida:

  • boshlangʻich doza: 30 ml dan 50 ml gacha kuniga 3-marta buyuriladi;
  • samarani bir maromda ushlab turuvchi doza: diareyani paydo boʻlishidan saqlash uchun har bir patsiyent uchun individual ravishda tanlanadi.

Qabziyat yoki ichni yumshoq kelish talab qilinadigan klinik holat.

Peristalid preparatining qabziyatni davolash uchun dozasi patsiyentning shaxsiy reaksiyasiga bogʻliq. Misol sifatida quyida dozalash sxemasi keltirilgan.

 

 

Boshlangʻich doza (3 kun), kuniga ml da

Samarani bir maromda ushlab turuvchi doza, kuniga ml da

Kattalar

10-45

10-25

Bolalar (7 yoshdan 14 yoshgacha)

15

10

Bolalar (1 yoshdan 6 yoshgacha)

5-10

5-10

Chaqaloqlar

5

5

 

Laktuloza oʻzining davolovchi taʼsirini faqat yoʻgʻon ichakga yetib borgandan keyin koʻrsatishi tufayli,  ich kelishini yoʻlga solish uchun, 1-2 kun talab qilinishi mumkin.

Peristalid preparatini ovqat bilan (masalan yogurt) yoki suyuqliklar (sharbat yoki suv bilan) qabul qilish mumkin.

Salmonelezli enteritni davolash - surunkali tashuvchilarni sanatsiya qilish.

Kattalar.

Davolashning 1-chi sikli (10-12 kunni tashkil qiladi): 15 ml dan kuniga 3-marta buyuriladi.

Davolashning 2-chi sikli (10-12 kunni tashkil qiladi) davolashdagi 7 kunlik tanaffusdan keyin: 15 ml dan kuniga 3-marta buyuriladi.

Zarurat boʻlganida davolashdagi 7 kunlik tanaffusdan keyin davolashni 3-chi siklini oʻtqazish mumkin: 30 ml dan kuniga 3-marta buyuriladi.

Kuniga 2-3-marta yumshoq ich kelishiga erishish uchun dozani shaxsiy ravishda, yoshiga muvofiq asta-sekin tanlash lozim. Diareyani rivojlanishidan saqlanish lozim.

Pediatrik populyatsiya

7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun doza kattalar uchun tavsiya qilingan dozaning yarmisini tashkil qilishi kerak.

1 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarga kattalar uchun tavsiya qilinadigan dozani uchdan bir qismini berish lozim.

Qoʻllash usuli

Oʻramga joylangan darajalarga boʻlingan oʻlchov moslamasi yordamida kerakli dozani oʻlchab olish kerak.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan buzilishlar

Davolashni boshida meteorizm paydo boʻlishi mumkin. Bu simptomlar odatda keyinchalik davolashni davom etirrilganda oʻtib ketadi.

Ayniqsa yuqori dozalarni qoʻllanganda, shuningdek portotizimli ensefalopatiyani davolash jarayonida diareya paydo boʻlishi mumkin. Dozani shunday tanlash kerakki, bunda kuniga 2-3-marta yumshoq ich kelishiga mumkin boʻlsin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Taʼsir etuvchi moddaga yuqori sezuvchanlik.

Ichak tutilishida qoʻllash mumkin emas.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Oʻzining taʼsir mexanizmi natijasida Laktuloza yoʻgʻon ichak ichidagini achitadi (rN pasaytiradi), bu yoʻgʻon ichakning rN muhitiga bogʻliq boʻlgan dori vositalarni (masalan 5-ASK) faolsizlanishiga olib kelishi mumkin.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Bir necha kun davolangandan keyin qabziyat saqlanib qolsa yoki davolashdan keyin qabziyat qaytadan paydo boʻlsa shifokorga murojaat qilish kerak.

Qabziyatni davolashda qoʻllaniladigan odatdagi doza diabeti boʻlgan bemorlarda muammo keltirib chiqarmasligi kerak.

Shu bilan birga, portotizimli ensefalopatiyani, jigar komasini va koma holatini davolashda qoʻllanadigan doza, odatda yuqoriroq boʻladi. Buni diabeti boʻlgan patsiyentlarni davolashda hisobga olish lozim.

Ushbu dori vositasi laktoza (60 mg/ml gacha) va galaktoza (110 mg/ml gacha) saqlaydi. Kamdan-kam uchraydigan galaktozani nasliy oʻzlashtirolmaslik, muammolari boʻlgan patsiyentlar, masalan, galaktozemiyasi boʻlgan patsiyentlarga bu dori vositasini qabul qilish mumkin emas.

Preparat bitta dozada 5,5 g gacha galaktoza saqlaydi. Buni qandli diabeti boʻlgan patsiyentlar  hisobga olishlari lozim.

Homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllanishi

Xozirgi vaqtda mavjud maʼlumotlardan kelib chiqqan holda, laktulozani homiladorlik va emizish davrida tavsiya qilingan davolovchi dozalarida xavotirsiz qoʻllash mumkin.

Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Peristalid preparati transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga taʼsir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishiga nisbatan maʼlumotlar yoʻq. Shu bilan birga agar yuborilgan doza xaddan tashqari yuqori boʻlsa, sefalgiya yoki diareya rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda davolashni toʻxtatish kerak.

 

Chiqarilish shakli 

200 ml li flakon, har bir oʻram 20 ml hajmli oʻlchov moslamani saqlaydi.

 

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Ochilgandan keyin 2 oy davomida ishlatilsin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz.

 

Ishlab chiqaruvchi

Laboratorios Basi, Industria Farmatseutika, S.A.

Parkuye Industrial Manuyel Lourenso Ferreira, lote 15

3450-232 Mortagua, Portugaliya

 

Savdo va qayd qilish litsenziyasining egasi

DJI EM Farmasyutikals MCHJ

Ponichala 65, Tbilisi, Gruziya

 

Oʻzbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati boʻyicha eʼtirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili

«GMP» MCHJ Vakolatxonasi,

Oʻzbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh.,

Mustaqillik shox koʻchasi, 75, tel.: 141-03-73

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga