LACTO-G

Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
​​​​​​​Farmakoterapevtik guruhi. Ichak mikroflorasini boshqaruvchi preparat. [A07FA01]
Поделиться

TARKIBI

1 g (2 kapsula) preparat 10X109 CFU/g tirik bakteriyalar: Lactobacillus acidophilus, Bifidobacterium longum, Bifidobacterium bifidum, Bifidobacterium infantis saqlaydi.

Yordamchi moddalar: fruktooligosaxaridlar, guruch maltodekstrini.

TAʼSIRI

Preparatning tarkibiga kiruvchi sut achitqi bakteriyalari ichak mikroflorasining fiziologik muvozanatini tutib turadi va tiklaydi. Bifidobakteriyalar va laktobatsillalar, sut va sirka kislotasini ishlab chiqarib, patogen mikroorganizmlarning koʻpayishi va yashashi uchun noqulay sharoit yaratadi; ovqat hazm qilish jarayonida va vitaminlarning (V, K) sintezida ishtirok qiladi; elektrolit balansini, oqsillar, fosfolipidlar, oʻt va yogʻ kislotalari, bilirubin, xolesterin almashinuvini boshqaradi.

Tabiiy polisaxaridlar – fruktooligosaxaridlar ichak bakteriyalari –eubiotiklarning koʻpayishi, kolonizatsiyasi va yashash faoliyati uchun qulay muhit yaratadi. Fruktooligosaxaridlar ovqatni hazm qiluvchi kislotalar taʼsiri ostida parchalanmaydi va oʻzgarmagan holda ichakning quyi boʻlimlariga oʻtadi.

QOʻLLANILISHI

- ichak mikroflorasining muvozanatini buzilishi – disbakteriozni (taʼsirlangan ichak sindromi) oldini olish va davolash;

- antibiotiklar va kimyoterapevtik preparatlar bilan davolash vaqtidagi bolalar va kattalarda rivojlanadigan disbakteriozlar;

- diareya, meteorizm, qabziyat;

- kolitlar, gastroentrokolitlar (oʻtkir va surunkali).

QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR  

Preparatning komponentlariga  yuqori sezuvchanlik.

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Preparatni qoʻllash davrida alkogolni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

Lakto-G ni boshqa preparatlar bilan noxush oʻzaro taʼsiri qayd etilmagan.

QOʻLLASH USULI VA DOZALARI

2 yoshgacha boʻlgan bolalarga bir kapsula ichidagisini koʻp boʻlmagan miqdordagi suyuqlik (sharbat, shirin suv) bilan aralashtirib, ovqatdan oldin qabul qilish buyuriladi.

2-12 yoshli bolalarga sutkada 1-2 kapsuladan ovqat qabul qilishgacha koʻp boʻlmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish buyuriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga sutkada 2-3 kapsuladan nahorga yoki ovqatdan oldin koʻp boʻlmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish buyuriladi.

Davolashning davomiyligi disbakteriozning rivojlanish sababi va organizmning shaxsiy xususiyatlariga bogʻliq boʻladi.

NOJOʻYa TAʼSIRLARI

Preparat yaxshi oʻzlashtiriladi, tavsiya etilgan dozalarda qoʻllanganida nojoʻya taʼsirlari qayd etilmagan.

YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH

10-250S haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati – 2 yil. Preparatni yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatish mumkin emas.

CHIQARILISH SHAKLI

Oʻramda 10 kapsula.

BUYURILISHI

Shifokor retseptisiz!

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga