GERAL (Ko'proq)

Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
Xalqaro patentlanmagan nomi: ornidazol.
Farmakoterapevtik guruhi: Antibakterial faollikka ega boʻlgan protozoylarga qarshi preparat.
Поделиться

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Xalqaro patentlanmagan nomi: ornidazol.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibakterial faollikka ega boʻlgan protozoylarga qarshi preparat.

ATX kodi - [J01XD03]

TARKIBI

Preparatning bir tabletkasi 500 mg faol modda - ornidazol saqlaydi;

Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, laktoza, natriy laurilsufati, polivinilpirralidon, natriy kroskarmellozasi, natriy kraxmal glikolyati, LS-gidroksipropilsellyuloza, magniy stearati.

TAʼSIRI

Antibakterial faollikka ega boʻlgan protozoylarga qarshi preparat. Ornidazol mikroorganizmlarning xujayrasini DNK bilan oʻzaro taʼsir qilib, nuklein kislotalarining sintezini ingibirlaydi, bu bakteriyalarning oʻlimiga olib keladi.

Ornidazol: Trichomonas vaginalis, Gardnerella vaginalis, Giardia intestinalis, Entamoeba histolytica ga; obligat anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides spp. (shu jumladan Bacteroides fragilis, Bacteroides distastasonis, Bacteroides ovatus, Bacteroides thetaioamicron, Bacteroides vulgatus), Fusobacterium spp., Veillonella spp., Prevotella spp., (Prevotella bivia, Prevotella buccae, Prevotella disiens); grammusbat mikroorganizmlar: Eubacterium spp., Clostridium spp. ga nisbatan faol.

Preparatga aerob mikroorganizmlar sezgir emas.

Ornidazol MIY dan yaxshi soʻriladi. Cmax ga erishish vaqti – 1-3 soat. Plazma oqsillari bilan bogʻlanishi – kamida 15%. GET orqali oʻtadi. Jigarda metabolizmga uchraydi va metabolitlari koʻrinishida siydik bilan (60-70%) va ahlat bilan (20-25%) chiqariladi. Taxminan 5% oʻzgarmagan holda chiqariladi. T1/2  13 soatni tashkil qiladi

QOʻLLANILISHI

  • Trixomoniaz;
  • amebiaz, amyobali dizenteriya, ichakdan tashqari amebiaz (shu jumladan jigarning amyobali absessi);
  • lyamblioz;
  • anaerob bakteriyalar tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni oldini olish, chambar ichakda oʻtkazilgan xirurgik aralashuvlarda va ginekologiyada qoʻllanadi.

QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR

  • Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • MNT organik kasalliklari;
  • Homiladorlikning I uch oyligi va laktatsiya davri.

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Trixomoniazni davolashda jinsiy sheriklarni davolash shart.

Tavsiya qilingan dozalar oshirilganida jigarning shikastlanishi boʻlgan, alkogolni suiisteʼmol qiluvchi bemorlarda, homilador va emizikli onalarda va bolalarda maʼlum xavf mavjud.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: tutqanoqqa oʻxshash tirishishlar, depressiya, periferik nevrit.

Davolash: simptomatik davolash oʻtkaziladi. Tirishishlarda – diazepam.

 

Homiladorlik va laktatsiya

Preparatni homiladorlikni I uch oyligida va laktatsiya davrida qoʻllash mumkin emas.

DORILARNING OʻZARO TAʼSIRI.

Nitroimidazolning boshqa hosilalaridan farqli ravishda, ornidazol aldegiddegidrogenazani ingibirlamaydi va shuning uchun alkogol bilan nomutanosib emas.

Biroq ornidazol kumarin qatori peroral antikoagulyantlarining taʼsirini potensiyalaydi, bu ularning dozasini muvofiq toʻgʻrilashni talab qiladi.

Ornidazol vekuroniy bromidining miorelaksatsiyalovchi taʼsirini uzaytiradi.

DOZALASH VA QOʻLLASH USULI

Geral ichga ovqatdan keyin qabul qilinadi.

Trixomoniazda: kattalarga 0,5 g (1 tabletka) dan sutkada 2-marta 5 kun davomida buyuriladi. Takroriy yuqishi mumkinligini bartaraf etish uchun, jinsiy sherik barcha hollarda xuddi shunday davolash kursini olishi kerak. Bolalarga doza 25 mg/kg tana vazniga hisobidan sutkada bir marta belgilanadi.

Amyobali dizenteriyada kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bolalarga 1,5 g (3 tabletka) dan sutkada bir marta, tana vazni 60 kg dan ortiq – sutkada 2 g (4 tabletka), 2 tabletkadan ertalab qa kechqurun buyuriladi. Tana vazni 35 kg dan kam boʻlgan bolalarga sutkalik doza 40 mg/kg tana vazniga hisobidan buyuriladi. Davolash kursi – 3 kun.

Amebiazni boshqaa shakllarida kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bolalarga – 500 mg (1 tabletka) dan sutkada 2-marta, tana vazni 35 kg gacha boʻlgan bolalarga – 25 mg/kg bir marta 5-10 kun davomida.

Lyambliozda kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bolalarga - 1,5 g (3 tabletka) dan kechqurun bir marta, tana vazni 35 kg dan kam boʻlgan bolalarga – 40 mg/kg dan sutkada bir marta. Davolashning davomiyligi 1-2 kunni tashkil qiladi.

Anaerob bakteriyalar chaqirgan infeksiyalarni oldini olish uchun 0,5-1 g (1-2 tabletka) dan operatsiyadan oldin va 0,5 g (1 tabletka) dan sutkada 2-marta operatsiyadan keyin 3-5 kun davomida buyuriladi.

NOJOʻYa TAʼSIRLARI

MNT va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh ogʻrigʻi, uyquchanlik, bosh aylanishi, tremor, rigidlik, harakatlar koordinatsiyasini buzilishi, tirishishlar, charchoqlik, ongni buzilishi, sensor yoki aralash periferik nevropatiya.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: koʻngil aynishi, taʼm sezishni buzilishlari, qusish, jigar funksional sinamalarini oʻzgarishi.

YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLANISHI

Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan va bolalar olaolmaydigan joyda, 15-250S haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati - 3 yil. Preparatni yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatish mumkin emas.

CHIQARILISH SHAKLI

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar 500 mg dan; oʻramda 10 tabletka.

BUYURILISHI

Shifokor retsepti boʻyicha!

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga