ALBEZ (Ko'proq)

Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
​​​​​​​Preparatning   savdo nomi: Albez
Taʼsir  etuvchi  modda (XNN):  albendazol
Dori shakli: qobiq  bilan  qoplangan  tabletka
Поделиться

Tarkibi:

Bir  qobiq   bilan qoplangan  tabletka  quyidgilarni  saqlaydi:

Faol modda: 200  mg  albendazol

Yordamchi  moddalar:  laktoza, magniy   karbonati, natriy  kroskarmelloza, natriy  gidrokarbonati,  natriy  laurilsulfati, polivinilpirollidon,  natriy  kraxmal  glikolyati, talk  magniy  stearati,   qobiq  uchun  kukun.

Taʼrifi: oq rangli  qobiq  bilan  qoplangan  tabletkalar

Farmakoterapevtik  guruxi:  antigelmint  va protozoylarga   qarshi  preparat.

ATX kod:RO2SA03

 

 

Farmakologik  xususiyatlari

Antigelmint  va protozoylarga  qarshi  vosita.

Albendazol  benzimidazol  karbamatining  xosilasi  boʻlib,  keng  taʼsir  doirasiga  ega. Albez  glyukozaning  tashilish  jarayonlarini    buzadi,  gelmint organizmida  mikrotublyar apparatining  faoliyatini   buzilishini   chaqiradi,  bu uni   nobud boʻlishiga  va odam  organizmidan   chiqarilishiga   olib keladi.

Preparat  ichak  infeksiyalarini  va   Larva Migrans   ning   teri  sindromi  (adashgan  lichinkalar  sindromi)  chaqiruvchi  parazitlarga, shu jumladan  nematodlar: Ascaris   lumbricoides (dumaloq  chuvalchang), Trichuris  trichiura  (qilboshli  gijja). Enterobius  vermicularis  (ostritsa). Ancylostoma  duodenale  (ankilostoma). Necator  americanus (nematoda). Strongyloides   stercoralis: sestodalar: Hymenolepsis nana (gimenolepidoz), Taenia solium  ( choʻchqa soliteri),  Taenia  saginata (buqa soliteri); trematodlar:  Opisthorchis   viverrini  va  Clonorchis sinensis; sodda xayvonlar: Giardia  lamblia  (ichak  yoki  duodenal)  ga qarshi faol.

Albez  toʻqimalarining  parazitlariga  qarshi, shu  jumladan   Echinococcus  granulosus  va  Echinococcus  multilocularis   invaziyalar   chaqirgan   kistoz va  alveolar exinokokkozlariga qarshi  faol.

Albez  Taenia solium  lichinkasining faol  invaziyasi  chaqirgan  neyrotsistitsirkozni,  Capilaria philippinensis   chaqirgais n  gepatikolezni va    Gnathostomo spinigerum,  Echinococcus  granulosus, Echinococcus   multilocularis invaziyasi   chaqirgan  gnatostomozni  davolashda  samarali.

Ichga  qabul  qilinganidan   keyin, albendazol  meʼda-ichak  yoʻllaridan  yomon  soʻriladi  (5% dan kam), plazmada  oʻzgarmagan  koʻrinishda   aniqlanmaydi. Farmakologik  taʼsiri  yogʻli  ovqat bilan qabul  qilinganda  oshadi, ayni paytda  soʻrilishi va plazmadagi  maksimal  konsentratsiyasi          (S max)  5-marta oshadi.  Albendazol   sulfoksidining  S max ga erishish  vaqti  2-5 soatni  tashkil qiladi.

Plazma  oqsillari  bilan  bogʻlanishi – 70%  ancha  koʻp miqdorda  safroga,  jigarga,  orqa miya suyuqligiga, siydikka, gelmintlar  sistasining  devori va  suyuqligiga  kiradi.

Jigarda  gelmintlarga  qarshi  faollikka  ega boʻlgan  birlamchi  metaboliti – albendazol  sulfoksidini  xosil  boʻlishi  bilan   metabolizimga  uchraydi. Albendazol  sulfoksidi

 

 

metabollizimga  uchrab,  albendazol sulfoni  (ikkilamchi  metaboliti)  va boshqa  oksidlangan  maxsulotlari  xosil boʻladi. Albendazol  sulfoksidining yarim  chiqarilish   davri   8,5  soatni  tashkil  qiladi. Safro  bilan   ichak  orqali   albendazol  sulfoksidi   koʻrinishida   chiqariladi  va faqat uning   ozgina  qismi  siydik  bilan   chiqariladi.

 

 

Qoʻllanilishi

- enterobioz;

- ankilostomidoz  va  nekatoroz;

- gimenolepidoz;

- tenioz;

- strongiloidoz;

- askardioz;

- trixotsefalez;

- klonorxoz;

- opistorxoz;

- Larva  Migrans  teri  sindromi;

- bolalarda  lyamblioz;

- kistozli  exinokokkoz;

- alveolar exinokokkoz;

- neyrotsistitsirkoz;

- gepatikolez;

- gnatostomoz;

- trixinellez;

 - toksokarozda  qoʻllaniladi.

 

 

Qoʻllash  usuli  va dozalari 

Preparat  ichga  ovqat  bilan  birga   qabul  qilinadi. Sutkaning  aynan  bir vaqtida  qabul  qilgan  afzal.

Agarda  uch  xavftadan   keyin sogʻayish   boʻlmasa,  davolashning   ikkinchi  kursi  buyuriladi.

Tabletkani   butunligicha  yutaolmaydigan   patsiyentar uchun  tabletkalarni   maydalash  va oz  miqdordagi  suv  bilan  qabul  qilish  tavsiya  qilinadi.

Ichak infeksiyalari  va Larva Migrans  teri sindromi

Infeksiya

Yosh

Qabul  qilish  davomiyligi

Enterobioz,

ankilostomidoz,

nekatorioz,

askaridoz,

trixotsefalyoz

 

Kattalar  va  2 yoshdan  oshgan  bolalar

400 mg sutkada  1-marta, bir marta

1 yoshdan  2 yoshgacha

boʻlgan  bolalar

200 mg  sutkada  1-marta, bir  marta

Strongiloidoz,

tenioz,

gimenolepidoz

 

Kattalar  va  2 yoshdan  oshgan  bolalar

400 mg sutkada  1-marta 3 kun davomida.

Gimenolepidozda 10 kundan 21  kungacha

davomiylikdagi  takroriy  davolash

kursi  tavsiya   qilinadi.

Klonorxoz,

opistarxoz

Kattalar  va  2 yoshdan  oshgan  bolalar

400 mg  sutkada  2-marta 3 kun davomida.

 

Larva  Migrans  teri sindromi

Kattalar  va  2 yoshdan  oshgan  bolalar

400 mg sutkada 1-marta.  Qabul  qilish

davomiyligi  1 kundan  3  kungacha.

Lyamblioz

Faqat 2 yoshdan 12  yoshgacha bolalar

400 mg sutkada  1-marta 5 kun  davomida.

Tizimli gelmint infeksiyalar  (yuqoriroq  dozalar  bilan uzoq  muddatli  davolash).

Dozalash  tartibi  patsiyentning yoshi, tana vazni, shuningdek  infeksiyaning  ogʻirlik  darajasiga  qarab,  shaxsiy  ravishda    belgilanadi.

6 yoshgacha boʻlgan  bolalarga  preparatni   yuqori  dozalarda  buyurish  tavsiya   qilinmaydi.

Tana vazni  60 kg dan  ortiq   boʻlgan  patsiyentlar  uchun   preparatning  dozasi  sutkada  2-marta  400 mg  ni  tashkil  qiladi.

Tana  vazni  60 kg  dan    kam  boʻlgan  patsiyentlar  uchun  preparatning     dozasi    sutkada  2-marta qabul  qilish   uchun 15 mg/kg   ni  tashkil  qiladi. Maksimal  sutkalik  doza -800 mg ni   tashkil qiladi.

Infeksiya

 Qabul  qilish davomiyligi

Kistozli

exinokokkoz

28 kun. Operatsiya  qilib  boʻlmaydigan  shaklida   preparatni  qabul   qilishdagi   14 kunlik  tanaffuslar bilan  boʻlingan   uchta 28  kunlik  davolash  kursi  tavsiya   qilinadi.

Operatsiya oldidan   preparatni  qabul  qilishdagi  14 kunlik  tanaffuslar  bilan  boʻlingan  ikkita  28 kunlik   davolash kursi   tavsiya  qilingan.  Agar   operatsiyagacha  boʻlgan  kurs  14  kundan  kam  boʻlsa yoki  xayotga  layoqatli   kistalar   aniqlansa, unda operatsiyadan  keyin  preparatni   qabul  qilishdagi   14 kunlik  tanaffuslar  bilan   boʻlingan  ikkita   28 kunlik   davolash  kursi  oʻtkaziladi.

Alveolyar

 

exinokokkoz

28 kun. Ikkinchi  28- kunlik  kursni  preparatni  qabul  qilishdagi   ikki  xavftalik   tanaffusdan  keyin takrorlash  mumkin. Davolash   bir necha  oy  yoki   yillardan  keyin  davom  ettirilishi  mumkin.

Neyrotsistitsirkoz

Qabul qilish  davomiyligi  7 kundan  31 kungacha. Ikkinchi  kursni  preparatni  qabul  qilishdagi  ikki  xavftalik   tanafusdan  keyin  takrorlash    mumkin.

Gepatikolez

400 mg sutkada  1-marta  10 kun davomida

Gnatostomoz

400 mg  sutkada  1-marta  10-20 kun  davomida

Trixinellez

Toksokaroz

400 mg sutkada   2-marta 5-10 kun  davomida

 

 Nojoʻya  taʼsirlari

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan:  qorinda  ogʻriq, koʻngil  aynishi, qusish, diareya, jigar  fermentlari  darajasini oshishi,  gepatit:

MNT tomonidan:  bosh  ogʻigʻi,  bosh  aylanishi;

Allergik  reaksiyalar:  toshma, qichishish, eshakemi;

Dermatologik  reaksiyalar: turli  genezli eriteme,  Stivens-Djonson,  qaytuvchan  alopetsiya;

Qon yaratish  tizimi  tomonidan:  leykopeniya, pansitopeniya;

Boshqalar: isitma,  arterial  bosimni  oshishi,  buyrak  faoliyatini  buzilishi.

 

 

Qoʻllash  mumkin  boʻlmagan  xolalar

- koʻzning  toʻr pardasi  patologiyasi;

- xomiladorlik;

- laktatsiya  davri;

- preparatning  komponentlariga  yuqori  sezuvchanlikda  qoʻllash  mumkin  emas.

 

 

Dorilarning   oʻzaro  taʼsiri

Simetidin,  prazikvantel  va  deksametazon   albendazolning  tizimli  samaradorligini   belgilovchi   preparatning  metabolitini   qon  plazmasidagi   konsentratsiyasini  oshiradi.

 

Maxsus   koʻrsatmalar

Albezol   bilan   davolanish   vaqtida   jigar   fermentlari   kuchsiz  yoki   oʻrtacha  darajada    oshishi  mumkin. Jigar  faoliyati   koʻrsatkichlarini  aniqlashni   xar  bir  davolash   sikli   boshlanishidan   oldin   va  davolanish    vaqtida   xar  2  xavftada   oʻtkazish  kerak.  Agar  jigar   transaminazalarining  faolligi  2  va  undan   ortiq   oshsa. Albezni   bekor   qilish  kerak.

Davolash, jigar  faoliyati   koʻrsatkichlari   normaga   qaytganidan  keyin    takrorlanadi.  Albez   leykotsitlarning  umumiy  sonini   qaytuvchan  oʻrtacha   oshishini   chaqirishi  mumkin.  Periferik   qon  taxlilini  xar  bir  davolash  sikli   boshlanishidan   oldin  va  davolanish  vaqtida   xar  2  xavftada   oʻtkazish   kerak. Leykopeniya   rivojlanganda   preparatni   bekor   qilish  kerak.

Neyrotsistitsirkoz  yuzasidan   Albez   qabul  qilayotgan   patsiyentlarda,  parazitlarni   oʻlimi   tufayli  bosh  ichki  bosimini  oshishi  bilan  bogʻliq   bosh  ogʻriqlari  boʻlishi   mumkin.

Bunday  xollarda   steroidlar va  tirishishga   qarshi  preparatlar  bilan   zudlik   bilan   davolashni  boshlash  lozim.

Davolashning   birinchi   xaftasi   davomida   arterial   bosimni  oshishini oldini  olish uchun   ichga  qabul  qilish   uchun  va  vena  ichiga  kortikosteroidlar  tavsiya qilinadi.

Preparat  1  yoshgacha  boʻlgan  bolalarda    qoʻllanmaydi.

Xomiladorlik  va laktatsiya

Preparatni   xomiladorlik va  laktatsiya  davrida   qoʻllash  mumkin   emas.

Tugʻruq  yoshidagi  ayollar  tizimli  infeksiyalarda   albendazol  bilan  davolash  vaqtida   va u  tugagandan  keyin   1  oy  davomida  kontratsepsiya   choralarini   koʻrishlari  kerak.

 Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni  boshqarish qobiliyatiga  taʼsiri

Transport  vositalarini  xaydash  va   xarakatdagi  mexanik  qurilmalarga   xizmat  koʻrsatish   qobiliyatiga  taʼsir  koʻrsatuvchi   nojoʻya   reaksiyalar  kuzatilmagan.

Preparat   bolalar  olaolmaydigan   joyda saqlansin    va  yaroqlilik  muddati  oʻtgach   qoʻllanilmasin.

 

Dozani  oshirib   yuborilishi

Simptomlari: dozani  oshirib  yuborilishi  taʼriflanmagan.

Davolash: meʼdani yuvish, faollashtirilgan   koʻmirni  qabul  qilish.

 

Chiqarilish  shakli

Qobiq  bilan  qoplangan   tabletkalar   200 mg dan:   oʻramida  5 tabletka.

 

Saqlash  sharoiti

30 ºS  dan   yuqori  boʻlmagan  xaroratda  saqlansin.

 

Yaroqlilik  muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan     berish    tartibi

Shifokor  retsepti  boʻyicha!

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga