ADENIT FORTE (Ko'proq)

Asosiy sahifaga o'tish Vitaminlar ADENIT FORTE (Ko'proq)
Buyurtma berish
 
NEW
(0 ovoz)
0 руб.
Buyurtma berish
ADENIT Forte, inyeksiya uchun eritmani tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun
Mushak ichiga inyeksiya qilish uchun.
Поделиться
  • Faol moddalar: har bir flakon 10 mg dinatriy adenozintrifosfati, 50 mg kokarboksilaza xloridi, 20 mg nikotinamid va 500 mkg sianokobalamin saqlaydi.
  • Yordamchi moddalar: glitsin, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat va inyeksiya uchun suv.

 

Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin ushbu ilova-varaqani diqqat bilan oxirigacha oʻqib chiqing, chunki u Siz uchun muhim maʼlumot saqlaydi.

 

  • Ushbu ilva-varaqani saqlab qoʻying. U Sizga yana kerak boʻlishi mumkin.
  • Agar Sizda qoʻshimcha savollar paydo boʻlgan boʻlsa, oʻz davolovchi shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
  • Bu preparat shaxsan Sizga tayinlangan. Uni boshqa shaxslarga berib yuborish mumkin emas.
  • Agar Siz davolanish vaqtida shifokorga yoki shifoxonaga borayotgan boʻlsangiz, iltimos, shifokoringizga preparatni qabul qilayotganingiz toʻgʻrisida xabar bering.
  • Iltimos, yoʻriqnomaga aniq rioya qiling. Tavsiyalarsiz preparatning yuqori yoki past dozalarini qabul qilmang.

 

 

Ushbu ilovada quyidagi maʼlumotlar saqlanadi:

  1. ADENIT Forte oʻzi nima va u qanday holatlarda qoʻllaniladi
  2. ADENIT Forteni qabul qilishni boshlashdan oldin
  3. ADENIT Forteni qanday qabul qilish kerak
  4. Yuz berishi mumkin boʻlgan nojoʻya taʼsirlari 
  5. ADENIT Forteni qanday saqlash kerak

 

  1. ADENIT FORTE OʻZI NIMA VA U QANDAY HOLATLARDA QOʻLLANILADI

 

ADENIT Forte, inyeksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun boʻlib, faol moddalar sifatida dinatriy adenozintrifosfati (ATF), kokarboksilaza xloridi (B1 vitamini), nikotinamid (B3 vitamini) va sianokobalamin (B12 vitamini) saqlaydi.

ADENIT Forte oʻrami - inyeksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun saqlagan 3x4 ml li qahrabo shisha flakonlar va inyeksiya uchun 0.5% li lidokain gidroxloridining 2 ml ni saqlovchi 3x2 ml tiniq ampulalar saqlaydi.

 

ADENIT Forte quyidagilarni davolash uchun qoʻllaniladi:

  • diabetik neyropatiya (qandli diabet oqibatida yuz bergan nerv buzilishlarida – sezuvchanlikni yoʻqolishida) va pernitsioz anemiya oqibatlari (B12 vitaminini soʻrilishini buzilishi B12-tanqisligi anemiyasiga olib keladi);
  • nevralgiya (nerv boʻylab ogʻriq);
  • yurak ishemik kasalligi (yurak mushagiga qon olib keluvchi arteriyalarning ateroskleroz oqibatida torayishi va/yoki kasallik oqibatida tiqilib qolishi), miokardit (yurak mushagini yalligʻlanishi) va miokardiopatiya (yurak mushagining kasalligi);
  • ishalgiya (quymuch nerv boʻylab tarqaluvchi ogʻriq bilan xarakterlanuvchi kasallik);
  • mialgiya (mushak ogʻrigʻi) va lyumbago (belda ogʻriq);
  • bursit (boʻgʻimlarda ogʻriqli shish) va tendinit (mushaklarni suyak bilan bogʻlovchi bogʻlarda (paylarda) yalligʻlanish);
  • Reyno kasalligi (qon aylanishini kuchsizligi, toliqishning natijasi hisoblangan barmoqlarni oqarishi yoki ularda ogʻriq va baʼzan oyoqlarda achishish bilan namoyon boʻluvchi kasallik);
  • B1, B12, B3 vitaminlarining tanqisligini davolash uchun qoʻllaniladi.

2.        ADENIT Forteni QABUL QILISHNI BOSHLASHDAN OLDIN

Qanday holatlarda ADENIT Forteni qabul qilmaslik kerak

  • agar sizda dinatriy adenozintrifosfatiga, kokarboksilaza xloridiga, nikotinamidga, sianokobalaminga yoki ADENIT Fortening komponentlaridan birontasiga allergiya (yuqori sezuvchanlik) boʻlsa;
  • agar siz miokard infarktini oʻtkazgan boʻlsangiz;
  • agar siz insult oʻtkazgan boʻlsangiz, ADENIT Forteni qabul qilmaslik kerak.

 

ADENIT Forteni quyidagi holatlarda qabul qilganda ayniqsa ehtiyot boʻling:

ADENIT Forteni vena ichiga yuborish mumkin emas.

 

Agar ADENITA Forteni qabul qilgandan soʻng allergik reaksiyalar (toʻsatdan qichishish, toshma (eshakemi), qoʻl, tovonlar, toʻpiqlar, yuz, lablar, ogʻiz yoki tomoqni shishi (bu yutish yoki nafas olishda qiyinchilik tugʻdirishi mumkin) va hushni yoʻqotishdan oldingi holatni his etish) yuz bersa, ADENITA Forteni qabul qilishni toʻxtatish va zudlik bilan shifoxonaga murojaat qilish lozim.

 

Agar yuqorida sanab oʻtilgan holatlar ilgari oʻrin tutgan boʻlsa, shifokor bilan maslahatlashing.

 

ADENITA Forteni ovqat va ichimliklar bilan birga qabul qilish

ADENITA Forteni qabul qilish boshqa usul bilan amalga oshirilishini nazarda tutib, preparatni ovqat va ichimliklar bilan oʻzaro taʼsiri qayd etilmaydi.

 

Homiladorlik

Preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Agar siz homilador boʻlsangiz, ADENIT Forteni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ADENIT Forteni homiladordik vaqtida, agar bunga zarurat boʻlmasa, homiladordik vaqtida qoʻllamaslik kerak.

 

Agar davolanish vaqtida siz homilador ekanligingizni bilib qolsangiz, zudlik bilan shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.

 

Laktatsiya davri

Preparatni qabul qilishdan oldin shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

Agar siz kichkintoyingizni emizsangiz, ADENIT Forteni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

ADENIT Forteni emizish vaqtida, agar bunga real zarurat boʻlmasa, emizish vaqtida qoʻllamaslik kerak.

 

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish

Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ADENIT Forteni taʼsir qilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar yoʻq.

 

ADENIT Forte preparatida saqlanuvchi baʼzi yordamchi moddalar toʻgʻrisida muhim maʼlumotlar

ADENIT Forte metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat saqlaydi. Metilparagidroksibenzoat va propilparagidroksibenzoat allergik reaksiiyalarni (ehtimol sekin avj oluvchi turdagi reaksiyalarni), juda kamdan-kam holatlarda esa, bronxospazmni (nafas yoʻllarini torayishi oqibatida boʻgʻilishni) chaqirishi mumkin.

Boshqa preparatlavrni qabul qilish

Agar siz quyida keltirilgan preparatlardan birontasini qabul qilayotgan boʻlsangiz oʻz shifokoringizga xabar bering:

  • paraaminosalitsil kislotasi (preparat tuberkulezni davolashda ishlatiladi);
  • kolxitsin (ichak kasalligi, oʻrta yer dengizi isitmasi va Bexchet kasalligini davolash uchun ishlatiladigan preparat);
  • biguanidlar (qandli diabetni davolashda qoʻllaniladigan preparat);
  • neomitsin (terini shikastlanishlarida qoʻllaniladigan preparat);
  • xolestiramin (qonda xolesterin darajasi oshganida va oʻt pufagi kasalliklarini davolash uchun qoʻllaniladigan preparat);
  • kaliy xloridi (kaliy yetishmovchiligi bilan bogʻliq kasalliklarni davolash uchun qoʻllaniladi);
  • metildopa (gipertoniya kasalligini davolash uchun qoʻllaniladigan preparat);
  • simetidin (meʼda-ichakdan qon ketishlari va reflyuks kasallikni davolashda qoʻllaniladigan preparat);
  • xloramfenikol (infeksion kasalliklarni davolash uchun qoʻllaniladigan preparat);
  • homilaga qarshi tabletkalar (kontratseptivlar).

 

Qanday preparatlarni qabul qilayapsiz yoki yaqinda qabul qilgansiz, xatto ular retseptsiz sotiladigan boʻlsa ham, doimo oʻz shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.

 

3.     ADENIT Forteni QANDAY QABUL QILISH KERAK

 

Qoʻllash usuli va dozasi/ Qabul qilishlar soni va davolash davomiyligi

ADENIT Fortening sutkalik dozasi, shifokor tomonidan tayinlangan mushak ichiga inyeksiya qilish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun saqlovchi 1 flakonni tashkil etadi.

 

Qoʻllash usuli

0,5% li lidokain gidroxloridining 2 ml eritmasini inyeksiya uchun eritma tayyorlash uchun liofilizatsiya qilingan kukun saqlovchi flakonga qoʻshiladi va chayqatiladi. Liofilizatsiya qilingan kukun 0,5% li lidokain gidroxloridining 2 ml eritmasida eriydi.

Eritma tayyorlanganidan keyin uni zudlik bilan ishlatish kerak (mushak ichiga yuboriladi).

ADENIT Forteni vena ichiga yuborish mumkin emas.

 

Turli yosh guruhlari:

Pediatrik populyatsiyaga buyurilishi:

ADENIT Forteni pediatrik populyatsiyada qoʻllanishi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud emas. ADENIT Forteni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

 

Keksa patsiyentlarga buyurilishi:

ADENIT Forteni keksa yoshdagi patsiyentlarda qoʻllanishi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud emas. ADENIT Forteni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

 

Maxsus sharoitlar:

Buyrak yetishmovchiligi:

ADENIT Forteni buyrak yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanishi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud emas. ADENIT Forteni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

 

Jigar yetishmovchiligi:

ADENIT Forteni jigar yetishmovchiligi boʻlgan patsiyentlarda qoʻllanishi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud emas. ADENIT Forteni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

 

Agar ADENIT Fortening taʼsiri xaddan tashqari kuchli yoki xaddan tashqari kuchsiz boʻlsa, shifokor yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.

 

Agar siz ADENIT Forteni tavsiya etilganidan ortiq qabul qilgan boʻlsangiz:

Agar siz ADENIT Forteni tavsiya etilganidan ortiq qabul qilgan boʻlsangiz, quyidagi noxush koʻrinishlar: terini qurishi, qichishish, terida toʻq rangli dogʻlar, qorinda sanchiqlar, diareya, koʻngil aynishi, qusish, ishtahani yoʻqolishi, peptik yarani ochilib ketishi (oʻn ikki barmoq ichak va meʼdada chandiq hosil boʻlishi), ambliopiya, sariqlik va jigar funksiyasini buzilishi, qonda qand miqdorini oshishi, qonda siydik kislotasi darajasini oshishi yuz berishi mumkin.

 

Agar siz ADENIT Forteni keraganidan ortiq qabul qilgan boʻlsangiz, shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.

 

Agar siz ADENIT Forteni qapbul qilishni unutgan boʻlsangiz:

Agar siz preparatning dozasini qabul qilishni unutgan boʻlsangiz, uni eslashingiz bilanoq qabul qiling.

Oʻtkazib yuborilgan dozaning oʻrnini qoplash uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.

 

Agar siz ADENIT Forteni qabul qilishni toʻxtatayotgan boʻlsangiz:

Shifokorning maslahatisiz davolashni toʻxtatish mumkin emas.

 

4. YUZ BERISHI MUMKIN BOʻLGAN NOJOʻYa TAʼSIRI

Barcha preparatlar kabi, ADENIT Forte ham preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanligi boʻlgan odamlarda nojoʻya reaksiyalarni chaqirishi mumkin.

Agar sizda quyidagi nojoʻya reaksiyalardan birontasi yuz bersa, ADENITA Forteni qabul qilishni toʻxtating va darhol shifokorga murojaat qiling. Sizga balki shoshilinch tibbiy yordam kerak boʻlishi mumkin:

  • ogʻir allergik reaksiyalar – toʻsatdan qichishish, toshma (eshakemi), qoʻl, tovonlar, toʻpiqlar, yuz, lablar, ogʻiz yoki tomoqni shishi (bu yutish yoki nafas olishda qiyinchilik tugʻdirishi mumkin) va hushni yoʻqotishdan oldingi holatni his etish.

 

Bu juda jiddiy nojoʻya reaksiyalardir. Agar sizda ulardan birontasi yuz bersa, Sizga balki shoshilinch tibbiy yordam kerak boʻlishi mumkin.

 

Noxush reaksiyalarni uchrash tez-tezligi quyidagi toifalarga muvofiq quyida keltirilgan:

Juda tez-tez: 10 patsiyentdan kamida 1 nafarida uchraydi.

Tez-tez: 10 patsiyentdan kamida 1 nafarida uchraydi, lekin 100 patsiyentdan 1 nafaridan koʻprogʻida uchraydi.

Tez-tez emas: 100 patsiyentdan kamida 1 nafarida uchraydi, lekin 1000 patsiyentdan 1 nafaridan koʻprogʻida uchraydi.

Kam hollarda: 1000 patsiyentdan kamida 1 nafarida uchraydi.

Juda kam hollarda: 10000 patsiyentdan kamida 1 nafarida uchraydi.

Tez-tezligi nomaʼlum: mavjud maʼlumotlar asosida baholashning iloji yoʻq.

 

Tez-tezligi nomaʼlum:

  • bosh aylanishi;
  • yurakni tez urib ketishi;
  • arterial bosimni pasayishi (gipotenziya);
  • havo yetishmasligi (hansirash);
  • qorin sohasida ogʻriqlar;
  • koʻngil aynishi;
  • hurujsimon qizib ketishni his etish bilan kechuvchi yaqqo qizarib ketish (quyilishlar);
  • vaqti-vaqti bilan mahalliy toshma toshishi;
  • siydik hajmini oshishi (poliuriya).

 

Agar siz ushbu nojoʻya reaksiyalardan birontasini sezsangiz, shifokoringizga xabar bering.

 

Agar nojoʻya samaralar jiddiy tus olsa yoki siz ushbu ilova-varaqada sanab oʻtilmagan noxush samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar bering.

 

Nojoʻya reaksiyalar toʻgʻrisida hisobot

Agar sizda ushbu ilova-varaqada keltirilmagan qandaydir nojoʻya reaksiyalar yuz bersa, oʻz shifokoringizga, farmatsevtga yoki hamshiraga xabar bering.

 

5.        ADENIT Forteni QANDAY SAQLASH KERAK

 

25ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Iltimos, yaroqlilik muddatiga alohida eʼtibor bering.

Yaroqlilik muddati oʻtgach, ADENIT Forteni qoʻllamang.

 

Savdo litsenziyasi/roʻyxatdan oʻtkazilganlik guvohnomasining egasi

GM Pharmaceuticals Ltd.

Manzil:   GRUZIYA, TBILISI sh., PONICHALA 65

telefon:  +995 32 2404801/02; 

Faks: +995 32 2404803

 

Ishlab chiqaruvchi

Mefar İlaç San.A.Ş.

Ramazanoğlu Mah. Ensar Cad. No: 20

Kurtköy/Pendik/İstanbul, Turkey (Turkiya)

 

Oʻzbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati boʻyicha eʼtirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili

“GMP” MCHJ vakolatxonasi,

Oʻzbekiston Respublikasi, 100000, Toshkent sh.,

Mustaqillik prospekti, 75, tel.: 141-03-73

Fikr qoldirish uchun tizimga kiring
Sizning e-mail:
Sizning Parolingiz:
Agar siz allaqachon saytimizda ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz, lekin parolingizni unutgansiz yoki tasdiqlash elektron pochta manzilini olmagan bo'lsangiz, parolni tiklash shaklidan foydalaning
KATALOG
Tepaga