LORANEKS 5 MG (Ko'proq)

Asosiy sahifaga o'tish Pulmonologiya LORANEKS 5 MG (Ko'proq)
Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
Preparatning savdo nomi: Loraneks
Taʼsir etuvchi modda (XPN): Dezloratadin
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Поделиться

Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan bir tabletka saqlaydi

Faol modda: 5mg dezloratadin

Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, kalsiy gidrofosfati, natriy kraxmal glikolyati, LS –gidroksipropilsellyuloza, magniy stearati,  qobiq uchun kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Antigistamin preparat

 

Farmakologik xususiyatlari

Uzoq taʼsir etuvchi antigistamin preparat, periferik N1- gistamin retseptorlari  blokatoridir. Dezloratadin loratadinni birlamchi faol metaboliti hisoblanadi. Allergik reaksiyalarni rivojlanishini oldini oladi va uning kechishini yengillashtiradi, qichishishga qarshi va antiekssudativ taʼsirlarga ega. Kapillyarlar oʻtkazuvchanligini kamaytiradi, toʻqimalar shishi, silliq mushaklar spazmini rivojlanishini oldini oladi. Preparat markaziy nerv tizimiga taʼsir koʻrsatmaydi, sedativ taʼsirga deyarli ega emas (uyquchanlikni chaqirmaydi) va psixomotor reaksiyalarni tezligiga taʼsir qilmaydi. Elektrokardiogrammada QT intervalini  uzayishini  chaqirmaydi.

Loraneks allergik yalligʻlanishni rivojlanishining asosida yotuvchi turli reaksiyalar kaskadini, shu jumladan yalligʻlanishga qarshi sitokinlarni (shu jumladan IL-4, IL-6,     IL-8, IL-13 larni) ajralib chiqishini, yalligʻlanishga qarshi xemokinlarni ajralib chiqishini, faollashtirilgan polmorfyadroli neytrofillar tomonidan superoksid anionlarni ishlab chiqarilishini, eozinofillarni adgeziyasi va xemotaksisini, adgeziya molekulalarini  (R-selektin kabilar va boshqalarni) chiqarilishini, Ye-immunoglobulinga qaram  gistaminni, prostaglandin  va leykotriyen S4 chiqarilishini ingibirlaydi.

Loraneksni taʼsiri ichga qabul qilingandan keyin 30 minut davomida boshlanadi va  davomli (kamida 24 soat) allergiyaga qarshi va yalligʻlanishiga qarshi taʼsiri bilan xarakterlanadi.

Preparat ichga qabul qilingandan keyin dezloratadin meʼda-ichak yoʻllaridan yaxshi soʻriladi, bunda dezloratadinning qon plazmasida aniqlanadigan konsentratsiyasiga 30 minut davomida, Cmaxga esa – taxminan 3 soatdan keyin erishiladi. Dezloratadinni  qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanishi 83-87% ni tashkil qiladi. Bir vaqtda ovqatni qabul qilish dezloratadinni taqsimlanishiga taʼsir qilmaydi. Gematoensefalik toʻsiq orqali oʻtmaydi. Glyukuronid bilan bogʻlangan 3-OH - dezloratadinni hosil qilib, gidroksillanish yoʻli bilan jadal metabolizmga uchraydi.

Dezloratadin organizmdan glyukuronid bilan birikkan holda  va oz qismi  oʻzgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2 ) oʻrtacha 27 soatni ( 20-30 soatni) tashkil qiladi.

 

Qoʻllanilishi

- mavsumiy yoki surunkali (yil davomidagi) allergik rinitlarda (aksirishni, burun bitishini, burun oqishini, burunni, tanglayni qichishishini va koʻzlarni qizarishini bartaraf etish yoki yengillashtirish),

- surunkali idiopatik eshakemi (terini qichishishini, toshmalarni kamaytirish yoki bartaraf qilish) qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Ichga, ovqatni qabul qilishdan qatʼiy nazar, sutkaning bir xil vaqtida qabul qilinadi. Tabletkani chaynamasdan, butunligicha oz miqdordagi suv bilan  yutish kerak.

Kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga – 5 mg dan sutkada 1-marta,

6-12 yoshli bolalarga  -2,5 mg dan sutkada 1-marta,

1yoshdan 6 yoshgacha  boʻlgan bolalarga –1, 25 mg dan sutkada 1-marta buyuriladi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Dezloratadin klinik ahamiyatli  nojoʻya reaksiyalarni chaqirmagan.

Quyidagilar boʻlishi mumkin:  kuchli toliqish, ogʻizni qurishi, bosh ogʻrigʻi.

Juda kam hollarda: taxikardiya, yurakni urib ketish hissi, jigar fermentlari faolligini oshishi, bilirubin konsentratsiyasini oshishi, allergik reaksiyalar, toshma.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik,

 - laktatsiya davri,

 - homiladorlik ,

- 1 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash mumkin emas.

Preparatni  ogʻir darajali buyrak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.

Ehtiyotkorlik  choralari

Dezloratadinni 1 yoshgacha boʻlgan bolalarda qoʻllash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.

Ogʻir buyrak yetishmovchiligida dezloratadinni patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Boshqa dori vositalari bilan klinik ahamiyatli oʻzaro taʼsirlari aniqlanmagan.

Dezloratadin etanolning markaziy nerv tizimiga taʼsirini kuchaytirmaydi. Ovqat  isteʼmol qilish preparatning samaradorligiga taʼsir koʻrsatmaydi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga  taʼsiri

Dezloratadinni tavsiya qilingan dozalarda qoʻllanganda avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga  taʼsiri aniqlanmagan.

Homiladorlik va laktatsiya davri

Dezloratadinni homiladorlikda qoʻllash xavfsizligi toʻgʻrisida maʼlumotlarni yoʻqligi tufayli qoʻllash tavsiya qilinmaydi. Dezloratadin koʻkrak suti bilan chiqariladi, shuning uchun emizish vaqtida uni qoʻllash tavsiya qilinmaydi.  

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtganidan soʻng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: tavsiya qilingan 5 mgdan oshadigan dozani qabul qilish hech qanday simptomlarni paydo boʻlishiga olib kelmagan.

Shuningdek dezloratadinni har kuni 20 mg dan 14 kun davomida qabul qilish yurak-qon tomir tizimi tomonidan statistik yoki klinik ahamiyatli oʻzgarishlar bilan kechmagan, dezloratadinni sutkada 45 mg (tavsiya qilingandan 9-marta yuqori) dozada 10 kun davomida qoʻllash QT intervalini  uzayishini chaqirmagan va jiddiy nojoʻya samaralarni  paydo boʻlishi bilan kechmagan.

Davolash: Preparatni katta miqdorda tasodifan ichga qabul qilinganda - meʼdani yuvish, faollashtirilgan koʻmirni qabul qilish, zarurati boʻlganida – simptomatik davolashni oʻtkazish kerak. Dezloratadin gemodializda chiqarilmaydi, peritoneal dializning samaradorligi aniqlanmagan.

 

Chiqarilish shakli

5 mg dan qobiq bilan qoplangan tabletkalar oʻramda 10 tabletka.

 

Saqlash sharoiti

15-25°S haroratda saqlansin

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Retseptsiz!

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga