ORLIP (Ko'proq)

Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
​​​​​​​Xalqaro patentlanmagan nomi: orlistat

Farmakoterapevtik guruhi: semirishga qarshi preparat – gastro-intestinal lipazalar ingibitori ([A08AB01].
Поделиться

TARKIBI

Preparatning bir kapsulasi 120 mg faol modda orlistat saqlaydi.

Yordamchi moddalar: kraxmal glikolyat natriy, mikrokristallik sellyuloza, natriy laurilsulfati, eruvchi polivinilpirrolidon, talk.

TAʼSIRI

Semirishga qarshi preparat – gastro-intestinal lipazalar ingibitori. Taʼsir mexanizmi meʼda va ingichka ichak ichida meʼda va pankreatik lipazalarning faol qismi bilan kovalent birikma hosil qilishi bilan bogʻlanadi. Natijada lipazalarning faolsizlantirilishi sodir boʻladi, ozuqa yogʻlarining parchalanishi buziladi va ularning meʼda-ichak yoʻllaridan soʻrilishi kamayadi. Semizligi boʻlgan bemorlar preparatni muntazam qabul qilinganida uning samarasi tana vaznini kamayishiga olib keladi.

Ichga qabul qilinganida orlistat meʼda-ichak yoʻllaridan amalda soʻrilmaydi. Qabul qilingan orlistatning 97% ahlat bilan chiqariladi, bundan - 83% oʻzgarmagan shakldi. Orlistatning organizmdan toʻliq chiqarilish vaqti (ahlat va siydik bilan) 3-5 sutkani tashkil qiladi.

QOʻLLANILISHI

- semirish va oshiqcha tana vazni (oʻrtacha gipokaloriyali parhez bilan birga).

QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR

- surunkali kamsoʻrilish sindromi;

- xolestaz;

- orlistatga boʻlgan yuqori sezuvchanlik.

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Orlistat bilan davolanish fonida patsiyent muvozanatlangan, yogʻlar koʻrinishidagi 30% kaloriya saqlovchi, oʻrtacha gipokaloriyali parhez qabul qilishi kerak. Patsiyentning ovqat ratsionida yogʻlar miqdori yuqoriroq boʻlganida, meʼda-ichak yoʻllari tomonidan nojoʻya taʼsirlar paydo boʻlishini ehtimoli oshadi. Bir kunda isteʼmol qilinadigan yogʻlarning miqdori kun davomidagi ovqatlanishga teng taqsimlanishi tavsiya qilinadi.

Davolanish jarayonida tana vazni kamaygan sari koʻproq semizlikka yoʻldosh boʻlgan patologik jarayonlarni kechishini yaxshilanishi mumkin, shu jumladan, arterial gipertenziyani, qandli diabetni (diabetga qarshi peroral vositalarga talab kamayadi), lipidlar almashinuvini buzilishini.

Orlistatni qabul qilish vaqtida meʼda-ichak yoʻllaridan yogʻda eruvchi vitaminlar va beta-karotinning soʻrilishi kamayishi mumkin.

Jigar va/yoki buyraklarning faoliyati buzilgan patsiyentlarda orlistatni qoʻllashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan. Bolalarda orlistatni qoʻllashning xavfsizligi aniqlanmagan.

Orlistatni homiladorlikda buyurish mumkin emas, chunki ularda qoʻllashning xavfsizligi haqida ishonchli klinik maʼlumotlar mavjud emas.

Orlistatni koʻkrak sutiga oʻtishi aniqlanmagan, shuning uchun preparatni emizish davrida qoʻllash tavsiya etilmaydi.

Orlistatning dozasini oshirib yuborish hollari taʼriflanmagan.

QOʻLLASH USULI VA DOZALARI 

Orlip asosiy ovqatlanishlar vaqtida 1 kapsuladan (60 mg) sutkada 3-marta buyuriladi. Zarurati boʻlganida ovqatni asosiy qabul qilishlar bilan birga bir kapsuladan (120 mg) sutkada 3-marta qabul qilinadi. Preparat ovqatlanish vaqtida yoki ovqatlanishdan koʻpi bilan 1 soat keyin qabul qilinadi. Patsiyent ovqatlanmasa yoki yogʻsiz ovqat isteʼmol qilsa, preparat qabul qilishni oʻtkazib yuborishi mumkin.

Tavsiya etilgan dozani oshirish uning terapevtik samarasini oshishiga olib kelmaydi.

NOJOʻYa TAʼSIRLARI

Preparatning nojoʻya taʼsirlari asosan meʼda-ichak yoʻllari tomonidan qayd etilgan va oʻtkinchi xarakterga ega.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez ich kelishi, ichni suyuq kelishi va ahlat tarkibida yogʻlar miqdorishi oshishi, qorin va toʻgʻri ichakda ogʻriqlar va diskamfort, meteorizm, ich kelishiga qistashlar (bu belgilar odatda oʻz-oʻzidan oʻtib ketuvchi boʻlib, koʻproq davolashning birinchi 3 oyida paydo boʻladi.

Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, qichishish, angionevrotik shish, anafilaktik reaksiyalar.

YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH

Yorugʻlikdan, namlikdan himoyalangan va bolalar olaolmaydigan joyda, 10-200S haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati – 3 yil. Preparatni yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatish mumkin emas.

CHIQARILISH SHAKLI

Kapsulalar 60 mg yoki 120 mg dan, oʻramda 30 kapsula.

BUYURILISHI

Orlip 60 mg – shifokor retseptisiz!

Orlip 120 mg – shifokor retsepti boʻyicha!

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga