ISMIJEN №10 (Ko'proq)

Asosiy sahifaga o'tish Infekciyalar ISMIJEN №10 (Ko'proq)
Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
Preparatning savdo nomi: Ismijen®
Taʼsir etuvchi modda (XPN): liofillangan bakterial lizat.
Dori shakli: Sublingval tabletkalar. Tabletka riskasi zarur holatlarda tabletkani boʻlishga moʻljalangan, lekin dozaning bir tekis boʻlinishini taʼminlamaydi.
Поделиться

Preparatning savdo nomi: Ismijen®

Taʼsir etuvchi modda (XPN): liofillangan bakterial lizat.

Dori shakli: Sublingval tabletkalar. Tabletka riskasi zarur holatlarda tabletkani boʻlishga moʻljalangan, lekin dozaning bir tekis boʻlinishini taʼminlamaydi.

Tarkibi

1 tabletka - 50mg muzlatilgan holatida quritilgan bakterial lizat saqlaydi, uning 7 mg mi quyidagiga mos keladi:

Staphylacoccus aureus – 6 milliard

Streptococcus pyogenes – 6 milliard

Streptococcus viridans – 6 milliard

Klebsiella pneumoniae – 6 milliard

Klebsiella ozaenae – 6 milliard

Diplococcus pneumoniae – 6 milliard (oxirgi bakteriya quyidagi turdagilarni 1 milliarddan saqlaydi – TY1/EQ11, TY2/EQ22, TY3/EQ14, TY5/EQ15, TY8/EQ23, TY47/EQ24) va liofilizatsiya jarayoni uchun 43 mg glikokkol saqlaydi.

Yordamchi moddalar: Gidratlangan kolloidli kremniy, mikrokristallik sellyuloza, ikki asosli kalsiy fosfati, magniy stearati, ammoniy glitserizanati, yalpiz essensiyasi (mentolli) kukuni.

Taʼrifi: Och-krem rangli, jigar rang xollari (dogʻlari) boʻlishi mumkin boʻlgan, oʻziga xos hidli va boʻlish uchun riskali dumaloq tabletkalar

Farmakoterapevtik guruhi:  Immunostimulyator.

ATX Kodi: [J07AX].

 

 

Farmakologik xususiyatlari

Mahsulotning taʼsir mexanizmi preparatning organizmning yuqori va quyi respirator yoʻllari infeksiyasini chaqiruvchi mikroorganizmlarga qarshi rezistentligini oshirishi bilan bogʻliq. Ismijen organizmning respirator yoʻllari infeksiyasini qaytalanishidan himoyalaydi, qaytalanishlar soni pasayadi, isitma davomiyligi kamayadi va antibiotikni qoʻllanishi kamayadi.

Ismijenning immunomodullash xossasiga taʼsir etuvchi omillar:

  • T- va V- hujayralarni oʻziga xos qoʻzgʻatib turuvchi dendrit hujayralarining yetilishi;
  • patogen bakteriyalarning yuzasidagi zarrachalarga qismiga qarshi yoʻnaltirilgan A(IgA) spetsifik immunoglobulin sekretsiyasi
  • bakteriyalarni spetsifik antitelolar bilan opsonizatsiyasi yordamida granulotsitlar tomonidan bakteriya hujayralarini yoʻqotish mexanizmini kuchaytirish;
  • tabiiy (tugʻma) immunitetni (dendrit hujayralar va granulotsitlar ishtirokida), va spetsifik (orttirilgan) immunitetni (IgA sekretsiyasi bilan namoyon boʻlgan, bakteriyalarning yuzasidagi zarrachalarga qarshi yoʻnaltirilgan) kuchaytirish.

 

Farmakokinetikasi

Mahsulot qoʻllash usuli va oʻziga xosligidan kelib chiqib, farmakokinetik tadqiqotlarni oʻtkazish imkoni mavjud emas.

 

Qoʻllanilishi

  • yuqori va quyi nafas yoʻllari va bronxopulmonal yoʻllarining oʻtkir, nimoʻtkir, qaytalanuvchi va surunkali infeksiyalarini oldini olish;
  • prevensiya va qaytalanishlar sonini qisqartirish;
  • zarur holatlarda preparatni boshqa dori vositalari antikbiotiklar, mukolitik vositalar, ingalyatsion kortikosteroidlar va davomli taʼsirga ega boʻlgan bronxodilyatatorlar bilan kombinatsiyada qoʻllash mumkin.

Ismijen kattalar uchun va bolalarda 3 yoshdan va undan katta bolalar uchun moʻljallangan.

 

Qoʻllash usuli va dozalar

Dozalash

Preparat kattalar uchun va bolalarda 3 yoshdan va undan katta bolalar uchun moʻljallangan.

1 tabletkadan kunda 1-marta ovqatdan oldin, uzluksiz 10 kun bir oy mobaynida qoʻllaniladi.

Toʻliq davolash kursi ketma-ket 3 oyni tashkil qiladi.

Qoʻllash usullari

Til ostiga qoʻyib shimiladi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

- Faol yoki yordamchi moddalarga oʻta yuqori sezuvchanlik.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Kam hollarda quyidagi nojoʻya samaralar kuzatiladi:

  • respirator, torakal va mediastinal buzilishlar;
  • teri va teri osti buzilishlari;
  • preparatni sublingval qabul qilinganda yuzaga kelgan umumiy buzilishlar va mahalliy buzilishlar; ovqat hazm boʻlishidagi buzilishlar;

Har qanday buzilish holatlarida davolash toʻxtatilishi lozim.

 

Klinika oldi maʼlumotlari

Oʻtkir toksiklik sichqonlar va kalamushlarda peroral va intraperitonal oʻrganilgan: doriga qaramlik va koʻtaraolmaslik sababli oʻlimga olib kelgan maksimal doza aniqlanmagan. Toksiklikni oʻrganish boʻyicha tadqiqotlarda kalamush va itlarda qayta (110-150 kun) qoʻllanilganda, Ismijen toksiklik samarasini koʻrsatmadi: muvofiq makro va mikroskopik gemotologik, gematokimyoviy va anatomo-potologik oʻzgarishlar yoʻq. Nazoratli tadqiqotlarda, kalamushlarda fertillikni va sichqonlar va quyonlarda embrional toksiklikni oʻrganish muvofiq oʻzgarishlarni koʻrsatmagan. Qoʻshimcha ravishda, kalamushlarda toksiklikni peri- va postnatal davrda oʻtkazilgan nazoratli tadqiqotlari qoʻshimcha toksiklikni koʻrsatmadi.

Nazoratli tadqiqotlar tasdiqlashicha, mahsulot kalamushlarda reproduktiv faoliyatni shikastlamasligi, sichqon va quyonlarning homilasiga toksik taʼsir koʻrsatmasligi va kalamushlarda peri- va postnatal davrda reproduktiv faoliyatga zarar yetkazmasligini koʻrsatdi.

 

 

 

Dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri

Boshqa dori vositalari bilan oʻzaro taʼsiri nomaʼlum.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Homiladorlik va laktatsiya davri

Ismijenning hayvonlarda toksik samarasi kuzatilmaganligiga qaramay, homilador ayollarda nazoratli tadqiqotlar oʻtkazilmagan. Shuning uchun, Ismijenni tasdiqlangan yoki taxmin qilinayotgan xomiladorlikning birinchi uch oyligida qoʻllashdan saqlanish tavsiya etiladi.

Fertillik va laktatsiya davrida preparatning taʼsiri yuzasidan maxsus kuzatuvlar oʻtkazilmagan.

Avtotransportni haydash va mezanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Bugungi kunga qadar preparatni avtomobil va boshqa mezanizmlarni boshqarish imkoniyatiga taʼsiri kuzatilmagan. Lekin, maxsus tadqiqotlar oʻtkazilmaganligini hisobga olish lozim.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach ishlatilmasin.

 

Dozaning oshirib yuborilishi

Dozaning oshirib yuborilishi holatlari kuzatilmagan.

 

Chiqarilish shakli

Birlamchi oʻram: 10 ta tabletkadan alyuminiy laklangan bosilgan folga va polivinilxlorid plenkadan iborat kontur uyali oʻram;

Ikkilamchi oʻram: bitta yoki ikkita blister qoʻllash yoʻriqnomasi bilan birga karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

15-250S haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonadan berish tartibi

Shifokor retseptisiz!

 

 

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga