KREZAM 10000 MG (Ko'proq)

Asosiy sahifaga o'tish Gastroenterologiya KREZAM 10000 MG (Ko'proq)
Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
Kapsulalar meʼda shirasi taʼsiriga chidamli boʻlgan ichakda eruvchi minimikrosferalarda pankreatin saqlaydi.
Ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilovchi ferment preparat. Preparatning tarkibiga kiruvchi fermentlar – amilaza, lipaza va proteaza oqsillar, yogʻlar, uglevodlarni parchalanishini yengillashtiradi, bu ularni ingichka ichakdan yanada toʻliq soʻrilishiga olib keladi.
Поделиться

Preparatning savdo nomi: Krezam 10000

Taʼsir etuvchi modda (XPN): pankreatin

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Krezam 10000 preparatining bir kapsulasi ferment faolligi:

lipaza ---------------------------------- 10000 TB. (Ph.Eur.)

amilaza --------------------------------  8000 TB. (Ph.Eur.)

proteaza -------------------------------  600 TB. (Ph.Eur.) boʻlgan 225 mg pankreatin saqlaydi,

Kapsulalar meʼda shirasi taʼsiriga chidamli boʻlgan ichakda eruvchi minimikrosferalarda pankreatin saqlaydi.

Taʼrifi: korpusi – tiniq-qizil, qopqoqchasi esa - tiniq-jigarrang rangli, №0 oʻlchamli qattiq, jelatin kapsulalar.  

Kapsula ichidagisi – oq rangli, kulrang tusli, oʻziga xos hidli mikrogranulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: ovqat hazm qilish uchun ferment vositasi.   

ATX kodi: A09AA02.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ovqat hazm qilish jarayonlarini yaxshilovchi ferment preparat. Preparatning tarkibiga kiruvchi fermentlar – amilaza, lipaza va proteaza oqsillar, yogʻlar, uglevodlarni parchalanishini yengillashtiradi, bu ularni ingichka ichakdan yanada toʻliq soʻrilishiga olib keladi.

Krezam kapsulalari meʼdada tez eriydi va yuzlab minimikrosferlarni ajratib chiqaradi. Koʻp birlikka ega dozaning prinsipini maqsadi minimikrosferlarni ichakning ichidagi tarkibiy qismi bilan aralashib ketadi va keyinchalik ichakning ichidan ajralib chiqqanidan soʻng, fermentlarning yaxshi taqsimlanishi yuz beradi. Minimikrosferalar ingichka ichakka tushganida ichakda eruvchi qobigʻi eriydi, lipolitik, amilolitik va proteolitik faolligi boʻlgan fermentlarni bilan ajralib chiqishi yuz beradi, bu yogʻlarni, kraxmal va lipidlarni dezintegratsiyasiga olib keladi.

Lipaza – yogʻlarni gidroliz yoʻli bilan yogʻ kislotalari va glitserolgacha, amilaza – uglevodlarni dekstrinlar va qandgacha, proteaza – oqsillargacha parchalaydi.

Farmakokinetikasi

Farmakokinetik koʻrsatkichlarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlari oʻtkazilmagan.

 

Qoʻllanilishi

Quyidagi hollarda meʼda osti bezining ekzokrin funksiyasining yetishmovchiligini davolashda oʻrinbosar terapiya sifatida qoʻllaniladi:

  • mukovissidoz;
  • surunkali pankreatit;
  • pankreatektomiya;
  • meʼda osti bezi raki;
  • oʻsma oqibatidagi ichki bezlarning yoʻllarni obstruksiyasi (masalan meʼda osti bezining yoki umumiy oʻt yoʻllarining obstruksiyasi);
  • Shvaxman-Daymond sindromi;
  • keksalarda.

Quyidagi hollarda:

  • xoletsistektomidan keyingi holat;
  • meʼdani qisman  rezeksiyasi (Bilrot-Ι/ΙΙ);
  • total gastrektomiya;
  • duodeno- va gastrostaz;
  • biliar obstruksiya;
  • xolestatik gepatit;
  • jigar sirrozi;
  • ingichka ichakning terminal qismining patologiyasi;
  • ingichka ichakda bakteriyalarni haddan ziyod oʻsib ketishida ovqat hazm qilish jarayonlarini buzilishini simptomatik davolash uchun qoʻllaniladi.

Shuningdek preparat:

  • meʼda-ichak yoʻllarining funksiyasi normal boʻlgan patsiyentlarda ovqatlanishda ovqat hazm boʻlishini yaxshilash uchun,
  • qorin boʻshligʻi aʼzolarini rentgenologik va ultratovush tekshiruvlarini oʻtkazish uchun qoʻllaniladi.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Preparatning dozasi va davolanish davomiyligi kasallikning ogʻirligi va parhezning tarkibiga qarab, individual ravishda belgilanadi.

Krezam 10000 ning 1 kapsuladan ortiq qabul qilish zarurati boʻlsa, bir kapsulani ovqatdan oldin, qolganlarini – ovqatlanish vaqtida qabul qilinadi.

Kapsulalarni yoki minimikrosferalarni butunligicha, ularni boʻlmasdan va chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan yutish lozim. Yutish qiyin boʻlganida (masalan, kichik yoshdagi bolalar yoki keksa yoshli patsiyentlarda) kapsulalarni ehtiyotkorlik bilan ochiladi, minimikrosferalarni chaynashni talab etmaydigan suyuq ovqatga qoʻshiladi yoki suyuqlik bilan qabul qilinadi va tayyorlanishi bilanoq darhol qabul qilinadi.

Minimikrosferalarni boʻlish yoki chaynash, shuningdek rN 5,5 dan yuqori boʻlgan ovqatlarga qoʻshish, ularning meʼda shirasining taʼsiridan himoya qiluvchi kapsulasini buzilishiga olib keladi.

Minimikrosferalarning ovqat yoki suyuqlik bilan birgalikdagi har qanday aralashmasi saqlanishi mumkin emas va uni tayyorlanishi bilanoq darhol qabul qilish lozim.

Yetarli miqdordagi suyuqlikni doimo qabul qilish, ayniqsa suyuqlik koʻp yoʻqotilganida muhimdir. Suyuqlikni yetarli miqdorda qabul qilmaslik qabziyatga sabab boʻlishi mumkin.

Agar patsiyent Krezamni oʻz vaqtida qabul qilishni unutgan boʻlsa, oʻtkazib yuborilgan dozani ovqatdan keyin darhol qabul qilish mumkin. Kechiktirib qabul qilish maqsadga muvofiq emas. Navbatdagi ovqatni qabul qilish vaqtida preparatning oddiy dozasini qabul qilish lozim. Oʻtkazib yuborilgan   dozani oʻrnini bosish uchun ikki barobar dozani qabul qilish mumkin emas.

Mukovissidoz:

Tana vazniga qarab doza individual ravishda belgilanadi.

4 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun lipazaning boshlangʻich dozasi 1000 TB. (Ph.Eur.)/kg har bir ovqatlanishda, 4 yoshdan katta bolalar uchun - 500 TB. (Ph.Eur.)/kg har bir ovqatlanishda.

Kasallik  simptomlarining yaqqolligiga, steatoreya nazoratining natijalariga qarab va yaxshi ovqatlanish holatini tutib turish uchun dozani aniqlash lozim.

Koʻpchilik patsiyentlarda doza sutkada 10000 TB/kg dan (Ph.Eur.) (lipazaga hisoblab) oshmasligi lozim.

Krezam 10000 kapsulasining ichidagisini bir nechta marta qabul qilishga boʻlish qiyin, davolashni tana vazni kamida 10 kg boʻlgan bolalardan boshlash tavsiya etiladi.

 

Meʼda osti bezining ekzokrin yetishmovchiligi bilan kechuvchi boshqa holatlarda dozalash tartibi:

Dozalashni ovqat hazm qilishning yetishmovchiligi darajasiga tegishli boʻlgan patsiyentning shaxsiy xususiyatlariga va ovqatdagi yogʻlarning tarkibiga qarab aniqlash kerak.

Ovqatni  asosiy qabul qilinishi (tushlik, nonushta yoki kechki ovqat) bilan lipazaning dozasi 20000 dan 75000 TB (Ph.Eur.) gachani tashkil qiladi, yengil tamaddi qilish vaqtida – 5000 dan 25000 TB (Ph.Eur.) gachani tashkil qiladi.

Preparatning oddiy boshlangʻich dozasi ovqatni asosiy qabul qilinishi bilan 10000-25000 TB lipazani tashkil etadi. Biroq, steatoreyani kamaytirish va ovqatlanishni yaxshi holatini tutib turish uchun yanada yuqoriroq dozalar talab etilishi mumkin. Odatiy klinik amaliyotlarga muvofiq patsiyent ovqat bilan kamida 20000-50000 TB (Ph.Eur.) lipaza qabul qilishi lozim.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Allergik reaksiyalar, hamda ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar kuzatilishi mumkin: diareya, qabziyat, meʼda sohasida diskomfort hissi, koʻngil aynishi, perianal taʼsirlanish. 

Pankreatinning yuqori dozalarini uzoq muddat qoʻllanganda giperurikozuriya, giperurikemiya rivojlanishi mumkin.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

  • preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • oʻtkir pankreatit, surunkali pankreatitning zoʻrayish bosqichi;
  • qonda bilirubin miqdorini oshishi bilan kechuvchi ogʻir jigar kasalliklari;
  • mexanik sariqlik;
  • oʻt pufagi empiyemasi;
  • ichak tutilishida qoʻllash mumkin emas.

Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qoʻllash xavfsizligi aniqlanmagan.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

Pankreatin bilan bir vaqtda qoʻllanganida temir preparatlari va folat kislotasini soʻrilishini kamayishi aniqlanadi.

N2-gistamin retseptorlarining blokatorlari, proton pompa ingibitorlari va antatsid preparatlarni bir vaqtda qoʻllash, pankreatinning samarasini kamayishiga olib kelishi mumkin.

Preparat paraaminosalitsil kislotasi, sulfanilamidlar va antibiotiklarni soʻrilishini kuchaytiradi.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Krezam kapsulalarini va/yoki minimikrosferalarni chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish lozim.

Preparat bilan uzoq muddat davolanganda, mukovissidozi boʻlgan bolalar mutaxassisning doimiy nazorati ostida boʻlishlari lozim. 

Pankreatin preparatlarining yuqori dozalarini qabul qilayotgan  mukovissidozi boʻlgan patsiyentlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Mukovissidozi boʻlgan patsiyentlarda ingichka ichakning taʼsirlanishini istisno qilish maqsadida,  ayniqsa agar patsiyent sutkada tana vazniga nisbatan 10000 B/kg (Ph.Eur.) dan yuqori dozalarni qabul qilgan hollarda ehtiyotkorlik choralari sifatida barcha noodatiy simptomlar yoki qorin boʻshligʻidagi oʻzgarishlarni  nazorat qilish tavsiya etiladi.

Homiladorlik va laktatsiya davri

Preparatni homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida  ushbu guruh patsiyentlarda meʼda osti bezining fermentlarini qoʻllash xavfsizligini tasdiqlovchi yetrali klinik maʼlumotlarning yoʻqligi tufayli, agar davolashning ijobiy samarasi yuz berishi mumkin boʻlgan xavfdan ustun boʻlgandagina qoʻllash mumkin.

Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Preparatning avtomobilni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy taʼsiri nomaʼlum.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: giperurikuriya va giperurikemiya kuzatilishi mumkin.

Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.

 

Chiqarilish shakli

10 kapsuladan blisterda, 1 blister oʻramda.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 15-25°C haroratda  saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor retseptisiz!

 

Ishlab chiqaruvchi

GM Pharmaceuticals Ltd

Gruziya, Tbilisi sh., Ponichala 65

Tel.: +995 32 2404801/02; Faks: +995 32 2404803

 

Keyinchalik ishlab chiqaruvchiga yuborish uchun ushbu dori vositasining sifati boʻyicha eʼtiroz va takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi xududida qabul qiluvchi tashkilot

“Dori Darmon Invest” MCHJ

Oʻzbekiston, 100060, Toshkent sh, Shevchenko koʻch., 42-A

Tel: (99871) 120-38-18

 

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga