GEPATO - Ritz (Ko'proq)

Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
​​​​​​​Preparatning savdo nomi: GEPATO – Ritz
Chiqarilish shakli: kapsulalar. Oʻramda 50 kapsula.
Поделиться

Preparatning savdo nomi: GEPATO – Ritz

Chiqarilish shakli: kapsulalar. Oʻramda 50 kapsula.

Tarkibi:

Preparatning bir kapsulasi 140 mg dogʻli rastoropsha (Silybum marianum) ning quruq ekstrakti, 100 mg qonchoʻp (Chelidonium majus) ning quruq ekstrakti va 25 mg sariq imbirning suyuq ekstrakti va 40 mg letsitin saqlaydi.

Yordamchi moddalar: jelatinlangan kraxmal (Uni-pure DW-L), mikrokristallik sellyuloza, laktoza, magniy stearati.

Farmakoterapevtik guruhi: Gepatoprotektor.

ATX kodi: A05V.

 

Farmakologik xususiyatlari

GEPATO-Ritz oʻsimliklardan olinadigan majmuaviy preparat.

Oʻt-safro haydovchi va spazmolitik taʼsirga ega gepatoprotektor. Preparat jigar faoliyatini normallashtiradi, ishtaha va ovqat hazm boʻlishini yaxshilaydi.

GEPATO-Ritz ning taʼsiri preparat komponentlarining umumiy samarasi bilan bogʻliq. Dogʻli rastoropshada saqlanadigan flavonoid silibinin jigarning oʻtkir va surunkali intoksikatsiyalarida gepatoprotektorlik taʼsirini namoyon qiladi, xujayralar membranasini mustahkamlaydi va ularning parchalanishiga toʻsqinlik qiladi. Oqsillar va fosfolipidlar sintezini ragʻbatlantirib, jarohatlangan gepatotsitlarning regeneratsiyasini tezlashtiradi. Xujayraga baʼzi gepatotoksik moddalarning kirishiga va alkogolning taʼsiriga toʻsqinlik qiladi.

Xelidonin qonchoʻpning eng muhim alkaloidlaridandir. U ogʻriqni qoldiruvchi, spazmolitik va oʻt-safro haydovchi taʼsir koʻrsatadi. Erkin radikallarning bogʻlanishi hisobiga antioksidant taʼsir koʻrsatadi, gepatotsitlarning regeneratsiyasiga yordam beradi.

Kurkumin – sariq imbirning faol moddasi – kuchli yalligʻlanishga qarshi vosita, jigarning intoksikatsiyani kamaytiradi, oʻt pufagi ishini, oʻt-safro ishlab chiqarilishi va ajralishini yaxshilaydi. Jigarning detoksikatsion faoliyatini oshiradi, ichak infeksiyalarining baʼzi qoʻzgʻatuvchilariga nisbatan bakteritsid va bakteriostatik faollikka ega.

Letsitin jigar xujayralari membranalarining regeneratsiyasi va biologik strukturalarini hosil boʻlishi va mustahkamlanishi uchun zarur boʻlgan, almashtirib boʻlmaydigan fosfalipidlarning majmuasidir. Jigarning turli kasalliklarida letsitin limfotsitlarning sitotoksik taʼsirini va gepatotsitlarning nekrozini kamaytiradi. Oqsil va yogʻ almashinuvini meʼyorlashtiradi, jigarning xujayra strukturasini himoyalaydi, limfotsitlar va makrofaglarning immun faoliyatini tiklaydi.

 

Qoʻllanilishi

Jigar faoliyatini buzilishlarida oldini oluvchi, himoyalovchi va davolash vositasi sifatida quyidagilarda qoʻllanadi:

  • jigar kasalliklarini oldini olish;
  • jigarning surunkali yalligʻlanish kasalliklari;
  • jigarni alkogolli va nur taʼsiridagi shikastlanishi;
  • jigarni toksik shikastlanishi;
  • turli etiologiyaga ega jigarning yogʻli degeneratsiyasi;
  • jigar sirrozida tutib turuvchi davolash (yoki majmuaviy davolash tarkibida);
  • NYAQV, antibiotiklar va boshqa dorilarni uzoq muddat qibul qilgandan keyin.

 

Qoʻllash usuli va dozalari

Davolash, oldini olish va tutib turuvchi davolash uchun GEPATO-Ritz 1 kapsuladan kuniga 3-marta buyuriladi.

Kasallikni ogʻir kechishida ikki hafta davomida 2 kapsuladan kuniga 3-marta buyuriladi, keyinchalik davolash kursi 1 kapsuladan kuniga 3-martalik tutib turuvchi doza bilan davom ettiriladi. Davolash kursining davomiyligi 1-3 oy. Davolash kursi 1-3 oylik interval bilan takrorlanadi. Preparatni ovqatdan oldin qabul qilish lozim. Kapsulalar chaynamasdan, koʻp boʻlmagan miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.

 

Nojoʻya taʼsirlari

Preparat yaxshi oʻzlashtiriladi. Kam hollarda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari kuzatiladi.

 

Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar

Preparatning komponentlariga  yuqori sezuvchanlik.

 

Dorilarning oʻzaro taʼsiri

GEPATO-Ritz preparatini dorilar bilan oʻzaro taʼsiri taʼriflanmagan.

 

Maxsus koʻrsatmalar

Sariqlik va oʻt-tosh kasalligida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Preparat homiladorlik va laktatsiya davrida faqat koʻrsatmalar boʻyicha qabul qilinadi.

18 yoshgacha boʻlgan bolalarda preparatni qoʻllash samaradorligi va xavfsizligi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborish simptomlari taʼriflanmagan.

 

Saqlash sharoiti

10-250S haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor retseptisiz!

 

Ishlab chiqaruvchi

GM Pharmaceuticals Ltd.

Gruziya, Tbilisi sh., Ponichala 65

Tel.: +995 32 2404801/02; Faks: +995 32 2404803

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga