AZIMAK 200 MG/5 ML (Ko'proq)

Asosiy sahifaga o'tish Infekciyalar AZIMAC 200 MG/5 ML (Ko'proq)
Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
Har 5 ml tayyor suspenziya 200 mg faol modda – azitromitsin saqlaydi.
Flakon ogʻiz orqali qabul qilish uchun 15 ml suspenziya tayyorlash uchun moʻljallangan.

Yordamchi moddalar: sukroza, gidroksipropilsellyuloza, natriy fosfati (suvsiz), ksantan qatroni, olcha xushboʻyi, vanilin xushboʻyi, banan xushboʻyi.
Поделиться

Xalqaro patentlanmagan nomi: azitromitsin.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibiotik.

ATX kodi - [J01FA10].

 

TARKIBI

Har 5 ml tayyor suspenziya 200 mg faol modda – azitromitsin saqlaydi.

Flakon ogʻiz orqali qabul qilish uchun 15 ml suspenziya tayyorlash uchun moʻljallangan.

Yordamchi moddalar: sukroza, gidroksipropilsellyuloza, natriy fosfati (suvsiz), ksantan qatroni, olcha xushboʻyi, vanilin xushboʻyi, banan xushboʻyi.

TAʼSIRI

Keng taʼsir doirasiga ega antibiotik. Makrolid antibiotiklarning yangi kichik guruhi - azalidlarning birinchi vakilidir. Ribosomalarning 50S subbirligi bilan bogʻlanadi, mikroorganizmlarning oqsillari biosintezini bostiradi. Yalligʻlanish oʻchogʻida yuqori konsentratsiyalari hosil qilinganida bakteritsid taʼsir koʻrsatadi.

Azimak quyidagi grammusbat aerob bakteriyalar qatoriga nisbatan faol: Streptococcus pneumoniae, S. pyogenes, S. agalactiae, S. Viridans, C, F va G guruhi streptokokklari, Straphylococcus aureus, S. epidermidis. Eritromitsinga chidamli grammusbat bakteriyalarga taʼsir koʻrsatmaydi. Quyidagi grammanfiy bakteriyalarga nisbatan samarali: Haemophilus influenzae, H. Parainfluenzae va H. ducreyi, Moraxella catarrhalis, Bordetella pertussis, B.parapertussis, Neisseria gonorrhoeae va N. Meningitides, Brucella melitensis, Helicobacter pylori, Gardnerella vaginalis.

Campylobacter jejuni, baʼzi anaerob mikroorganizmlar: Clostridium perfrtngens, shuningdek Micobacteria avium complex larga nisbatan faol, undan tashqari xujayra ichi va boshqa mikroorganizmlar, shu jumladan Legionella pneumophila, Chlamydia trachomatis va C. pneumoniae, Mycoplasma pneumoniae, Ureaplasma urealyticum, Listeria monocitogenes, Borrelia burgdorferi, Treponema pallidum larga nisbatan samarali.

Farmakokinetikasi

Azitromitsin MIY dan tez soʻriladi, bu uning nordon muhit va lipofilligi bilan belgilanadi. 500 mg ichga qabul qilinganidan keyin Cmax 0,4 mg/l ni tashkil qiladi, biroq toʻqima va xujayralarda konsentratsiyasi zardobdagiga qaraganda 10-50-marta yuqori; bunda infeksiya oʻchoqlarida sogʻlom toʻqimalarga qaraganda yuqori (24-34% ga) va yalligʻlanishshishining darajasiga mos keladi. Biokiraolishligi 37% tashkil qiladi. Oxirgi dozasi qabul qilinganidan keyin 5-7 kun davomida infeksion yalligʻlanish oʻchogʻida bakteritsid konsentratsiyalarda saqlanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Davomli yarimchiqarilish davriga ega – 60-76 soat. Asosan oʻzgarmagan koʻrinishda oʻt-safro bilan, katta boʻlmagan qismi – siydik bilan chiqariladi.

QOʻLLANILISHI

Preparatga sezgir qoʻzgʻatuvchilar chaqirgan quyidagi infeksion-yalligʻlanish kasalliklarda qoʻllanadi:

  • yuqori va quyi nafas yoʻllarining infeksiyalari (bakterial bronxit, bakterial va atipik pnevmoniyalar, surunkali bronxitning zoʻrayishi);
  • LOR-aʼzolarining infeksiyalari (bakterial faringit, angina, sinusit, tonzillit, oʻrta quloq otiti);
  • skarlatina;
  • teri va yumshoq toʻqimalarning infeksiyalari (saramas, impetigo, ikkalamchi infeksiyalangan dermatozlar);
  • urogenital yoʻllarining infeksiyalari (asoratlanmagan uretrit va/yoki servitsit);
  • Layma kasalligi (borrelioz);
  • Helicobacter pylori qoʻzgʻatgan meʼda va oʻnikki barmoq ichak kasalligi.

QOʻLLASH MUMKIN BOʻLMAGAN HOLATLAR  

  • jigar va buyraklar faoliyatining ogʻir buzilishlari;
  • azitromitsin va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • makrolid antibiotiklarga yuqori sezuvchanlik.

EHTIYOTKORLIK CHORALARI

Jigar va buyraklar faoliyatining buzilishlarida, aritmiyalar va QT intervalni uzayishiga beriluvchi yoki buzilishlari boʻlgan (qorinchalar aritmiyasi boʻlishi mumkin) bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Preparatning bir dozasini qabul qilish oʻtkazib yuborilgan holda – oʻtkazib yuborilgan dozani imkoni boricha ertaroq qabul qilish kerak, navbatdagini esa – 24 soat tanaffus bilan.

Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga taʼsiri

Preparat avtotransportni boshqarish qobiliyatiga va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa faoliyatiga taʼsir qilmaydi.

Homiladorlik va laktatsiya

Homiladorlik va laktatsiya davrida azitromitsin faqat ona uchun potensial foyda, homila uchun potensial xavfdan yuqori boʻlgan holda buyuriladi.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari – kuchli koʻngil aynishi, eshitishni vaqtincha yoʻqolishi, qusish, ich ketishi.

Davolash – simptomatik.

DORILARNING OʻZARO TAʼSIRI

Antatsid vositalari (alyuminiy, magniy saqlovchi), etanol va ovqat qabul qilish azitromitsinning soʻrilishini ahamiyatli darajada kamaytiradi, shuning uchun preparatni koʻpi bilan bu preparatlar va ovqat qabul qilishdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish kerak.

Teofillin, peroral antikoagulyantlar, karbamazepin, fenitoin, digoksin, siklosporin bilan preparatni oʻzaro taʼsiri kuzatilmagan.

Makrolidlar ergotamin va digidroergotamin bilan bir vaqtda qabul qilinganida, ularning zaharli taʼsirini (tomirlar spazmi, dizesteziya) kuzatilishi mumkin.

Azitromitsinning samaradorligini linkomitsinlar pasaytiradi, tetratsiklin va xloramfenikol esa oshiradi.

Azimak va varfarinni birga qabul qilishning zarurati boʻlganida protrombin vaqtini sinchiklab nazorat qilish tavsiya qilinadi.

Azitromitsin farmatsevtik jihatdan geparin bilan nomutanosibdir.

DOZALASH VA QOʻLLASH USULI

Suspenziya koʻrinishidagi Azimakni albatta ovqatdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin qabul qilish kerak.

6 oylik va undan oshgan bolalarga preparatning suspenziya shaklini buyurish tavsiya qilinadi.

Suspenziyani tayyorlash qoidasi:

  • flakonni toʻnkaring va flakonning ichidagi kukun erkin koʻchmagunicha ehtiyotkorlik bilan chayqating;
  • flakonni oching, oʻlchov shpritsi yordamida 10 ml distillangan yoki qaynatilgan suv qoʻshing;
  • flakonning boʻyinchasiga teshilgan plastmassa tiqinni oʻrnating;
  • alyumin qopqoqcha bilan flakonni yoping;
  • bir xil suspenziya olingunicha flakonni yaxshilab chayqating;
  • har safar ishlatishdan oldin siropni chayqatishni unutmang.

Flakonga 10 ml suv qoʻshilganidan keyin, suspenziyaning dozasi 15 ml gacha oshishi mumkin, bu preparatning maʼlum qalinligi bilan bogʻliq. Har 5 ml tayyor suspenziya 200 mg azitromitsin saqlaydi.

Suspenziyani qoʻllash qoidasi:

  • alyumin qopqoqchani yeching va teshilgan tiqinga oʻlchov shprisni oʻrnating;
  • shprisli flakonni toʻnkaring va vertikal holatda ushlang;
  • shifokor Siz uchun buyurgan tegishli darajagacha shprisni toʻldiring;
  • flakonni toʻrkaring, shprisni oling va preparatni qabul qiling;
  • har safar ishlatishdan oldin shprisni oqar suvda yaxshilab yuving, quriting va quruq joyda saqlang.

Suspenziya qabul qilinganidan keyin ogʻiz boʻshligʻida qolgan suspenziyani chayish va yuvish uchun bir necha xoʻplam choy ichishga yoʻl qoʻyiladi.

Kattalar (shuningdek keksa patsiyentlar uchun) dozalash:

Kattalar uchun azimakning tavsiya qilingan dozasi 500 mg sutkada 1-marta, 3 kun davomida, kurs dozasi – 1500 mg.

Muqobil ravishda xuddi shu dozani 5 kun davomida qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi: birinchi kun – 500 mg sutkada 1-marta; soʻngra 2-kundan 5-kungacha 250 mg dan har kuni; Urogenital yoʻllarining oʻtkir infeksiyalarida 1 g bir marta buyuriladi.

Bolalar va oʻsmirlar uchun dozalash:

Umuman olganda, streptokokkli faringotonzillitni davolashdan tashqari azimak suspenziyasining kundalik dozasi tana vazniga 10 mg/kg, 3 kun davomida. Muqobil ravishda xuddi shu dozani 5 kun davomida qabul qilishga yoʻl qoʻyiladi: birinchi kun tana vazniga 10 mg/kg sutkada 1-marta, soʻngra 2-kundan 5-kungacha tana vazniga 5 mg/kg dan har kuni;

Tana vazniga qarab quyidagi dozalarni qoʻllash tavsiya qilinadi:

15 kg dan kam: 10 mg/kg – sutkada 1-marta 3 kun davomida; muqobil ravishda, birinchi kun 10 mg/kg, soʻngra – 5 mg/kg 4 kun davomida. preparat sutkada bir marta buyuriladi.

15 – 25 kg: kuniga 200 mg (faqat bir qabulga) 3 kun davomida; muqobil ravishda birinchi kuni 200 mg, soʻngra – 100 mg 4 kun davomida. preparat sutkada 1-marta buyuriladi.

26 – 35 kg: kuniga 300 mg (faqat bir qabulga) 3 kun davomida; muqobil ravishda birinchi kuni 300 mg, soʻngra – 150 mg 4 kun davomida. preparat sutkada 1-marta buyuriladi.

36 – 45 kg: kuniga 400 mg (faqat bir qabulga) 3 kun davomida; muqobil ravishda birinchi kuni 400 mg, soʻngra – 200 mg 4 kun davomida. preparat sutkada 1-marta buyuriladi.

45 kg dan ortiq: xuddi kattalarga buyurilgan doza kabi (kuniga 500 mg, faqat bir qabulga 3 kun davomida).

Streptokokkli faringotonzillitni davolash uchun kuniga tana vazniga 20 mg/kg, 3 kun davomida, maksimal kundalik doza – 500 mg.

NOJOʻYa KOʻRINISHLARI

Koʻpincha kuzatiladigan yengildan oʻrtacha ogʻirlikkacha boʻlgan nojoʻya reaksiyalari davolash kursi tugaganidan keyin yoki preparat bekor qilinganidan keyin orqaga qaytadi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: melena, xolestatik sariqlik, meteorizm, koʻngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, ishtahani pasayishi, gastrit, jigar fermentlari faolligini orqaga qaytuvchi oʻrtacha oshishi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: nefrit.

Jinsiy tizimi tomonidan: qin kandidozi.

Yurak-tomir tizimi tomonidan: yurak urishini hissi, koʻkrak qafasida ogʻriq.

MNT va periferik nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, vertigo, uyquchanlik, kuchli charchoqlik; bolalarda – bosh ogʻrigʻi (oʻrta quloq otitini davolashda), giperkineziya, xavotirlik, nevroz, uyquni buzilishi.

Allergik reaksiyalar: teri toshmalari, Kvinke shishi, eshakemi, konyunktivit.

Dermatologik reaksiyalar: fotosensibilizatsiya, qichishish.

Laboratoriya koʻrsatkichlari tomonidan: alohida hollarda – neytrofiliya, eozinofiliya (oʻzgargan koʻrchatkichlar davolash toʻxtatilganidan keyin 2-3 hafta oʻtgach normaga qaytadi).

YAROQLILIK MUDDATI VA SAQLASH

15-250S haroratda, bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati – 2 yil. Preparatni yaroqlilik muddati oʻtganidan keyin ishlatish mumkin emas.

15-250S haroratda saqlangan sharoitda, tayyorlangan suspenziyaning yaroqlilik muddati – 10 kun.

CHIQARILISH SHAKLI

Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun – 200 mg/5 ml (15 ml), alyumin qopqoqchali shisha flakonda;

Ikkilamchi oʻram: 1 flakon teshilgan tiqin va oʻlchov shpritsi bilan birga karton qutida.

BUYURILISHI

Shifokor retseptisiz!

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga