LANSOL (Ko'proq)

Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
​​​​​​​Xalqaro patentlanmagan nomi: lansoprazol.
Farmakoterapevtik guruhi: yaraga qarshi vosita [A02VS03]
Поделиться

TARKIBI

Preparatning bir kapsulasi 30 mg faol modda – lansoprazol saqlaydi.

TAʼSIRI

Lansol meʼdada xlorid kislota sekretsiyasini bostiradi. Benzimidazol hosilasidir. Taʼsir mexanizmi N+-K+-ATF-azi ingibirlashi bilan bogʻliq. Preparat meʼdaning pariyental xujayralarida faol sulfonamid hosilalariga metabollanadi. Bu metabolitlar N+-K+-ATF-azining sulfongidril guruhlarini faolsizlantiradi, shunday qilib xlorid kislotasi sekretsiyasini yakuniy bosqichini bloklaydi. Pepsin ishlab chiqarilishini tormozlaydi, koʻproq darajada kechasiga qabul qilinganida. Meʼda shilliq qavatining oksigenatsiyasini oshirib va bikarbonatlar sekretsiyasini koʻpaytirib, shuningdek himoyalash taʼsirini koʻrsatadi. Lansol ovqatni hazm boʻlish jarayoniga taʼsir qilmaydi, biroq yaqqol antixelikobakter faollikka ega.

Qabul qilinganidan soʻng Lansolning plazmadagi maksimal konsentratsiyasi 1,5-2,2 soat davomida aniqlanadi. Ovqat qabul qilish preparatni soʻrilishi va biokiraolishligini pasaytiradi, biroq preparatni meʼda sekretsiyasiga tormozlovchi taʼsiri ovqat qabul qilishgacha va keyin bir xil boʻlib qolaveradi. Lansol jigar orqali birinchi oʻtishda faol metabollanadi va organizmdan siydik va ahlat bilan chiqariladi.

QOʻLLANILISHI

- zoʻrayish bosqichidagi meʼda va oʻnikki barmoq ichak yara kasalligi;

- reflyuks-ezofagit;

- Zollinger-Ellison sindromi;

- stress yaralar;

- meʼda va oʻnikki barmoq ichak yara kasalligi boʻlgan infeksiyalangan bemorlarda meʼda shilliq qavatida Helicobacter pylori eradikatsiyasi.

QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR

- preparatga yuqori sezuvchanlik;

- homiladorlik;

- laktatsiya.

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Xavfli oʻsma borligini istisno qilish uchun davolash oldidan va davolash tamom boʻlganidan keyin, albatta endoskopik nazorat kerak, chunki Lansol bilan davolash simptomatikasini niqoblashi va toʻgʻri tashxisni orqaga surishi mumkin.

Alyuminiy va magniy gidroksidlarini saqlovchi antatsidlarni, Lansol qabul qilgandan keyin kamida 2 soat oʻtgach qabul qilish kerak.

Klinik tekshiruvlarda Lansolni diazepam, propronalol, varfarin, prednizolon, fenitoin yoki teofillin metabolizmiga qanday boʻlmasin ahamiyatli taʼsiri kuzatilmagan. Preparatni peroral kontratseptivlar bilan birga qoʻllash endogen gormonlar darajasining oʻzgarishini chaqirmagan. Bolalarda preparat qoʻllashning samaradorligi va xavfsizligi haqida klinik maʼlumotlar yoʻq.

 

DOZALASH VA QOʻLLASH USULI

Oʻnikki barmoq ichakning yara kasalligida va stress yaralarda sutkada 30 mg dozada (1 qabul ertalab) 2-4 hafta davomida buyuriladi.

Meʼdaning yara kasalligida va eroziv-yarali ezofagitda sutkada 30 mg dan 4-8 hafta davomida buyuriladi. Ogʻir hollarda preparatning dozasi sutkada 60 mg gacha oshiriladi.

Meʼda shilliq qavatida Helicobacter pylori aniqlanganida 30 mg dan sutkada 2-marta antibiotiklar (klaritromitsin yoki amoksitsillin) bilan 10-14 kun davomida buyuriladi.

Zollinger-Ellison sindromida preparat dozasi kislota ishlab chiqarilishining bazal darajasi 10 mmol/soatdan kamroqqa erishilgunicha shaxsiy tanlanadi.

Kapsulalarni chaynamasdan yutish kerak.

NOJOʻYa TAʼSIRLARI

Diareya, qorin ogʻrigʻi, kam - qabziyatlar, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi, kam – faringitlar, rinitlar, teri toshmalari, depressiyalar, mialgiyalar.

YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH

10-250S haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati – 2 yil. Preparatni yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatish mumkin emas.

CHIQARILISH SHAKLI

Kapsulalar 30 mg dan, oʻramda 30 kapsula

BUYURILISHI

Shifokor retsepti boʻyicha!

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga