PEO (Ko'proq)

Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
Xalqaro patentlanmagan nomi: seftriakson, lidokain.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotik
Поделиться

TARKIBI

Mushak ichiga va vena ichiga inyeksiya uchun bir flakon 1 g faol modda – seftriakson (natriyli tuzi shaklida) saqlaydi.

Mushak ichiga inyeksiya uchun bir flakon 1 g faol modda – seftriakson (natriyli tuzi shaklida) va ampula - erituvchi 3,5 ml 1% lidokain saqlaydi.

TAʼSIRI

III avlod sefalosporin antibiotiki. Bakteritsid taʼsir qiladi. Beta-laktamazalar taʼsiriga chidamli. Preparatga aerob grammusbat bakteriyalar: Straphylococcus aureus, Streptococcus pneumonia, Streptococcus pyogenes; aerob grammanfiy bakteriyalar: Escherichia coli, Salmonella spp., Shigella spp., Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella pneumoniae), Serrata spp., Proteus mirabilis, Haemophilus influenzae, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitidis, Citrobacter freundii; anaerob bakteriyalar: Clostridium perfringens ga sezgir. Seftriaksonga shuningdek Borrelia burgdorferi, Treponema pallidum sezgir.

Preparatga Staphylococcus epidermidis, Enterobacter cloacae, Pseudomonas aeruginosa oʻrtacha sezgir. Seftriaksonga Staphylococcus aureus (metitsillinga chidamli shtammlari), Enterococcus faecalis, Listeria monocitogenes, Clostridium difficile, Bacteroides fragilis chidamli.

1 g 30 minut davomida infuziya qilinganidan keyin qon plazmasidagi Smax 100-150 mg/ml ni tashkil qiladi. 1 g seftriakson mushak ichga yuborilganidan keyin plazmada Smax 1-3 soat oʻtgach erishiladi va 80 mg/l tashkil qiladi. Seftriakson organizmning toʻqimalari va biologik suyuqliklariga yaxshi oʻtadi, shu jumladan gemato-ensefalik toʻsiq orqali ham. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi 83-96% ni tashkil qiladi.

Seftriakson buyraklar (40-60%) va ichak (35-45%) orqali chiqariladi. T1/2 6-9 soatni tashkil qiladi. Davomli T1/2 tufayli plazma va toʻqimalarda 24 soat davomida bakteritsid konsentratsiyalariga erishiladi.

QOʻLLANILISHI

Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infeksion-yalligʻlanish kasalliklarni davolash:

- bakterial meningit;

- bakterial endokardit;

- sepsis;

- yuqori nafas yoʻllari va LOR-aʼzolarining infeksiyalari;

- nafas yoʻllarining pastki boʻlimlarining infeksiyalari (oʻtkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, oʻpka abssessi, plevra empiyemasi);

- siydik jinsiy aʼzolarining infeksiyalari (oʻtkir va surunkali piyelonefrit, piyelit, prostatit, epididimit, sistit);

- gonoreya (shu jumladan homiladorlikdagi);

- suyaklar va boʻgʻimlarning infeksiyalari;

- teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari;

- shigellez;

- salmonellyoz;

- Layma kasalligi.

Operatsiyadan keyingi infeksion asoratlarni oldini olish va davolash.

QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR

Sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Penitsillinlarga yuqori sezuvchanligi boʻlgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi, chunki qarama-qarshi allergiya boʻlishi mumkin. Preparat buyrak-jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanganida dozalash tartibini toʻgʻrilash kerak.

Gemodializda seftriaksonni ozgina qismi yoʻqotiladi, biroq gemodializda boʻlgan patsiyentlarda, seftriaksonning plazmadagi konsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi.

Preparat bilan uzoq muddat davolanganda periferik qon manzarasini nazorat qilish kerak.

Yangi tugʻilganlarga preparat qatʼiy shifokor nazorati ostida buyuriladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Hozirgi vaqtda preparatning dozasini oshirib yuborilishi hollari haqida xabar berilmagan.

Homiladorlik va laktatsiya

Peoni homiladorlikda faqat ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun boʻlgan potensial xavfdan ortiq boʻlgan holdagina qoʻllash mumkin. Preparatni laktatsiya davrida qoʻllashning zarurati boʻlganida, emizishni toʻxtatish masalasini hal qilish kerak.

DORILARNING OʻZARO TAʼSIRI

Seftriakson va aminoglikozidlar koʻpchilik grammanfiy bakteriyalarga nisbatan taʼsir sinergizmiga ega.

Bir vaqtda Seftriaksonning katta dozalari va “halqali” diuretiklar masalan, furosemid qoʻllanganida, buyraklar faoliyatini buzilishi kuzatilmagan. Seftriaksonni aminoglikozidlarning nefrotoksikligini oshirishiga koʻrsatmalar yoʻq.

Probenetsid Seftriaksonni chiqarilishiga taʼsir koʻrsatmaydi.

Seftriakson eritmasi boshqa antibiotiklarni saqlovchi eritmalar bilan toʻgʻri kelmaydi (tayyorlanishida ham, yuborilishida ham).

DOZALASH VA QOʻLLASH USULI

Preparat mushak ichiga, vena ichiga va 30 minut davomida vena ichiga infuziyalar koʻrinishida yuboriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1-2 g dan sutkada 1-marta yoki har 12 soatda buyuriladi. Hayot uchun xavfli ogʻir infeksiyalarda maksimal sutkalik doza 4 g ni tashkil qiladi. Bunday holda preparat bemorga har 12 soatda 30 minutli vena ichiga infuziyalar koʻrinishida yuboriladi.

12 yoshgacha boʻlgan bolalarga tavsiya etiladigan sutkalik doza 50-75 mg/kg tana vanigani tashkil qiladi, lekin sutkada 2 g dan koʻp emas. Preparat sutkada 2-marta har 12 soatda yuboriladi. Meningitda 100 mg/kg/sutka start dozasini buyurish mumkin, lekin sutkada   4 g dan koʻp emas.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlarga (2 haftalikkacha) 20-50 mg/kg dozada sutkada 1-marta buyuriladi. Doza hisoblanganida bolaning yetilmaganlik darajasi hisobga olinmaydi.

Emizikli bolalarga (hayotining 3 haftasidan) 20-80 mg/kg tana vazniga sutkada 1-marta buyuriladi.

Gonoreyada bir marta 250 mg mushak ichiga yuborish tavsiya qilinadi.

Operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun operatsiya boshlanishidan 30-90 minut oldin bir marta 1-2 g preparat yuborish (yuqish xavfining darajasiga qarab), tavsiya qilinadi.

Buyraklarning faoliyati yaqqol buzilgan bemorlar uchun (kreatinin klirensi           10 ml/min) maksimal sutkalik doza 2 g ni tashkil qiladi.

Davolashning davomiyligi infeksiyaning ogʻirligiga bogʻliq, biroq davolashni infeksiya simptomlari yoʻkolganidan keyin kamida uch kun davomida davom ettirish kerak.

Eritmalarni tayyorlash va yuborish tartibi

Faqat yangi tayyorlangan eritmalarni ishlatish kerak.

Mushak ichiga yuborish uchun 1 g preparat 3,5 ml 1% lidokain eritmasida eritiladi. Bir dumbaga 1 g dan koʻp boʻlmagan preparat yuborish tavsiya qilinadi. Tayyorlagan lidokain saqlovchi preparat, vena ichiga inyeksiyalar uchun moʻljallangan.

Vena ichiga inyeksiya uchun 1 g preparat 10 ml inyeksiya uchun suvda eritiladi. Preparat vena ichiga asta-sekin 2-4 minut davomida yuboriladi. Vena ichiga quyish uchun 2 g preparat kalsiy ionlarini saqlamaydigan 40 ml eritmada eritiladi. Odatda quyidagi asos eritmalari ishlatiladi: fiziologik eritma; glyukozaning 5% yoki 10% eritmasi; 5% levuloza eritmsi; 0,45% natriy xloridi eritmasi + 2,5% glyukoza eritmasi. Eritma 30 minut davomida yuboriladi. Peo eritmalarini, toʻgʻri kelmasligi mumkinligi tufayli, yuqorida sanab oʻtilganlardan tashqari, boshqa antibiotiklarni saqlovchi eritmalarga yoki boshqa erituvchilarga aralashtirish yoki qoʻshish mumkin emas.

Yangi tayyorlangan eritma 250S haroratda saqlanganida 6 soat davomida, sovutgichda (20S dan 80S gacha haroratda) saqlanganida 24 soat davomida ishlatiladi.

NOJOʻYa TAʼSIRLARI

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, koʻngil aynishi, qusish, stomatit, glossit; kam – transaminazalar faolligini oshishi, exogrammada oʻt-safro qopini qorongʻilashishi.

Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, leykopeniya, granulotsitopeniya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya.

MNT tomonidan: bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi.

Allergik reaksiyalar: toshma, qichishish, dermatit, eshakemi, shishlar, ekssudativ polimorf eritema; kam – anafilaktoid yoki anafilaktik reaksiyalar.

Mahalliy reaksiyalar: kam hollarda – flebit. Mushak ichiga lidokainsiz yuborish ogʻriq chaqiradi.

Biologik taʼsiri bilan bogʻliq boʻlgan samaralari: superinfeksiya rivojlanishi (jinsiy yoʻllarining mikozlari) mumkin.

Boshqalar: oliguriya, zardob kreatininini oshishi, isitma, qaltirash, qon ivishini buzilishi.

Barcha nojoʻya taʼsirlarining tez-tezligi 2% dan oshmaydi.

YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan va bolalar olaolmaydigan joyda, 10-250S haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati – 3 yil.

Yangi tayyorlangan eritmaning yaroqlilik muddati 250S dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlanganida 6 soatni, sovutgichda saqlanganida (20S dan 80S gacha haroratda) 24 soatni tashkil qiladi. Preparatni yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatish mumkin emas.

CHIQARILISH SHAKLI

Mushak ichiga va vena ichiga inyeksiya uchun steril kukun 1 g dan flakonda; oʻramda 1 flakon.

Mushak ichiga inyeksiya uchun steril kukun 1 g dan flakonda; oʻramda 1 flakon va 1% lidokain eritmasi 3,5 ml dan ampulalarda.

BUYURILISHI

Shifokor retsepti boʻyicha!

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga