CAMELOT (Ko'proq)

Asosiy sahifaga o'tish YaQNV CAMELOT (Ko'proq)
Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
Nosteroid  yalligʻlanishga  qarshi  preparat .
siklooksigenaza-2 (SOG-2)  ning selektiv  ingibitori.
Поделиться

Xalqaro  patentlanmagan nomi:  Meloksikam

Farmakoterapevtik guruxi:     Nosteroid  yalligʻlanishga  qarshi  preparat .

siklooksigenaza-2 (SOG-2)  ning selektiv  ingibitori.

ATX kodi – (MO1AS06)

Tarkibi

Preparatning  bir tabletkasi  7,5 mg yoki 15 mg  faol modda –meloksikam saqlaydi.

Yordamchi  moddalar:  natriy sitrati,  laktoza monogidrati, mikrokristallik sellyuloza,

eruvchan  polivinilpirrolidon,  erimaydigan polivinilpirrolidon,  magniy  stearati,

kremniy  dioksidi.

TAʼSIRI

NYAKV (nosteroid yaligʻlanishga  qarshi vosita ), SOG-2 ning selektiv  ingibitori.

Oksikamlar sinfiga  kiradi,  enol  kislotasini xosilasidir. Yaqqol yalligʻlanishga qarshi,

ogʻriqni qoldiruvchi  va isitmani  tushiruvchi  taʼsirlar  koʻrsatadi. Taʼsir mexanizmi

 prostaglandinlarning  sintezini  ingibirlanishi  bilan  bogʻliq. Prostaglandinlarni

sintezini ,  meʼdaning shilliq  qavatiga  yoki  buyraklardagi  nisbatan   koʻproq  darajada  bostiradi.  Bu asosan  SOG-2 ni  ingibirlanishi bilan bogʻliq.

Ichga qabul  qilingandan  keyin meloksikam meʼda-ichak yoʻllaridan  yaxshi  soʻriladi.

Ovqat  qabul qilish  meloksikamning  soʻrilishiga  taʼsir qilmaydi.

Preparat  7.5 mg  dozada  bir marta qabul qilingandan  keyin  S ga  4-6 soat oʻtgach

erishiladi.  Biokiraolishligi  taxminan  90 %. Meloksikamning  sinovial  suyuqligidagi  konsentratsiyasi qon  plazmasidagi  konsentratsiyasning  50 % tashkil qiladi.  Meloksikam

deyarli  toʻliq  nofaol  metabolitlarigacha  metabollanadi.  Meloksikamning  T ½ 20 soatini

 tashkil qiladi. Meloksikam  buyraklar  va ichak orqali  taxminan  teng proporsiyalarda

chiqariladi.

Yengil  va  oʻrtacha   darajadagi  jigar va buyrak yetishmovchiligi meloksikamning

farmakokinetikasiga axamiyatli taʼsir qilmaydi.

QOʻLLANILISHI

-boʻgʻimlarning  yalligʻlanish  va degenerativ kasalliklari (artrozlar,osteoartrozlar);

-revmatoid  artrit;

-ankilozlanuvchi spondilit

QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN  XOLATLAR

-meʼda  va oʻnikki barmoq ichak  yara kasalligining zoʻrayish bosqichi.

-jigar  faoliyatining  yaqqol buzilishlari

-buyrak yetishmovchiligi (gemodializ oʻtkazishsiz)

-xomiladorlik, laktatsiya

- 15 yoshgacha  boʻlgan bolalik va oʻsmirlik  yoshi

-meloksikamga  va boshqa  NYAQV (shu jumladan salitsilatlarga) yuqori   sezuvchanlik

EXTIYOTKORLIK  CHORALARI

Meʼda-ichak  yoʻllarining kasalliklarida,  xamda  antikoagulyantlar bilan davolash  fonida  extiyotkorlik  bilan  qoʻllanadi.

Peptik  yaralar  yoki  meʼda –ichak  kon ketishlari  paydo boʻlganida, shuningdek teri va  shillik  qavati  tomonidan  reaksiyalar  rivojlanganida  meloksikamni  bekor  qilish  kerak.

 

                                                                   

AKX kamaygan  va buyrak  perfuziyasining  darajasi  pasaygan  bemorlarda  meloksikamni

qoʻllash,  klinik  yaqqol  buyrak  yetishmovchiligiga  olib  kelishi mumkin,  u  davolash  bekor

qilinganidan keyin  toʻliq  orqaga  qaytadi .Ushbu asoratning  rivojlanishi  xavfi

guruxiga  degidratatsiya  belgalari,  dimlangan yurak  yetishmovchiligi ,  jigar  sirozi,

nefrotik  sindromi,  klinik  yaqqol  buyrak  kasalliklari ,  diuretiklarni  olayotgan

bemorlar,  katta  jarroxlik  operasiyasidan  keyin suvsizlangan  bemorlar kiradi.

Transaminazalar  faolligini  va jigar faoliyatining  boshqa  koʻrsatkichlarini turgʻun va  axamiyatli oshishida   meloksikamni  bekor qilish va  muvofiq  nazorat  testlarini  oʻtkazish

lozim.

Meloksikam keksa  yoshdagi  patsiyentlarda  extiyotkorlik bilan  qoʻllanadi, ularda

buyraklar,  jigar  va yurak faoliyatining  yomonlashishini  extimoli yuqori.

Bosh  aylanishi  va  uyquchanlik  kabi nojoʻya  xolatlarni  rivojlanishida  avtomobilni  xaydashdan  va boshqa  yuqori  psixomotor  reaksiyalar tezligini  talab qiluvchi  potensial

xavfli  faoliyat turlari bilan  shugʻullanishdan  saqlanish  tavsiya  qilinadi.

Meloksikamni  xomiladorlikda  koʻllash  mumkin emas.

Meloksikam  laktatsiya  davrida  qoʻllanganida  emizishni  toʻxtatish  masalasini  xal qilish

kerak.

Dozani oshirib  yuborilishi

Belgilari:taʼriflangan  nojoʻya  samaralarini  kuchayishi mumkin.

Davolash:meʼdani  yuvish  va simptomatik  davolashni oʻtkazish koʻrsatilgan .  Spetsifik

antidotlari  va  antagonistlari yoʻq.

DORILARNING OʻZARO TAʼSIRI

Meloksikam  boshqa NYAKV bilan  bir vaqtda  qoʻllanganida   meʼda –ichak  yoʻllarining  yarali  shikastlanishlarini  va  meʼda –ichakdan  qon  ketishining  rivojlanishini  xavfi oshadi;

antikoagulyantlar  bilan –kon  ketishining  rivojlanishini  xavfi  oshadi;  metotreksat

bilan –miyelodepressiv  taʼsirini  kuchayishi ;  diuretiklar  bilan –buyrak

etishmovchiligining  rivojlanishini  xavfi oshadi;  siklosporinlar  bilan  uning

nefrotoksik  taʼsiri  kuchayadi.

QOʻLLASH USULI  VA DOZALARI

Revmatoid artiritda va ankilozlovchi sponditda  preparat  sutkada  15 mg dan buyuriladi,  ijobiy  terapevtik  samaraga  erishilgandan  keyin  dozani  sutkada 7,5 mg  gacha  kamaytirish  mumkin.

Osteoartrozda sutkalik doza  7,5 mg  ni tashkil qiladi;

Zarurati boʻlganida  sutkada  15 mg gacha  oshiriladi.  Maksimal sutkalik  doza-15mg

Nojoʻya samaralarining  paydo boʻlishini  xavfi  yuqori  boʻlgan shaxslarda  davolashni  sutkada  7,5 mg  dozadan  buyuriladi.  Buyraklar  faoliyatining  biroz yoki  oʻrtacha  pasayishida  (KK darajasi  25 ml/ min dan  koʻproq  boʻlgan) dozani  toʻgʻirlash  talab  qilinmaydi.  Tabletkalar sutkada  1-marta  ovqatlanish  vaqtida  suv bilan  birga ichgan  xolda  qabul qilinadi.

NOJOʻYa  TAʼSIRLARI

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: dispepsiya,  koʻngil  aynishi,  qusish, qorinda

ogʻriqla, qabziyat,  ichak  sanchigʻi,  diareya, ezofagit,  stomatit ;  kam- meʼda –ichak

yoʻllarining  eroziv –yarali   shikastlanishlari

Qon yaratish tizimi tomonidan: anemiya, leykopeniya, trombotsitopeniya

Nafas tizimi tomonidan: bronxospazm  (“aspirin uchligi ” boʻlgan  bemorlarda )

Yurak-tomir tizimi tomonidan: AD ni  oshishi,  yurak  urishini  xis qilish, shishlar,

oqib kelishlar;

Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh  aylanishi,  bosh ogʻrigʻi,  quloqlarda shovqin,

uyquchanlik.

                                                                   

Siydik-chiqarish tizimi tomonidan:  buyraklar   faoliyatining  laboratoriya  koʻrsatkichlarini  oʻzgarishi ;

Allergik  reaksiyalar:  fotosensibilizatsiya ,  terini qichishi,  toshma,  eshekemi

YAROQLILIK  MUDDATI  VA  SAQLASH

10-25S  xaroratda ,  bolalar  olaolmaydigan  joyda  saqlansin.

Yaroqlilik  muddati  - 2 yil. Preparatni  yaroqlilik  muddati  oʻtgach  ishlatish mumkin  emas!

CHIQARILISH  SHAKLI

Tabletkalar  7,5 mg yoki 15 mg, 20  tabletkadan oʻramda.

BUYURILISHI

Shifokor  retsepti boʻyicha!

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga