LIZINOKOR 10 MG (Ko'proq)
TARKIBI
Lizinokorning bir tabletkasi 5 mg, 10 mg yoki 20 mg faol modda - lizonopril saqlaydi.
Yordamchi moddalar: mannitol, kalsiy gidrofosfati, jelatinlangan kraxmal (Uni-Pure FL), kremniy dioksidi, magniy stearati.
TAʼSIRI
Gipotenziv vosita – AAF ingibitori. Angiotenzin I dan angiotenzin II ni hosil boʻlishini buzadi va uning qon tomirlarni toraytiruvchi taʼsirini, shuningdek buyrak usti bezlarida aldosteronni ishlab chiqarilishiga uning ragʻbatlantiruvchi taʼsirini kamaytiradi. Lizinoprilning taʼsiri ostida TUPQ pasayadi, YUQS ni oʻzgarmasdan, minutlik hajmini oshiradi, old va keyingi yuklama kamayadi, AB pasayadi. Lizinoprilning taʼsir davomiyligi doza kattaligiga bogʻliq boʻlib, oʻrtacha 24 soatdan koʻproqni tashkil qiladi.
Preparat ichga qabul qilinganidan soʻng lizinopril MIY dan soʻriladi. Ovqat qabul qilish lizinoprilning soʻrilishiga taʼsir qilmaydi. Qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanmaydi. Lizinopril organizmda biotransformatsiyaga uchramaydi. Buyraklar orqali chiqariladi.
QOʻLLANILISHI
- arterial gipertenziya (shu jumladan renovaskulyar);
- surunkali yurak yetishmovchiligi (majmuaviy davolash tarkibida);
QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR
- AAF ingibitorlari bilan avvalgi davolash fonidagi angionevrotik shish;
- buyrak arteriyalari yoki aorta ogʻzining stenozi;
- buyraklar faoliyatining ogʻir buzilishlari;
- homiladorlik, laktatsiya;
- preparatga yuqori sezuvchanlik.
Preparat bollarga buyurilmaydi.
EHTIYOTKORLIK CHORALARI
Lizinokor bilan davolashni boshlashdan oldin yoʻqotilgan suyuqlik va tuz oʻrnini qoplash lozim, chunki arterial gipotenziyani rivojlanish xavfi oshadi.
Buyraklar faoliyati buzilgan, keksa yoshli patsiyentlarda, shuningdek saluretiklar va antidepressantlarni qabul qilayotgan bemorlarda alohida ehtiyotkorlik bilan qoʻllash lozim.
Preparat bilan davolanish davrida periferik qon manzirasini nazorat qilish lozim.
Lizinokor kaliy tejovchi diuretiklar (spirinolakton, triamteren, amilorid), kaliy preparatlari bilan bir vaqtda qoʻllanganida giperkaliyemiyani rivojlanish xavfi oshishi mumkin (ayniqsa buyrak faoliyati buzilgan patsiyentlarda). Shuning uchun ushbu kombinatsiyalar ehtiyotkorlik bilan, qon plazmasidagi kaliy miqdori va buyraklar faoliyatini nazorati ostida buyuriladi.
Lizinokor diuretiklar, antigipertenziv preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllanganida additiv antigipertenziv samara aniqlanadi.
NYAQV bilan (ayniqsa indometatsin bilan) bir vaqtda qoʻllanganida Lizinokorning antigipertenziv taʼsirini kamayishi aniqlanadi.
Bir vaqtda qoʻllanganida Lizonokor etanolning taʼsirini kuchaytirishi mumkin.
Lizinokor litiy preparatlari bilan bir vaqtda qoʻllanganida litiyning organizmdan chiqarilishini pasaytirishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: arterial gipotenziya
Davolash: suv-elektrolit muvozanatini tiklash. Zarurati boʻlganida simptomatik davolash oʻtkaziladi.
QOʻLLASH USULI VA DOZALARI
Preparatning dozasi shaxsiy tanlanadi.
Arterial gipertenziyada boshlangʻich doza sutkada 1-marta 10 mg ni tashkil qiladi. Tutib turuvchi doza sutkada 20 mg ni tashkil qiladi. Maksimal sutkalik doza – 40 mg.
Dastlab diuretiklar olgan patsiyentlarda Lizinokorni qoʻllashni boshlashdan 2-3 kun oldin ularni bekor qilish kerak. Samarasini toʻliq rivojlanishi uchun preparat bilan 2-4 haftalik davolash kursi talab qilinishi mumkin.
Surunkali yurak yetishmovchiligida davolash kichik dozalardan boshlanadi, tutib turuvchi doza sutkada 5-20 mg ni tashkil qiladi. Yurak yetishmovchiligida Lizinokorni diuretiklar va/yoki yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qoʻllash mumkin.
Buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda boshlangʻich doza kreatinin klirensining koʻrsatkichlariga qarab belgilanadi. Tutib turuvchi doza AB ga qarab belgilanadi (buyrak faoliyati, qon plazmasidagi kaliy va natriy miqdorining nazorati ostida).
Preparatni sutkada 1-marta, ertalab, ovqatdan oldin yoki undan soʻng, har kuni bir vaqtda qabul qilgan maʼqul.
NOJOʻYa TAʼSIRLARI
MNT tomonidan: bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: diareya, koʻngil aynishi, qusish.
Nafas tizimi tomonidan: quruq yoʻtal.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: arterial gipotenziya, toʻsh ortida ogʻriq, taxikardiya.
Qon yaratish tizimi tomonidan: agranulotsitoz, gemoglobin va gematokritning pasayishi, yakka hollarda – SOE ni oshishi.
Laboratoriya koʻrsatkichlari tomonidan: giperkaliyemiya, kreatinin, mochevina azoti miqdorini oshishi (ayniqsa buyrak kasalliklari, qandli diabet, renovaskulyar gipertenziyasi boʻlgan bemorlarda).
Allergik reaksiyalar: teri toshmasi, angionevrotik shish.
YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH
10-250S haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati – 3 yil. Preparatni yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatish mumkin emas.
CHIQARILISH SHAKLI
5 mg, 10 mg yoki 20 mg dan tabletkalar; oʻramda 20 tabletka.
BUYURILISHI
Shifokor retsepti boʻyicha!