AZIMAK 250 MG (Ko'proq)

Asosiy sahifaga o'tish Infekciyalar AZIMAC 250 MG (Ko'proq)
Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
Preparatning bir kapsulasi 250 mg faol modda - azitromitsin saqlaydi.
Yordamchi moddalar: jelatinlangan kraxmal, magniy stearati.
Поделиться

Xalqaro patentlanmagan nomi: azitromitsin.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik [J01FA10]

 

TARKIBI

Preparatning bir kapsulasi 250 mg faol modda - azitromitsin saqlaydi.

Yordamchi moddalar: jelatinlangan kraxmal, magniy stearati.

TAʼSIRI

Keng taʼsir doirasiga ega antibiotik. Makrolid antibiotiklar – azolidlarning yangi kichik guruhining birinchi vakilidir. Yalligʻlanish oʻchogʻida yuqori konsentratsiyalari hosil qilinganida bakteritsid taʼsir koʻrsatadi. Azimak grammusbat (shu jumladan beta-laktamaza hosil qiluvchilar, stafilokokklar, streptokokklar) va grammanfiy (enterokokklar, ichak va gemofil tayoqchalar) bakteriyalarga, mikoplazmalar, legionellalar, bakteroidlar, xlamidiyalar va boshqalarga nisbatan faol.

Azitromitsin meʼda-ichak yoʻllaridan tez soʻriladi, bu uning kislotali muhitda turgʻunligi va lipofilligi bilan bogʻliq. 500 mg ichga qabul qilinganidan keyin Smax 0,4 mg/l ni tashkil qiladi, biroq toʻqimalar va xujayralardagi konsentratsiyasi zardobdagiga qaraganda 10-50-marta yuqori; bunda infeksiya oʻchoqlarida sogʻlom toʻqimalardagiga qaraganda yuqori (24-34% ga) va yalligʻlanish shishining darajasi bilan toʻgʻri keladi. Biokiraolishlishi 37% tashkil qiladi. Oxirgi dozasi qabul qilinganidan keyin 5-7 kun davomida infeksion yalligʻlanish oʻchogʻida bakteritsid konsentratsiyalarda saqlanadi.

QOʻLLANILISHI

Preparatga sezgir qoʻzgʻatuvchilar chaqirgan infeksion-yalligʻlanish kasalliklari:

- yuqori va pastki nafas yoʻllari va LOR aʼzolarining infeksiyalari (angina, sinusit, tonzillit, oʻrta otit, bronxit, bakterial va atipik pnevmoniyalar);

- skarlatina;

- teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari (saramas, impetigo, ikkilamchi infeksiyalangan dermatozlar);

- uroginetal yoʻllarining infeksiyalari (asoratlanmagan uretrit va/yoki servitsit);

- Layma kasalligi (borrelioz);

- Helicobacter pylori bilan assotsiatsiyalangan meʼda va oʻnikki barmoq ichakning kasalliklari.

QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR

Marolid antibiotiklariga yuqori sezuvchanlik.

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Azimak va antatsid preparatlarni qabul qilish orasida kamida 2 soat tanaffus qilish tavsiya etiladi. Preparatni teofillin, peroral antikoagulyantlar, karbamazepin, fenitoin, digoksin, siklosporin va ergotamin bilan oʻzaro taʼsiri aniqlanmagan.

Jigar va buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlari boʻlgan bemorlarga preparatni buyurishda ehtiyotkorlik kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida Azitromitsin faqat ona uchun boʻlgan potensial foyda, homila uchun potensial xavfdan yuqori boʻlgan holdagina buyuriladi.

Dozani oshirib yuborilishi – kuchli koʻngil aynishi, eshitishni vaqtinchalik yoʻqotish, qusish, ich ketishi.

DOZALASH VA QOʻLLASH USULI

Azimakni albatta ovqatdan bir soat oldin yoki ovqatdan 2 soat keyin qabul qilish kerak. Sutkada 1-marta qabul qilinadi.

Kattalarga nafas yoʻllarining yuqori va pastki boʻlimlarini infeksiyalarida, teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalarida 1 kunda 500 mg dan buyuriladi, soʻngra 250 mg dan 2-5 kunlari yoki sutkada 500 mg dan 3 kun davomida (kurs dozasi – 1,5 g).

Uroginetal yoʻllarining oʻtkir infeksiyalarida 1 g bir marta buyuriladi.

Layma kasalligida (borrelioz) birinchi bosqichini davolash uchun (erythema migrans) 1 g dan kuniga 1-marta va 500 mg dan har kuni 2-5 kunlari (kurs dozasi – 3 g).

Bolalarga preparat tana vazni hisobidan buyuriladi. Tana vazni 10 kg dan ortiq boʻlgan bolalarga 1 kun – 10 mg/kg tana vazniga; keyingi 4 kun – 5 mg/kg dan. Uch kunlik davolash kursi mumkin; bu holda bir martalik doza 10 mg/kg ni tashkil qiladi. Kurs dozasi –tana vazniga 30 mg/kg.

NOJOʻYa TAʼSIRLARI

Kam – meʼda-ichak yoʻllarini buzilishlari: koʻngil aynashi, qusish, ich ketishi, qorin ogʻrigʻi, meteorizm, jigar fermentlari faolligini tranzitor oshishi; toshma.

YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH

10-250S haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!

Yaroqlilik muddati – 3 yil. Preparatni yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatish mumkin emas.

CHIQARILISH SHAKLI

250 mg dan 6 kapsula yoki 500 mg dan 3 kapsula.

BUYURILISHI

Shifokor retsepti boʻyicha!

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga